Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi,
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
Qarori
“Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3636-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 28 va 7-mh-son “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3636, 2025-yil 1-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2025-y., 10/25/3636/0566-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri Sh. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-mart,
6-son
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 4-mart,
27-mh-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2026-yil 24-fevral
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 21-fevral
Milliy gvardiya qoʻmondoni B. TASHMATOV
2026-yil 18-fevral
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3636-1/0266-son)