Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2016 22.09.1994 yildagi 477-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2016
Hujjat 22.09.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“AMANTAYTAU-GOLDFILDS” QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING SAMARALI FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TAʼMINLASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor texnologiyalar va chet el investitsiyalarini jalb etish yoʻli bilan qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Lonro Pablik Limited” kompaniyasi (Buyukbritaniya) va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) bilan birgalikda “Amantaytau Goldfilds” korxonasini (bundan keyin qoʻshma korxona deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻshma korxona ustav fondidagi ulushlar: Oʻzbekiston tomoniniki-57 foiz, xorijiy qatnashchilarniki-43 foiz (shu jumladan, “Lonro Pablik Limited” kompaniyasiniki 35 foiz, Xalqaro Moliya Korporatsiyasiniki 8 foiz) miqdorida taqsimlangan yopiq turdagi aksionerlik kompaniyasi shaklida tashkil etilishiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qoʻshma korxonani tashkil qilish qatnashchilarning badallari hamda qoʻshma korxona tomonidan banklardan qatnashchilarning badallari hamda qoʻshma korxona tomonidan banklardan olingan kreditlar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston tomonining ulushi foydali qazilmalar konlarini qidirish, razvedka qilishga ilgari sarflangan xarajatlar hamda ularni qazib chiqarish huquqini qoʻshma korxonaga berish tarzida qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar qoʻshma korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amantaytau va Daugiztau oltin konlarini oʻzlashtirishning tijorat va texnikaviy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqlash hamda ulardan tijorat maqsadlarida keng koʻlamda foydalanishga oid texnikaviy va moliyaviy talablarni belgilash uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini tugallash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar texnik-iqtisodiy asoslashni maʼqullanganlaridan keyin mazkur konlardan oltin, kumush va ular bilan birgalikda olinadigan foydali qazilmalarni qazib olish va ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasiga uni tashkil etish toʻgʻrisida 1993-yil 24-noyabrdagi shartnomada nazarda tutilgan quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomada belgilangan chegaralar doirasida va shartlarda tadqiqotlar hududida 30 yil mobaynida oltin konlarini tadqiq etish, razvedka qilish va qazib chiqarish boʻyicha mutlaq huquq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin konlaridan foydalanishda olingan oltin, kumush va boshqa mahsulotlarni ham chet ellarda, ham Oʻzbekiston Respublikasida jahon narxlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va chet el banklarida har qanday valyutada schyotlar ochish, chet el bank schyotlaridan chet valyutasi olish, undan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq erkin muomaladagi valyutada kreditlar olish va ularni toʻlash, mazkur kreditlarni qoʻshma korxona mulki bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarida, shuningdek, chet ellarda sugʻurtani amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav sarmoyani AQSh dollarida belgilash.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Amantaytau Goldfilds” loyihasi quyidagi soliq imtiyozi va boshqa imtiyozlar berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma korxona Moliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab dastlabki besh yilda daromaddan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish. Qoʻshma korxonaga koʻrsatib oʻtilgan davr tugagan qoʻshma korxona koʻrgan zararlarni soliq toʻlanadigan bazani tegishli ravishda kamaytirgan holda zarar koʻrilgan yildan keyingi besh yilning istalgan yili mobaynida keyingi yillarga koʻchirishga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boj poshlinalari, mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma korxonaning xorijiy aksionyerlari va kreditorlarini dividendlarga soliqlar hamda kreditlar boʻyicha toʻlovlardan (ushbu mablagʻlarni chet elga oʻtkazishda) ozod qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma korxonani asosiy fondlar amortizatsiyasi uchun ajratmalar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maʼlumotlar uchun qabul qilinsinki, qoʻshma korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan ajratmalar va toʻlovlardan tashqari, davlat budjetiga quyidagi ajratmalar va toʻlovlarni toʻlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilingan davr mobaynida qoʻshma korxona qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni sotishdan olgan umumiy tushum summasining (affinaj va sotish joyiga yetkazish, sugʻurta hamda sotish boʻyicha agentga odatdagi komissiya toʻlovi bilan bogʻliq xarajatlarni chegirib tashlagan holda) 2,5-foizi, soliqdan ozod qilingan davr tugagandan keyin esa 6 foizi miqdorida yer ostidan foydalanganlik uchun toʻlov (royalti toʻlovi). Agar bunday toʻlovlar qoʻshma korxonaning sof ishlab chiqarish boʻyicha zarar koʻrishiga olib kelsa, ularning miqdori kamaytirilishi, ammo bu 2,5-foizdan kam boʻlmasligi kerak. Yer ostidan foydalanganlik uchun toʻlov (royalti) renta toʻlovlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar korxona daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilingan davr tugagandan keyin moliya yili yakuni boʻyicha qoʻshma korxonaning rentabellik darajasi 30 foizdan oshsa, u holda ushbu darajadan ortiqcha foydadan tomonlar kelishgan stavkalar boʻyicha qoʻshimcha ajratmalar toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatayotgan joydagi hududni ijtimoiy rivojlantirishga sof foydadan ikki foiz toʻlov.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshma korxona daromaddan olinadigan soliqni, yer ostidan foydalanganlik uchun toʻlovi, foydadan ortiqcha mablagʻdan va hududni ijtimoiy rivojlantirishga ajratmalarni, shuningdek, muassislarning dividentlarini erkin muomaladagi valyutada toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nazarda tutilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida yaqin 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasining faoliyat koʻrsatish sharoitlarini yomonlashtiruvchi oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda taʼsis hujjatlari imzolangan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasini yopiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi esa—qoʻshma korxonani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Navoiy viloyati hokimligi qoʻshma korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarini qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxonaning xorijiy xizmatchilarini koʻp martalik vizalar bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 22-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
477-son