Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HINDISTON RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlarni oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 18-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hindiston Respublikasining Dehli shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3940-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2018-y., 07/20/3940/0902-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-mart,
133-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3940-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2018-y., 07/20/3940/0902-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3940-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2018-y., 07/20/3940/0902-son)