OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN IShLAR, XIZMATLARGA NISBATAN QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1123-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 28-yanvardagi 26, 2002-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1123 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son, 2003-yil, 4-son, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-yil, 10-son, 124-bet) 5-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi birinchi qismi 1.9, 13, 14, 17, 19, 20, 22.24, 26, 28, 33-bandlarida koʻrsatilgan ishlar (xizmatlar)”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
14-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
2005-13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 48-modda)