Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2013 24.08.1994 yildagi 434-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2013
Hujjat 23.07.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KAM TAʼMINLANGAN OILALARNI IJTIMOIY HIMOYa QILIShNI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 23-avgustdagi PF-938-son Farmonni bajarish hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlashga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlganda 1994-yilning IV choragi yakunlari boʻyicha mazkur Nizomga zarur tuzatishlar va aniqliklar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kam taʼminlangan oilalarga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam toʻlovlarini amalga oshirish uchun budjetdan va budjetdan tashqari mablagʻlarni ajratish hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanishni nazorat qilish tartibini 1-sentabrgacha ishlab chiqsin va tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari shu yilning 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun ajratilgan mablagʻlar qoʻrgʻonlar, qishloqlar, ovullar, mahallalar fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamgʻarma banki muassasalaridagi yangidan ochilayotgan maxsus schyotlariga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari, mahalliy moliya organlari, mehnat, ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha hududiy organlar kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga har tomonlama amaliy va uslubiy yordam bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (nazorat-taftish Bosh boshqarmasi) shu yilning noyabrida kam taʼminlangan oilalarga har oyda beriladigan moddiy yordam toʻlovlari xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanish tartibining bajarilishini tekshirish-taftish qilishni amalga oshirsin. Tekshirish natijalari Hukumatga maʼlum qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 24-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
434-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
24-avgustdagi 434-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida” gi Farmoniga muvofiq joriy etilgan kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga har oylik moddiy yordam (bundan keyin “moddiy yordam” deb ataladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kam daromadli oilalarga har oylik moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi qaror fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari — qoʻrgʻon, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolari yigʻinlari, yigʻinni oʻtkazish imkoni boʻlmaganda koʻchalar, turar joylar, qishloq, ovul mahallalari fuqarolari vakillarining yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kam taʼminlangan oilalarni aniqlashda va ularga moddiy yordam tayinlashda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilishlari kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy adolatga soʻzsiz qatʼiy rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilayotgan moddiy yordamning adresli boʻlishini, haqiqatan muhtoj oilalarga berilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilalar va fuqarolar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish choralariga boqimandalarcha yondashishga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila aʼzolarining, ayniqsa bolalarning moddiy farovonligini oshirishda oila masʼuliyatini oshirish, har tomonlama jismoniy va maʼnaviy rivojlanish, bilim va kasb-hunar darajasini oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Har oylik moddiy yordam oilaga 3 (uch) oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi. Ushbu muddat tugagach, agar oilada moddiy ahvol yaxshilanmagan boʻlsa, yordam mazkur Nizomda belgilangan yangi muddatga tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar oilalarga har oylik moddiy yordam toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy (viloyat, shahar va tumanlar) budjet mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari turli manbalar (jamoat va xayriya jamgʻarmalari, korxona va xoʻjaliklarning mablagʻlari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur mablagʻlar qoʻrgʻon, qishloq, ovul yoki mahalla fuqarolari oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamgʻarma bankining tegishli muassasalaridagi maxsus schyotlariga oʻtkaziladi va olib qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kam taʼminlangan oilaga beriladigan moddiy yordamdan soliq olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oilaga har oylik moddiy yordam tayinlash shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moddiy yordam fuqarolarning doimiy yashash joyidagi oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoki qoʻrgʻon, qishloq, ovul mahallasiga yozma ravishda ariza bilan yordam soʻrab murojaat qilgan oilalarga, ayrim hollarda esa fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) ning tavsiyasiga binoan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Obyektiv sabablarga koʻra oilaning birinchi navbatdagi ehtiyojlarini taʼminlay olmaydigan kam daromadli oilalar va yolgʻiz fuqarolar (balogʻatga yetmagan bolalari boʻlgan koʻp bolali oilalar; boquvchisi nogiron yoki mehnat qobiliyatini qisman yoʻqotgan surunkali kasal oilalar; ishsizlarning oilalari; yolgʻiz pensionerlar va boshqa oʻta muhtoj oilalar) har oylik moddiy yordam olish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oilaga moddiy yordam koʻrsatish haqidagi ariza va toʻlanadigan yordamni hisobga olib borish qoʻrgʻon, qishloq, ovul yoki mahalla yigʻini raisi (oqsoqoli) ning kotibi tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Arizachining moddiy yordamga muhtojlik darajasini va unga beriladigan oylik moddiy yordamning miqdorini belgilash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida maxsus komissiyalar tuziladi, uning tarkibiga ushbu organlarning raisi (oqsoqoli) maslahatchilari, kotibi, shuningdek, zarurat boʻlganda tuman (shahar) soliq hamda moliya organlarning raisi (oqsoqoli) maslahatchilari, kotibi, shuningdek, zarurat boʻlganda tuman (shahar) soliq hamda moliya organlarining, mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻlimlarining vakillari kiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Komissiya ariza tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda yordam soʻragan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tekshiruv natijalari 1-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning barcha aʼzolari imzolaydilar. Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan oilaning tarkibi, unda birga yashovchilarning hammasi, qarindoshligi boʻlgan va birga umumiy roʻzgʻor yurituvchilar hisobga olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va mehnat boʻlimida roʻyxatga olinmagan mehnatga qobiliyatli yoshdagi aʼzolari, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar unga qarovchi ayollar, shuningdek, 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar bundan mustasno;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning tekshirish vaqtidagi jami pul daromadlarining manbalari va miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomorqa uchastkasi maydoni va undan daromad olish imkoniyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila mol-mulkining qiymati (dala hovli, avtomobil, mototsikl va zeb-ziynatlarning mavjudligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning muhtojlik darajasi haqidagi komissiya xulosasi va har oyda beriladigan moddiy yordamning tavsiya qilinayotgan miqdori haqida komissiya xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Komissiya oilaga moddiy yordam tayinlash haqidagi arizani oilada moddiy taʼminotning yetarliligi, anchagina mol-mulk jamgʻarmasi mavjudligi, shuningdek, mehnat faoliyatidan bosh tortish hollari aniqlangan taqdirda rad etish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza bergan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari va komissiya xulosasi boʻyicha yordamga muhtoj oilalar roʻyxati tuziladi hamda yilning har choragida bir marta qoʻrgʻon, qishloq, ovul, mahalla fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) muhokamasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Moddiy yordam tayinlash va toʻlash uchun roʻyxatga kiritiladigan oilalar soni, shuningdek, har bir muayyan oila uchun har oylik toʻlovlar miqdori fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mustaqil ravishda, shu maqsadlar uchun ularning schyotida mavjud boʻlgan mablagʻlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har oylik moddiy yordamning miqdori eng kam ish haqining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan 1,5 dan 3 (uch) baravarigacha miqdorda belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan belgilangan har oylik moddiy yordamning miqdori fuqarolarning umumiy yigʻini (yigʻilishi) da tasdiqlanadi va faqat shundan keyingina toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oilaga moddiy yordam tayinlash haqida qaror qabul qilishda arizachining fuqarolar yigʻinida (yigʻilishida) qatnashishi shart. Arizachining yigʻinda (yigʻilishda) qatnashishiga imkon bermaydigan kasallik, boshqa uzrli sabablar boʻlganda yigʻinda (yigʻilishda) oilaning voyaga yetgan aʼzolaridan biri uning vakolati vakili boʻlib qatnashishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) ga uning majlisiga arizachi ishlaydigan korxona yoki muassasa rahbarlarini, tuman soliq, moliya organlari, mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tuman boʻlimlari va boshqa idoralarning vakillarini taklif qilish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oilaga moddiy yordam tayinlash haqidagi qaror uning uchun fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) da qatnashganlarning koʻpchilik qismi ovoz bergan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oilaga har oylik moddiy yordam tayinlash haqidagi qaror 2-ilovaga muvofiq shakldagi yigʻin (yigʻilish) bayoni tarzida rasmiylashtiriladi, bayonni rais (oqsoqol) va kotib imzolaydi va u besh kun muddatda arizachiga maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda yigʻilish bayonida uning asoslangan sabablari qayd etiladi va bu haqda fuqarolar yigʻini (yigʻilishi)da arizachiga maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻin (yigʻilish) qarori ustidan shikoyat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Oilalarga har oylik moddiy yordamni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Moddiy yordam oladigan oilalar hisobi va har oylik toʻlovlar miqdori qoʻrgʻon, qishloq, ovul yoki mahalla yigʻini raisi (oqsoqoli)ning kotibi tomonidan maxsus daftarda qayd etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kotib fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) bayoni asosida har oyning 1 (birinchi) kunigacha qoʻrgʻon, qishloq, ovul yoki mahalla boʻyicha oilalarga moddiy yordam toʻlash vedomostini tuzadi va toʻlov topshiriqnomasi bilan birga jamgʻarma bankining tegishli boʻlimiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kam taʼminlangan oilalarga har oylik moddiy yordamni toʻlash vedomosti qatʼiy hisobda turadigan blank hisoblanadi va nusxa koʻchirish qogʻoz vositasida ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxa kotib tomonidan jamgʻarma bankining tegishli boʻlimiga topshiriladi, ikkinchisi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida pul hujjatlari qatorida alohida yigʻmajildda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov topshiriqnomasi vedomostda koʻrsatilgan jami summa boʻyicha, belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachilarga pullarni berish har oyning birinchi kunidan boshlab, vedomost boʻyicha, jamgʻarma bankining maxsus schyotlar ochilgan boʻlimlarida amalga oshiriladi. Oluvchi tomonidan talab qilib olinmagan mablagʻlar keyingi oyda navbatdagi yordam puli bilan birga toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Arizachi uzoq (bir oydan koʻproq) vaqt boʻlmagan yoki vafot etgan hollarda moddiy yordam oilaning balogʻatga yetgan boshqa aʼzosiga toʻlanishi mumkin, bunda yordamni olish uchun mazkur holatlar sodir boʻlgan kundan boshlab bir oydan kechikmay murojaat qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oilaga moddiy yordam toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy yordam toʻlash muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordam koʻrsatilayotgan oilaning moddiy ahvoli oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy yashash joyi oʻzgarganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kam taʼminlangan oilalarga har oylik moddiy yordam toʻloviga ajratilgan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan foydalanilmagan mablagʻlar yil tugagach olib qoʻyilmaydi va ular fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) qaroriga binoan aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirishga, gazlashtirishga, suv bilan taʼminlashga, shuningdek boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamning toʻgʻri hisoblanishini, oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
1-ILOVA

‎‎_______________________________

‎‎(qoʻrgʻon, qishloq, ovul va mahalla)‎ ‎ ‎

_______________________________‎‎
‎‎‎ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi‎

‎‎‎‎
‎Moddiy yordam soʻrab murojaat qilgan oilaning daromadlarini va mulkiy ahvolini tekshirish‎

‎‎DALOLATNOMASI‎

‎‎Komissiya raisi ______________________________________________‎_______________‎‎‎ ‎‎
‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi)‎‎‎
‎‎‎‎Komissiya aʼzolari: _______________________‎______________________‎_____________
‎‎‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi)‎‎‎ ‎
_________________________________________________________________
‎ _________________________________________________________________
‎‎dan iborat tarkibdagi komissiya‎
‎‎______________________________‎___________________________________________ ga‎‎

‎‎‎‎(qishloq, qoʻrgʻon, ovul, mahallaning oʻzini oʻzi boshqarish organining toʻliq nomi)‎

‎‎‎‎oilasiga har oylik moddiy yordam tayinlashni soʻrab 199 ___ yil “ ____ ” _______________ da (‎‎ariza berilgan vaqt)‎ ‎ murojaat qilgan
‎‎
‎____________________________________________________________________‎ yashovchi ‎___________________________________________________________________________ ‎_____________________________________________ ning oilasini tekshiruvdan oʻtkazdi.

‎Tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:‎
‎‎‎‎1. _________________________________________________ ning oilasi ______________

‎‎‎‎‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎____________________________________________________________________ da birga‎ ‎‎‎yashovchi va birgalikda umumiy xoʻjalik yurituvchi
‎‎_____________________________________________________________ kishidan iborat.‎

‎‎(soʻz bilan)‎

‎‎‏‏‎2. Oilada doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va mehnat birjasida roʻyxatga ‎olinmagan _______ kishi bor (yoʻq), ulardan _______ kishi bola 2 yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi bilan shugʻullanuvchi ayollar, _________ kishi 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilardir.‎
‎‎‎‎3. Oilaning tekshiruv vaqtidagi jami daromadi bir oy ‎hisobiga ______________________ ___________________________________________________ soʻmni tashkil qiladi. ‎

‎‎(soʻz bilan)‎ ‎

‎‎Shu jumladan:‎
barcha oila aʼzolarining ish haqi ____________________________________‎‎‎____________‎‎‎‎‎‎‎
oila aʼzolarining pensiyasi ____________________________________‎‎‎________________‎‎‎‎
oila aʼzolarining stipendiyasi ____________________________________‎‎‎_____________‎
oila aʼzolarining nafaqalari ____________________________________‎‎‎______________‎
pul daromadlarining boshqa turlari __________________________________‎‎‎___________‎‎‎
shaxsiy yordam�i xoʻjalikdan olinishi mumkin‎‎ boʻlgan daromadning ‎miqdori _____________ ___________________________________________________________________________ ‎ ‎
‎‎4. Tomorqa xoʻjaligi __________________________________________________ gektarni, ‎qoramollar _____ boshni, qoʻy va echkilar _____ boshni, parrandalar ______ boshni tashkil qiladi.‎
5. Oilada ___________________________________________________________________‎

‎‎(dala hovli, avtomobil, traktor, mototsikl, zeb-ziynat buyumlari) ‎

‎‎___________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________bor.‎

‎‎Oilaning moddiy yordamga muhtojlik darajasi toʻgʻrisida komissiya xulosasi‎ ‎

‎‎Komissiya _________________________________________________________ oilasining‎ ‎

‎‎(arizachining F. I. O.)‎‎‎

‎‎‎‎daromadlarini va mulkiy ahvolini hisobga olib uni:‎
‎‎‎‎a) har oyda _____________________________________________________ soʻm miqdorida moddiy ‎yordamga muhtoj deb hisoblaydi;
‎‎‎‎b) muhtoj emas deb hisoblaydi va moddiy yordam tayinlashni rad etishni tavsiya qiladi.
‎‎‎‎Moddiy yordam tayinlashni rad etishning boshqa sabablari: ___________________________________________________________________________ ‎___________________________________________________________________________
‎‎Komissiya raisi: ____________________‎

‎‎_______________________________‎

(imzo)‎ ‎

‎‎(F. I. O.)‎‎

‎‎Komissiya aʼzolari: _________________‎

_______________________________‎‎

(imzo)‎ ‎‎

‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎

‎‎____________‎ ‎

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)‎ ‎‎‎ ‎

‎‎‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎

‎‎____________‎ ‎‎

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)‎ ‎‎‎ ‎ ‎

‎‎‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎ ‎‎

____________

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)‎ ‎‎‎ ‎ ‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎(F. I. O.)‎‎ ‎‎

‎‎199 ____ yil “ ____ ” ______________‎
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎______________________________________________________ fuqarolarning

(qoʻrgʻon, qishloq, ovul, mahallaning nomi)‎‎

199 ___ yil “ ____ ” ____________ dagi yigʻini (yigʻilishi)ning‎‎‎

‎-SON BAYoNI‎

“Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga amal qilib, fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) _________________________
‎____________________________________________________________________ da yashovchi fuqaro________________________‎‎__________________________________________ning

‎‎‎‎(ariza beruvchining F. I. O.) ‎

‏‎‎arizasini koʻrib chiqib va moddiy yordam soʻrab murojaat qilgan oilaning daromadlari hamda mulkiy ahvolini tekshirish dalolatnomasi ‎‎boʻyicha komissiya xulosasi asosida, bevosita va ochiq ovoz berish yoʻli bilan‏‎

qatnashganlar:__________________________

kishi‎

ovoz berganlar:______________________

kishi,‎‎

maʼqullaganlar:_________________________‎

kishi,‎‎

qarshilar:_____________________________‎

kishi,‎‎

betaraflar:____________________________‎

kishi,‎‎

oddiy koʻpchilik ovozi bilan‎

‎‎QAROR QILADI:‎

a) Fuqaro ________________________________‎‎____________________________ ning

(arizachining F.I.O.) ‎

oilasi kam taʼminlangan oila deb hisoblansin va unga uch oy ‎muddat bilan _________________________________ soʻm miqdorida moddiy yordam tayinlansin;‎‎‎

‎‎(soʻz bilan)‎

b) Fuqaro ______________________________________________ oilasiga quyidagi sabablar

(arizachining F.I.O.)

‎tufayli moddiy yordam tayinlash rad etilsin:‎‎_____________________________________
‎___________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________

(rad etish sabablari aniq koʻrsatiladi)

Yigʻin (yigʻilish) raisi (oqsoqoli) __________

(__________________________)‎

(imzo)‎

‎(F.I.O.) ‎

Yigʻin (yigʻilish) raisi (oqsoqoli)ning _____‎_‎

(__________________________)‎ ‎

(imzo)‎ ‎

‎(F.I.O.) ‎ ‎

(Muhr)‎

Keyingi tahrirga qarang.