Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
XAVFSIZLIGINI TASDIQLASh TALAB ETILADIGAN TOVARLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KELTIRISh VA ULARNI UNING TAShQARISIGA ChIQARISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mahsulot va xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
2. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmolchilariga zarar yetkazganlik uchun jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi haqidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. “Oʻzdavstandart” markazi, TIAV, Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar 1995-yil 1-yanvardan boshlab mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sertifikatlashtirishni oʻtkazish ishlarini tashkil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzstandart” agentligining hududiy organlariga yordam koʻrsatsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-avgust,
409-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 27-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)