23.12.2025 yildagi 1592-V-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar natijadorligi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining joriy yil 5-mart kunidagi kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev boshchiligida tanqidiy muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur ustuvor vazifalar va topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida komplayens nazorat tizimi joriy etilgan. Taʼlim tashkilotlarining oʻquv dasturlarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mavzular bilan yanada toʻldirish maqsadida barcha oliygohlarning oʻquv dasturlariga “Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurashish mexanizmlari” moduli kiritilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim tizimida shaffoflikni taʼminlash va inson omilini kamaytirish maqsadida “HEMIS”, diplom.edu.uz, vacancy.edu.uz kabi axborot tizimlari ishga tushirilib, ularga qariyb ikki millionga yaqin oliy maʼlumot haqidagi diplom maʼlumotlari kiritilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari sohada jami 36 ta axborot tizimi ishga tushirilgan hamda oliy taʼlim muassasalarida “Registrator ofis”lar tashkil etilgan boʻlib, bu orqali davlat xizmatlarining 30 dan ortiq turi “Yagona darcha” tamoyili asosida elektron shaklda koʻrsatilmoqda. Shuningdek talabalarning turar joylari, stipendiyalari kabi maʼlumotlarni saqlovchi “EduBilling” tizimlari ishga tushirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik tizimida bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Situatsion markaz” orqali masofaviy audit hamda hududlarda profilaktik-nazorat tadbirlari amalga oshirilib, jami 113,6 mlrd. soʻm miqdorga teng moliyaviy xatoliklarning va samarasiz xarajatlarning oldi olingan, 4,4 mlrd. soʻm miqdordagi mablagʻlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, talabalar hamda professor-oʻqituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tizimli ravishda targʻibot tadbirlari tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida 2024-2025-yillarda 4,5 ming nafar oʻqituvchi-xodimning va 146 ming nafardan ortiq talabaning “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi orqali maxsus onlayn kurslarda oʻqitilishi taʼminlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga tahlillar sohada hali oʻz yechimini kutayotgan ayrim masalalar va muayyan kamchiliklar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sohani tartibga soluvchi amaldagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaga shart-sharoitlar yaratuvchi omillar saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomda ilmiy-tadqiqot loyihasi talabnomasini dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun oʻn besh kun muddat, ilmiy ekspertizadan oʻtkazish uchun bir oy muddat, moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilish uchun oʻn kun muddat belgilangan. Yaʼni mazkur jarayon uchun yaxlit muddat emas, balki har bir bosqich uchun alohida muddat belgilanganligi sababli bir bosqich tugab, keyingi bosqichga oʻtilishi orasidagi vaqt aniq boʻlmay qolmoqda. Bu esa amaliyotda davlat buyurtmasi doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish jarayoni uzoq muddatga choʻzilishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek “HEMIS” axborot tizimi joriy etilgan boʻlsa-da, mazkur axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarida toʻliq va samarali ishlamayotganligi kuzatilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy, oraliq va yakuniy baholarni tizimga kiritishda ham inson omili saqlanib qolmoqda. Baholashning shaffofligi va xolisligini taʼminlash nazarda tutilganligiga qaramasdan oʻqituvchilar tomonidan qoʻyilgan baholar hamda davomat maʼlumotlarining baʼzida boshqa xodimlar tomonidan oʻzgartirilayotganligi hollari mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, taʼlim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlashda shaffoflik taʼminlanmagan. Ayrim oliy taʼlim muassasalarida rahbar va xodimlar oʻrtasida qarindosh-urugʻchilik aloqalari mavjudligiga, yaʼni manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahlillar sohadagi korrupsiyaga oid jinoyatlarning aksariyati oʻqishga kiritish, oʻqishni boshqa yoʻnalishga (taʼlim tashkilotiga) koʻchirish va mol-mulkni talon-toroj qilish bilan bogʻliq ekanligini, jumladan, tizim tashkilotlarining, oliy va kasbiy taʼlim muassasalarining shartnomalari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilayotganligini koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilmasdan, tanlovlar boʻyicha eʼlonlar berilmasdan, ishlar, xizmatlarni xarid qilishning raqobatga asoslangan usullari chetlab oʻtilib, bir turdagi ishlar, xizmatlar sunʼiy tarzda qismlarga boʻlingan holda elektron doʻkon orqali sotib olinib, shartnomalarni rasmiylashtirish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikda va uning tizimidagi tashkilotlarda davlat xizmatlari koʻrsatish holati oʻrganilganda 2024-yil va 2025-yilning toʻqqiz oyi davomida 44 763 ta qonun buzilishi hollariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan. Ularning 40 779 tasi muddatning buzilishi, 1 914 tasi arizalarning asossiz ravishda rad etilishi va 1 772 tasi qonun hujjatlari talablari buzilishi bilan bogʻliq ekanligi maʼlum boʻlgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-2025 oʻquv yilida talabalar turar joyiga joylashish masalasida murojaat qilgan 39 361 nafar talabaga nisbatan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi hollari aniqlangan. Bunday holat talabalar uchun jiddiy noqulayliklar tugʻdirib, maishiy korrupsiya holatlari yuzaga kelishi ehtimolini oshirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu kabi holatlar yuzasidan 203 nafar masʼul xodim maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, vazirlik tomonidan kiritilgan 56 ta taqdimnoma natijasida esa 5 nafar masʼul xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari prokuratura organlari tomonidan 2025-yilning toʻqqiz oyi davomida sohada 974 ta qonun buzilishi hollari aniqlanib, tegishli mansabdor shaxslarning 142 nafari intizomiy javobgarlikka hamda 126 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Koʻrilgan choralar natijasida 450 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eshituv davomida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilishda “inson omili”ni qisqartirish hamda tanlovlarning ochiq va shaffof tizimini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrosi oʻz zimmasiga yuklatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazib, ularda aniqlangan korrupsiyaga shart-sharoitlar yaratib beruvchi normalarni bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — “HEMIS” platformasini toʻliq raqamlashtirish choralarini yakuniga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik tizimidagi komplayens nazorat boʻlimlari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish va sohada korrupsiyaning oldini olishda ularning rolini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohada davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha alohida nazorat tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmasi doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish jarayonining (loyihaga oid talabnomani taqdim etish, dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazish, ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilish) davomiyligi muddatini aniq belgilash, loyihani baholash va rad etish asoslari aniq koʻrsatilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 23-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1592-V-son