12.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3751
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy jihozlarning turlari boʻyicha nomenklatura klassifikatsiyasi va ularni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra tasniflash qoidalarini tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3751]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tibbiy jihozlarning turlari boʻyicha nomenklatura klassifikatsiyasi va ularni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra tasniflash qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruq 2026-yil 26-fevraldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. XUDAYAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 24-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 12-dekabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 17-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 17-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 16-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy jihozlarning turlari boʻyicha nomenklatura klassifikatsiyasi va ularni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra tasniflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qoidalar tibbiy jihozlarning turlari boʻyicha nomenklatura klassifikatsiyasi va ularni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra tasniflash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, qoʻllanilishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda, majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllaniladigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faol tashxis tibbiy jihozlar — tashxis qoʻyish, davolash jarayonini nazorat qilish yoki fiziologik holatni, kasallik holatini yoxud tugʻma nuqsonlarni aniqlash va (yoki) ularning holatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida maʼlumot taqdim etishga moʻljallangan faol tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faol tibbiy jihozlar — alohida holda yoki boshqa tibbiy jihozlar bilan birgalikda qoʻllaniladigan, ishlashi uchun inson tomonidan hosil qilinadigan energiya yoki tortishish kuchidan farqli energiya manbaini talab etadigan tibbiy jihozlar (energiyani yoki moddalarni bemorga sezilarli oʻzgarishlarsiz yetkazib berish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faol terapevtik tibbiy jihozlar — kasallik, jarohat yoki nogironlikni davolash, yengillashtirish bilan bogʻliq biologik funksiyalar yoki tuzilmalarni saqlash, oʻzgartirish, almashtirish yoki tiklashga moʻljallangan faol tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
analit — tahlil qilinayotgan namuna tarkibida mavjud boʻlgan va oʻlchanishi mumkin boʻlgan xususiyatga ega alohida komponent;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aferez — qonning alohida tarkibiy qismlarini ajratib olish usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
implantatsiya qilinadigan tibbiy jihozlar — invaziv tibbiy jihozlar boʻlib, jumladan organizmda qisman yoki toʻliq soʻriladigan, inson tanasiga toʻliq kiritiladigan, jarrohlik yoʻli bilan epitelial yuzani yoki koʻz yuzasini almashtiradigan va jarrohlik amaliyotidan soʻng kiritilgan joyda qoladigan, shuningdek jarrohlik yoʻli bilan inson tanasiga qisman kiritilib, jarrohlik amaliyotidan keyin kiritilgan joyda 30 sutkadan ortiq muddat saqlanib qoladigan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
invaziv tibbiy jihozlar — inson tanasiga uning yuzasi yoki tana teshigi orqali toʻliq yoki qisman kiritish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar — maʼlum vaqt davomida (60 daqiqadan 30 sutkagacha) uzluksiz qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqa muddatli qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar — 60 daqiqadan ortiq boʻlmagan muddat davomida uzluksiz qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzoq muddat qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar — 30 sutkadan ortiq uzluksiz qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nanomaterial — tarkibida bogʻlanmagan holatdagi zarrachalar yoki agregatlar yoki aglomeratlar koʻrinishidagi zarrachalar mavjud boʻlib, ularning kamida 50 foizi 1 — 100 nm oraligʻidagi oʻlchamlarga ega boʻlgan material;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlar — inson tanasiga uning yuzasi yoki tana teshiklari orqali toʻliq yoki qisman kiritish uchun moʻljallanmagan tibbiy jihozlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tibbiy jihozlarning guruhlar va kichik guruhlar boʻyicha nomenklatura klassifikatsiyasi roʻyxati mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tibbiy jihozlarni tasniflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Tibbiy jihozlarni qoʻllash xavf darajasiga koʻra tasniflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tibbiy jihozlar ularni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra 4 ta sinfga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I sinf — xavf darajasi past boʻlgan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II a sinf — xavf darajasi oʻrtacha boʻlgan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II b sinf — xavf darajasi yuqori boʻlgan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III sinf — xavf darajasi eng yuqori boʻlgan tibbiy jihozlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir tibbiy jihoz faqat bitta sinfga kiritilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tibbiy jihozlarni tasniflashda ularning vazifasi va qoʻllanilish shartlari, shuningdek quyidagilar hisobga olinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlarning qoʻllash muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlarning invazivlik darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlarning inson tanasi bilan aloqasi yoki oʻzaro taʼsiri mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlarning inson tanasiga kiritish usuli (tana teshigi orqali yoki jarrohlik yoʻli bilan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlarning hayotiy muhim aʼzolar va tizimlar (yurak, markaziy qon aylanish tizimi, markaziy asab tizimi) uchun qoʻllanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlarning energiya manbalaridan foydalanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlarni tasniflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlarga nisbatan ushbu Qoidalarning 6 — 8-bandlarida belgilangan talablar qoʻllanilmaganda, ular I sinfga kiritilishi kerak (ushbu Qoidalarning 8-bandi ikkinchi xatboshisi bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Inson organizmining aʼzolarini va (yoki) ularning qismlarini saqlash, shuningdek qon, boshqa suyuqliklar, gazlar, bugʻlar yoki toʻqimalarni saqlash yoxud inson organizmiga kiritish uchun moʻljallangan invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlar II a sinfga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlar II a sinf yoki undan yuqori sinfga mansub faol tibbiy jihozlar bilan birgalikda qoʻllanilgan hollarda ham mazkur sinfga kiritilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Inson organizmining qoni, toʻqimalari, hujayralari, boshqa fiziologik suyuqliklari yoki inson organizmiga kiritilishi lozim boʻlgan suyuqliklarning biologik yoki fizik-kimyoviy tarkibi hamda xususiyatlarini oʻzgartirish uchun moʻljallangan invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlar II b sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlarning taʼsiri faqat zarrachalarni filtrlash, sentrifugalash, gaz almashinuvi yoki issiqlik almashinuvi bilan cheklansa, ular II a sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shikastlangan teri bilan bevosita aloqada boʻladigan invaziv boʻlmagan tibbiy jihozlar quyidagicha tasniflanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I sinf — mexanik toʻsiq sifatida, ekssudatni siqish yoki soʻrib olish maqsadida qoʻllanilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II b sinf — ikkilamchi bitish orqali davolanishi mumkin boʻlgan yaralarni davolash uchun qoʻllanilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II a sinf — boshqa hollarda (tibbiy jihozlar asosan jarohatlarning mikromuhitiga taʼsir etish uchun moʻljallangan boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Invaziv tibbiy jihozlarni tasniflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Inson tana teshiklari orqali qoʻllaniladigan hamda faol tibbiy jihozga ulanish uchun moʻljallanmagan invaziv tibbiy jihozlar (I sinfga mansub faol tibbiy jihozlar, shuningdek jarrohlik invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) quyidagicha tasniflanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I sinf — qisqa muddatli qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II a sinf — vaqtinchalik qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar (ushbu tibbiy jihozlar ogʻiz boʻshligʻida halqumgacha, eshitish yoʻlida nogʻora pardagacha yoki burun boʻshligʻida vaqtincha qoʻllanilsa, ular I sinfga kiritilishi kerak);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II b sinf — uzoq muddat qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar (mazkur tibbiy jihozlar ogʻiz boʻshligʻida halqumgacha, eshitish yoʻlida nogʻora pardagacha yoki burun boʻshligʻida uzoq vaqt qoʻllanilsa va shilliq qavat tomonidan soʻrilmasa, ular II a sinfga kiritilishi lozim).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson tana teshiklari orqali qoʻllaniladigan va II a sinf yoki undan yuqori sinfga mansub faol tibbiy jihozga ulanish uchun moʻljallangan invaziv tibbiy jihozlar (jarrohlik invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) II a sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qisqa muddatli va vaqtinchalik qoʻllash uchun moʻljallangan jarrohlik invaziv tibbiy jihozlar II a sinfga kiritilishi lozim. Bunda, mazkur tibbiy jihozlar quyidagi holatlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yurak, markaziy qon aylanishi, markaziy asab tizimi patologiyalarini tashxislash, kuzatish, nazorat qilish, tuzatish uchun moʻljallanganda hamda ushbu tizimlarning aʼzolari yoki qismlari bilan bevosita aloqada boʻlganda, ular III sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki yoki undan ortiq marta foydalanilganda, ular I sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyani ionlashtiruvchi nurlanish shaklida uzatish uchun moʻljallanganda, ular II b sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biologik taʼsir koʻrsatishga yoki inson organizmida toʻliq yoxud sezilarli darajada soʻrilishga moʻljallanganda, ular II b sinfga kiritilishi (vaqtinchalik qoʻllash uchun moʻljallangan jarrohlik invaziv tibbiy jihozlar III sinfga kiritilishi kerak);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositalarini mutaxassis boʻlmagan foydalanuvchilar tomonidan kiritish uchun moʻljallanganda, II b sinfga hamda vaqtinchalik qoʻllash uchun moʻljallangan jarrohlik invaziv tibbiy jihozlar esa inson tanasida kimyoviy oʻzgarishlarga uchraganda, ular II b sinfga (tishlarga implantatsiya qilish yoki dori vositalarini yuborish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar bundan mustasno) kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Implantatsiya qilinadigan, shuningdek uzoq muddatli qoʻllash uchun moʻljallangan jarrohlik invaziv tibbiy jihozlar II b sinfga kiritilishi lozim. Bunda, mazkur tibbiy jihozlar quyidagi holatlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tishga implantatsiya qilish uchun moʻljallanganda, ular II a sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yurak, markaziy qon aylanish tizimi yoki markaziy asab tizimi bilan bevosita aloqada boʻlganda, ular III sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biologik taʼsir koʻrsatishga yoki inson organizmida toʻliq yoxud sezilarli darajada soʻrilishga moʻljallanganda, ular III sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson tanasida kimyoviy oʻzgarishlarga uchrasa, ular III sinfga kiritilishi (tishga implantatsiya qilish yoki dori vositalarini kiritish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faol implantatsiya qilinadigan tibbiy jihozlar va ularning implantatsiya qilinadigan butlovchi (aksessuarlari) boʻlganda, ular III sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chanoq-son, tizza yoki yelka boʻgʻimining toʻliq yoki qisman protezlari, koʻkrak bezi implantlari, shuningdek umurtqalararo disk protezlari yoki umurtqa pogʻonasi bilan aloqaga (kontaktga) kirishuvchi implantatsiya qilinadigan tibbiy jihozlar boʻlganda, ular III sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Faol tibbiy, faol terapevtik va tashxis tibbiy jihozlarni tasniflashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Faol tibbiy hamda faol terapevtik tibbiy jihozlar quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tasniflanishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya uzatish yoki energiya almashinuvi uchun moʻljallangan faol terapevtik tibbiy jihozlar II a sinfga, agar inson organizmiga energiya uzatish yoki almashinuvi faol tibbiy jihozning (masalan, ionlashtiruvchi nurlanish hosil qilish, nur terapiyasi uchun moʻljallangan faol tibbiy jihozlar) oʻziga xos xususiyatlari (tana qismlariga taʼsiri, zichligi va joyi) sababli xavf tugʻdirsa, ular II b sinfga kiritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II b sinfdagi faol terapevtik tibbiy jihozlarni nazorat qilish yoki boshqarish uchun moʻljallangan faol terapevtik tibbiy jihozlar II b sinfga, agar faol implantatsiya qilinadigan tibbiy jihozlarni nazorat qilish yoki boshqarish uchun moʻljallanganda, ular III sinfga kiritilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. II a sinfga quyidagilar uchun moʻljallangan faol tashxis tibbiy jihozlar kiritilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson organizmi tomonidan yutiladigan energiyani uzatishga moʻljallangan faol tashxis tibbiy jihozlar (bemor tanasini spektrda koʻrinadigan diapazonida yoritadigan tibbiy jihoz I sinfga kiritilishi kerak);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson organizmiga yuborilgan radiofarmatsevtik dori vositalarining taqsimlanishini koʻrsatishga moʻljallangan faol tashxis tibbiy jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson organizmining hayotiy muhim funksiyalarini bevosita tashxislash yoki nazoratini taʼminlashga moʻljallangan faol tashxis tibbiy jihozlar (ushbu tibbiy jihozlar oʻzgarishi bemor uchun bevosita xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan hayotiy muhim fiziologik parametrlarni nazorat qilish uchun moʻljallanganda (yurak faoliyati, nafas olish yoki markaziy asab tizimi faoliyatining oʻzgarishi), ular II b sinfga kiritilishi kerak).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ionlashtiruvchi nurlanishni hosil qiluvchi va radiologik tashxis hamda terapiya uchun moʻljallangan faol tibbiy jihozlar hamda ularni nazorat qilish yoki boshqarish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar II b sinfga kiritilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Inson organizmiga dori vositalari, fiziologik suyuqliklar yoki boshqa moddalarni yuborish va (yoki) ularni organizmdan chiqarish uchun moʻljallangan faol tibbiy jihozlar II a sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bunday yuboriladigan (yoki chiqarish) dori vositalari, fiziologik suyuqliklar yoki boshqa moddalar qoʻllanilishiga muvofiq bemor uchun xavf yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, mazkur tibbiy jihozlar II b sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qoidalarning 12 — 14-bandlari hamda mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida belgilangan talablar tatbiq etilmaydigan faol tibbiy jihozlar I sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Alohida turdagi tibbiy jihozlarni tasniflashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Alohida turdagi tibbiy jihozlarning tarkibida mustaqil qoʻllaniladigan dori vositalarining moddalarini (inson qoni yoki plazmasidan olingan mahsulotlar) saqlovchi tibbiy jihozlar III sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot xodimlarining qoʻllariga, shuningdek jarrohlik va inyeksiya sohalariga ishlov berish uchun moʻljallangan antiseptik salfetkalar esa II a sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Alohida turdagi tibbiy jihozlar homiladorlikni nazorat qilish yoki jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qilish uchun moʻljallanganda II b sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida turdagi tibbiy jihozlar uzoq muddat qoʻllash uchun moʻljallangan implantatsiya qilinadigan yoki invaziv tibbiy jihozlar boʻlsa, ular III sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Invaziv tibbiy jihozlarni zararsizlantirish, shuningdek kontakt linzalarni tozalash, yuvish, zararsizlantirish, namlash uchun moʻljallangan alohida turdagi tibbiy jihozlar II b sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy jihozlarni dezinfeksiyalash yoki sterilizatsiya qilish uchun moʻljallangan alohida turdagi tibbiy jihozlar II a sinfga kiritilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Rentgen, magnit-rezonans, ultratovush va boshqa tashxis qurilmalaridan olingan tasvirlarni qayd etish uchun moʻljallangan alohida turdagi tibbiy jihozlar II a sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hayvonlarning oʻlik toʻqimalari yoki hujayralari yoxud ularning hosilalaridan foydalanib tayyorlangan alohida turdagi tibbiy jihozlar III sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida turdagi tibbiy jihozlar faqat shikastlanmagan teri yuzasi bilan aloqa qilish uchun moʻljallanganda I sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qon uchun paketlar (polimer idishlar) II b sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tarkibida nanomaterial mavjud boʻlgan alohida turdagi tibbiy jihozlar III sinfga kiritilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nanomaterial bemor yoki foydalanuvchi organizmiga kirib borishining oldini oluvchi izolyatsiyalangan yoki bogʻlangan holatda boʻlsa, bunday alohida turdagi tibbiy jihozlar I sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Aferez uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar, jumladan toʻplamlar, ulagichlar va eritmalar III sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Alohida turdagi tibbiy jihozlar boshqa tibbiy jihozlar bilan birgalikda qoʻllash uchun moʻljallanganda, birgalikda qoʻllaniladigan har bir tibbiy jihoz ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda alohida sinf boʻyicha tasniflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Alohida turdagi tibbiy jihoz qoʻllash xavfi darajasiga koʻra bir nechta sinfga kirganda, eng yuqori xavf sinfi olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. In vitro tashxis tibbiy jihozlarni tasniflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. In vitro tashxis tibbiy jihozni tasniflashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
in vitro tashxis tibbiy jihozning yoʻriqnomasida belgilangan vazifasi va uni qoʻllash koʻrsatmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchining (mutaxassis yoki mutaxassis boʻlmagan foydalanuvchi) texnik, ilmiy yoki tibbiy bilimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
in vitro tashxis tibbiy jihozdan olingan natijaning (toʻgʻri yoki notoʻgʻri) alohida shaxs va (yoki) jamoat sogʻligʻiga taʼsiri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. In vitro tashxis tibbiy jihoz uni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra bir nechta sinfga kirganda, eng yuqori xavf sinfi olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. In vitro tashxis tibbiy jihozlarni kalibrlash va nazorat materiallari ular bilan birga qoʻllash uchun moʻljallangan reagent (reagentlar toʻplami) bilan bir xil sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
In vitro tashxis tibbiy jihozlar qon, qon komponentlari, qon mahsulotlari, aʼzolar, toʻqimalar yoki hujayralardagi yuqumli agentlarni aniqlash hamda ularni koʻchirish yoki transplantatsiya qilish imkoniyatini aniqlash maqsadida qoʻllanilganda, shuningdek uzoq muddatli nogironlikka yoki oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan, tarqalish xavfi yuqori yoki ehtimoli katta boʻlgan yuqumli agentlarni aniqlash uchun moʻljallangan boʻlsa, III sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qon guruhlarini, ona va homila qon guruhining mos emasligini aniqlash yoki toʻqima turlarini belgilash uchun qoʻllaniladigan in vitro tashxis tibbiy jihozlari, qon, qon komponentlari, hujayralar, toʻqimalar yoki koʻchirish va transplantatsiya qilish uchun moʻljallangan aʼzolarning immunologik mosligini taʼminlash maqsadida qoʻllanilganda, II b sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq, AB0 tizimi (A (AB01), B (AB02), AB (AB03)), rezus tizimi (Rh1 (D), Rh2 (C), Rh3 (E), Rh4 (c), Rh5 (e) va kuchsiz yoki qisman Rh (D)), Kell tizimi (Kell (K), Kidd tizimi (JK1 (Jka), JK2 (Jkb)) hamda Daffi tizimi (FY1 (Fya), FY2 (Fyb)) antigenlarini yoki antitanalarini aniqlash uchun qoʻllanilganda III sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. In vitro tashxis tibbiy jihozlar quyidagi hollarda II b sinfga kiritilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarning yuqumli agentlarini aniqlash uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
orqa miya suyuqligi yoki qonda tarqalish xavfi oʻrtacha boʻlgan yuqumli agentlarni aniqlash uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashxisning notoʻgʻri natijasi sababli bemor yoki homilaning vafotiga yoki mehnatga layoqatsiz holatga tushib qolishiga sabab boʻlish xavfi mavjud infeksiya agentlarini aniqlash uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiladorlik davrida ayollarning infeksiyalarga nisbatan immunitet holatini aniqlash maqsadida skrining oʻtkazish uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolash boʻyicha qarorga taʼsir etadigan tashxisning notoʻgʻri natijasi sababli bemor yoki uning avlodining nogironlikka olib keladigan yoki hayoti uchun xavfli vaziyat yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin hollardagi infeksiya kasallik yoki immunologik holatini aniqlash uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onkologik kasallikni skrining qilish, tashxislash yoki uning bosqichini aniqlash uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
genetik test oʻtkazish uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolash boʻyicha qarorga taʼsir etadigan tashxisning notoʻgʻri natijasi sababli bemor yoki uning avlodining nogironlikka olib kelishi yoki hayoti uchun xavfli vaziyat yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin hollardagi dori vositalari, moddalar yoki biologik komponentlar darajasini nazorat qilish uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homila yoki embrionning tugʻma kasalliklarini skrining qilish uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasallik tashxisining notoʻgʻri ekanligi natijasida yoki davolamaslik sababli yangi tugʻilgan chaqaloqlarda nogironlikka olib kelishi yoki hayoti uchun xavfli vaziyat yuzaga kelishiga sabab boʻlganda hamda tugʻma kasalliklarni skrining qilish uchun moʻljallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlab davolash uchun bemorlarni saralash va yondosh tashxis sifatida olib borish uchun skrining oʻtkazish moʻljallanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mutaxassis boʻlmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatish uchun moʻljallangan in vitro tashxis tibbiy jihozlar II b sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mazkur in vitro tashxis tibbiy jihozlarni qoʻllash natijasida olingan tahlil natijalari muhim tibbiy ahamiyatga ega boʻlmasa yoki ular dastlabki xususiyatga ega boʻlib, keyinchalik tegishli laboratoriya tekshiruvlari bilan tasdiqlashni talab etsa, bunday tibbiy jihozlar II a sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur in vitro tashxis tibbiy jihozlari ushbu Qoidalarning 28-bandi ikkinchi xatboshisi va 29-bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun moʻljallanganda, ular III sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻlchov funksiyasiga ega boʻlmagan, oʻzining obyektiv xususiyatlariga koʻra laboratoriya maqsadlarida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan, biroq in vitro tashxis muolajalarida foydalanish uchun moʻljallangan, laboratoriya testlari (analitlar)ning aniq turlari koʻrsatilmagan maxsus xususiyatlarga ega in vitro tashxis tibbiy jihozlari, shuningdek biosinov namunalarini yigʻish va (yoki) saqlash uchun moʻljallangan idishlar I sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qoidalarning 28-bandi ikkinchi xatboshisi, 29 — 31-bandlari hamda mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari tatbiq etilmaydigan in vitro tashxis tibbiy jihozlari, shu jumladan tashxisning xatoligi natijasida bemorning nogironligiga yoki oʻlimiga olib kelishi xavfi mavjud boʻlmagan hollarda kam uchraydigan yuqumli agentlarni aniqlash uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar, miqdoriy yoki sifat jihatidan belgilangan qiymatlarga ega boʻlmagan nazorat materiallari, shuningdek qoʻllaniladigan reagentlar toʻplamlariga (test-tizimlarga) bogʻliq holda bajariladigan laboratoriya tadqiqotlarining oʻzgaruvchan roʻyxatiga ega boʻlgan oʻlchov funksiyali analitik tibbiy jihozlar (analizatorlar) II a sinfiga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Dasturiy taʼminot in vitro tashxis maqsadlarida qoʻllanilsa, mazkur bobda belgilangan talablarga muvofiq tasniflanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tibbiy jihoz hisoblangan dasturiy taʼminotni tasniflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Har bir dasturiy taʼminot faqat bitta sinfga kiritilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturiy taʼminotning qoʻllash xavfi darajasiga koʻra sinfini tasniflash, u birgalikda ishlaydigan tibbiy jihozning xavf sinfidan qatʼi nazar, ushbu Qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturiy taʼminotni tasniflash (sunʼiy intellekt texnologiyalari qoʻllanilgan dasturiy taʼminot bundan mustasno) taqdim etiladigan axborot turiga asoslangan holda, dasturiy taʼminot natijalarining tibbiy qaror qabul qilishga taʼsirini aniqlash hamda dasturiy taʼminotni qoʻllash shartlarini hisobga olgan holda quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Dasturiy taʼminotdan foydalanish shartlari uning maqsadiga koʻra

Olingan dasturiy taʼminot natijalarining tibbiy qaror qabul qilishga taʼsiriga koʻra axborotlar turlari boʻyicha xavf sinflari

birinchi turdagi axborotlar

ikkinchi turdagi axborotlar

uchinchi turdagi axborotlar

“A” toifasi

III

II b

II a

“B” toifasi

II b

II a

I

“V” toifasi

II a

I

I

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Sunʼiy intellekt texnologiyalari qoʻllanilgan dasturiy taʼminot III sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Dasturiy taʼminotni qoʻllash shartlarini uning vazifasiga koʻra toifalardan biriga kiritish quyidagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) dasturiy taʼminot quyidagi maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlsa, uni qoʻllash shartlari “A” toifaga kiritilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish (toʻsatdan oʻtkir kasalliklar yoki holatlar yuzaga kelganda, shuningdek bemorning hayotiga xavf tugʻdiruvchi surunkali kasalliklar qoʻzgʻalganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarrohlik aralashuvini va (yoki) kompleks terapiyani oʻtkazishda qoʻllash yoki ularni oʻtkazish zarurligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat salomatligi uchun yuqori xavf tugʻdiruvchi va (yoki) alohida shaxs uchun yuqori xavfga ega boʻlgan kasalliklar yoki bemorning holatlariga tashxis qoʻyish va (yoki) ularni davolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) dasturiy taʼminot quyidagi maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlsa, uni qoʻllash shartlari “B” toifaga kiritilishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish (toʻsatdan oʻtkir kasalliklar yoki holatlar yuzaga kelganda, surunkali kasalliklar zoʻrayganda, biroq bemorning hayotiga bevosita xavf tugʻdiruvchi aniq belgilar mavjud boʻlmaganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarrohlik aralashuvisiz tibbiy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat salomatligi uchun oʻrtacha xavf tugʻdiradigan kasalliklar yoki bemorning holatlarini aniqlash va davolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) dasturiy taʼminot quyidagi maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlsa, uni qoʻllash shartlari “V” toifaga kiritilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejali tibbiy yordam koʻrsatish (profilaktika tadbirlari oʻtkazilganda, bemorning hayotiga xavf tugʻdirmaydigan, shoshilinch yoki kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamni talab etmaydigan kasalliklar va holatlar mavjud boʻlganda hamda tibbiy yordam koʻrsatishning muayyan muddatga kechiktirilishi bemorning ahvoli yomonlashuviga, uning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
invaziv boʻlmagan usullardan foydalangan holda tibbiy yordam koʻrsatish va (yoki) uzoq muddatli parvarishda qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat salomatligi uchun past xavfga ega boʻlgan kasallik yoki kasalliklarni yoxud bemorning holatlarini tashxislash yoki davolash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. “A” va “B” toifalarga kiruvchi dasturiy taʼminot, uning qoʻllash shartlarida zarur tayyorgarlikdan oʻtgan tibbiyot xodimi tomonidan foydalanilishi belgilanganda, faqat mazkur tibbiyot xodimi tomonidan qoʻllanilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“V” toifaga kiruvchi dasturiy taʼminot, uning qoʻllash shartlarida esa tibbiyot xodimi yoki bemor yoxud boshqa jismoniy shaxs tomonidan tibbiyot xodimining koʻrsatmasi va (yoki) nazorati ostida foydalanilishi belgilanganda, mazkur shaxslar tomonidan qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Dasturiy taʼminot tomonidan taqdim etilgan natijalarning tibbiy qaror qabul qilishga taʼsiriga koʻra axborot quyidagi talablarga muvofiq turlarga ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi turdagi axborot — klinik (shifokor) qaror qabul qilish uchun qoʻshimcha aniqlashtirish va (yoki) toʻldirishni talab qilmaydigan, kechiktirib boʻlmaydigan hamda oʻz vaqtida harakatlarni amalga oshirish zarurligini koʻrsatadigan axborotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi turdagi axborot — klinik (shifokor) qaror qabul qilish uchun qoʻshimcha aniqlashtirish va (yoki) toʻldirishni talab qiladigan axborotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi turdagi axborot — kechiktirib boʻlmaydigan harakatlarni amalga oshirish zarurligini koʻrsatmaydigan axborotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Dasturiy taʼminotni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra uni sinfga kiritishda ushbu dasturiy taʼminotdan foydalanish natijasida olingan axborotning turlari va (yoki) uni qoʻllash shartlarida toifalarni birlashtirish mumkin boʻlsa, dasturiy taʼminot qoʻllash xavfining eng yuqori darajasiga muvofiq sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashxis qoʻyish va (yoki) terapiya boʻyicha qaror qabul qilish uchun moʻljallangan dasturiy taʼminot II a sinfidan past boʻlmagan sinfga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar dasturiy taʼminotning ishlashidagi xatolar bemorning oʻlimiga yoki uning sogʻligʻini tiklab boʻlmas darajada yomonlashishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, bunday dasturiy taʼminot III sinfga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy jihozlarning turlari boʻyicha nomenklatura klassifikatsiyasi va ularni qoʻllash xavfi darajasiga koʻra tasniflash qoidalariga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy jihozlarning guruhlar va kichik guruhlar boʻyicha nomenklatura klassifikatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Guruhlar/kichik guruhlar

1-bob. Anesteziologiya va respirator tibbiy jihozlar

1.

Algezimetrlar

2.

Anesteziologiya va respirator gaz analizatorlari

3.

Qon gazlari analizatorlari va ularga bogʻliq jihozlar

4.

Nafas olish funksiyasi analizatorlari va ularga bogʻliq jihozlar

5.

Anesteziologiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

6.

Bronxoskoplar

7.

Nafas olish ventilyatorlari va ularga bogʻliq jihozlar

8.

Qiziloʻngach intubatsiyasi detektorlari

9.

Anesteziologiya ignalari

10.

Ingalyatorlar

11.

Anesteziya bugʻlantirgichlari va ularga bogʻliq jihozlar

12.

Nafas olish kanyulalari

13.

Anesteziologiya uchun kateterlar va ularga bogʻliq jihozlar

14.

Nafas olish magistrallari va ularga bogʻliq jihozlar

15.

Nafas olish/anesteziya niqoblari va ularga bogʻliq jihozlar

16.

Anesteziya/respirator monitorlari va kuzatuv sistemalari

17.

Anesteziya toʻplamlari

18.

Anesteziya va respirator gazlarni yetkazish uskunalari

19.

Oksimetrlar va ularga bogʻliq jihozlar

20.

Havo tozalagichlar

21.

Pulmonologiya uchun kateterlar

22.

Oʻpkani ventilyatsiyalash sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

23.

Bronxial stentlar

24.

Qiziloʻngach stetoskoplari

25.

Sunʼiy ventilyatsiyalash sistemalari qurilmalari

26.

Boshqa anesteziologiya va respirator tibbiy jihozlar

2-bob. Yordamchi umumiy kasalxona uchun tibbiy jihozlar

27.

Tibbiyot vannalari

28.

Laboratoriya inkubatorlari

29.

Infuzion nasoslar va ularga bogʻliq jihozlar

30.

Dori vositalari/vaksinalar uchun inyektorlar

31.

Laboratoriya kameralari

32.

Xavfli tibbiy chiqindilar uchun konteynerlar

33.

Tibbiy karavotlar va ularga bogʻliq jihozlar

34.

Laminar sistemalar

35.

Lansetlar

36.

Tibbiy matraslar va ularga bogʻliq jihozlar

37.

Tibbiy mebellar

38.

Teri osti inyeksiyalari uchun toʻplamlar

39.

Tibbiy zambillar

40.

Tibbiy steril jarrohlik yopingʻichlar/koʻrpalar

41.

Universal jarrohlik stollari

42.

Jarrohlik yoritgichlari

43.

Tibbiy qoʻlqoplar

44.

Tibbiy pechlar

45.

Tibbiy stol steril qoplamalari

46.

Tibbiy chiqindilarni maydalagichlar

47.

Tibbiy lavabolar/yuvish moslamalari

48.

Tibbiy asboblarni sanitar ishlov berish/xizmat koʻrsatish uchun eritmalar, gazlar va ularga bogʻliq jihozlar

49.

Ionoforez tizimlari va ularga bogʻliq jihozlar

50.

Glukoza darajasini monitoring qilish sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

51.

Jarrohlik stoli sistemalari

52.

Bemorlarni koʻtarish/koʻchirish sistemalari

53.

Issiqlik/krioterapiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

54.

Sterilizatorlar va ularga bogʻliq jihozlar

55.

Infuzion eritmalar uchun tirgaklar/ushlagichlar va ularga bogʻliq jihozlar

56.

Tibbiy tirgaklar/shtativlar

57.

Koʻrik/terapevtik stollar

58.

Tibbiy aravachalar

59.

Tibbiy termometrlar

60.

Transportyorlar

61.

Bemorlarni joylashtirish qurilmalari

62.

Tibbiy steril jarrohlik xalatlari

63.

Sovutgich/muzlatkich kameralari va ularga bogʻliq jihozlar

64.

Tibbiy sentrifugalar

65.

Tibbiy qoplama

66.

Tibbiy shkaflar/bokslar

67.

Boshqa yordamchi va umumiy shifoxona tibbiy jihozlari

3-bob. Gastroenterologiya uchun tibbiy jihozlar

68.

Fiziologik parametrlarni tahlil qiluvchi gastroenterologik analizatorlar

69.

Gastroenterologik detoksikantlar

70.

Pnevmoperitoneum uchun ignalar

71.

Ozuqa moddalarini soʻrish ingibitorlari

72.

Gastroenterologik kateterlar va ularga bogʻliq jihozlar

73.

Peritonial kateterlar va ularga bogʻliq jihozlar

74.

Gastroenterologik monitorlar/monitoring sistemalari

75.

Proktologik jarrohlik stollari

76.

Qiziloʻngach kengaytirgichlari

77.

Meʼda restriktorlari va ularga bogʻliq jihozlar

78.

Biliar/pankreatik stentlar

79.

Qiziloʻngach stentlari

80.

Gastroenterologik trubkalar va ularga bogʻliq jihozlar

81.

Stomirovkalar va ularga bogʻliq mahsulotlar

82.

Gastroenterologik endoskoplar

83.

Boshqa gastroenterologik tibbiy mahsulotlar

4-bob. Akusher va ginekologiya uchun tibbiy jihozlar

84.

Akusherlik/ginekologik fiziologik parametrlarni tahlil qiluvchi analizatorlar

85.

Vaginal koʻzgular

86.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar va ularga bogʻliq jihozlar

87.

Bachadon ichi kateterlari va ularga bogʻliq jihozlar

88.

Bachadon boʻyni (servikal) qalpoqchalari

89.

Bachadon ichi kontratseptivlari

90.

Akusher monitorlar/monitoring sistemalari

91.

Akusherlik/ginekologik jarrohlik muolajalari uchun toʻplamlar

92.

Amniotsentez uchun toʻplamlar

93.

Akusherlik/ginekologik qaychilar

94.

Pessariylar

95.

Ayollar prezervativlari

96.

Bachadon boʻyni (servikal) kanalini kengaytirgichlar

97.

Ginekologik jarrohlik setkalari

98.

Vaginal ichki vositalari

99.

Vaginal stentlari

100.

Akusherlik stollari

101.

Ginekologik jarrohlik stollari

102.

Fetal elektrodlar

103.

Akusherlik/ginekologik endoskoplar

104.

Akusherlik va ginekologiya uchun boshqa tibbiy jihozlar

5-bob. In vitro tashxisi uchun tibbiy jihozlar

105.

In vitro tashxis uchun analizatorlar

106.

In vitro tashxis uchun namunalar uchun idishlar/konteynerlar

107.

In vitro tashxis uchun analitlarni aniqlash reagentlari/toʻplamlari

108.

In vitro tashxis uchun umumiy laboratoriya reagentlari/uskunalar/sarf materiallari

109.

In vitro tashxis uchun ozuqa muhitlari

6-bob. Odamning toʻqimalari va organlarini manipulyatsiya qilish/tiklash uchun tibbiy jihozlar

110.

Adgeziya jihozlari/kleylar

111.

Biologik suyuqliklar/toʻqimalarni yigʻish/ishlov berish/tashish uchun mahsulotlar

112.

Toʻqimalarni rekonstruksiya qilish materiallari

113.

Qon/suyuqlik isitgichlari va ularga bogʻliq jihozlar

114.

Qon nurlantirgichlari

115.

Bogʻlamlar va ularga bogʻliq jihozlar

116.

Jarrohlik setkalari va ularga bogʻliq jihozlar

117.

Donor organlarini saqlash/tashish sistemalari

118.

Teri yuzasi terapiyasi sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

119.

Yara terapiyasi sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

120.

Ekstrakorporal zarb-toʻlqinli terapiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

121.

Stentlar va ularga bogʻliq jihozlar

122.

Tikuv apparatlari va ularga bogʻliq jihozlar

123.

Transplantatlar va ularga bogʻliq jihozlar

124.

Suyuqliklar/toʻqimalarni drenajlash/olib tashlash qurilmalari

125.

Tikuv materiallari va ularga bogʻliq jihozlar

126.

Odamning toʻqimalari va organlarini manipulyatsiya qilish/tiklash uchun tibbiy boshqa tibbiy jihozlar

7-bob. Otorinolaringologiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

127.

Eshitish apparatlari va ularga bogʻliq jihozlar

128.

Audiometrlar va ularga bogʻliq jihozlar

129.

Quloq voronkalari

130.

Oʻrta quloq dekompressorlari

131.

Ovoz bogʻlamlarini medializatsiya qilish implantatlari

132.

Koxlear implantatsiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

133.

Otorinolaringologik kanyulalar

134.

Burun kateterlari va ularga bogʻliq jihozlar

135.

Otorinolaringologik kateterlar

136.

Tinnitus maskerlari va ularga bogʻliq jihozlar

137.

Otorinolaringologik jarrohlik toʻplamlari

138.

Otorinolaringologik pichoqlar/skalpellar

139.

Otorinolaringologik qaychilar

140.

Quloq uchun eritmalar va ularga bogʻliq jihozlar

141.

Rinometrlar/rinomanometrlar

142.

Burun nafas olishini yengillashtirish qurilmalari

143.

Otorinolaringologik optik vizualizatsiya qurilmalari va ularga bogʻliq jihozlar

144.

Burun shinalari

145.

Otorinolaringologiya uchun boshqa tibbiy jihozlar

8-bob. Plastik jarrohligi, dermatologiya va kosmetologiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

146.

Koʻkrak implantatlari va ularga bogʻliq jihozlar

147.

Kosmetik jarrohlik uchun iplar

148.

Chandiqlarni davolash uchun bogʻlamlar/kiyimlar

149.

Dermatologik lazer sistemalari

150.

Lazer boʻlmagan dermatologik sistemalar va ularga bogʻliq jihozlar

151.

Teri konturini shakllantirish sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

152.

Plastik jarrohlik, dermatologiya va kosmetologiya uchun boshqa tibbiy jihozlar

9-bob. Nevrologiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

153.

Sezgi funksiyalarini tahlil qiluvchi analizatorlar

154.

Nevrologik fiziologik parametrlarni tahlil qiluvchi analizatorlar

155.

Nevrologik jarrohlik jihozlari

156.

Nevrologik kateterlar va ularga bogʻliq jihozlar

157.

Nerv lokatorlari va ularga bogʻliq jihozlar

158.

Nevrologik monitorlar/monitoring sistemalari

159.

Ogʻriqni yoʻqotish uchun elektr stimulyatsiya sistemalari

160.

Diafragma nervini elektr stimulyatsiya qilish sistemalari

161.

Periferik nervlarni elektr stimulyatsiya qilish sistemalari

162.

Markaziy nerv tizimini elektr stimulyatsiya qilish sistemalari

163.

Nevrologik endoskoplar

164.

Esteziometrlar

165.

Boshqa nevrologik tibbiy jihozlar

10-bob. Ortopediya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

166.

Artroskoplar va ularga bogʻliq jihozlar

167.

Suyak mixlari va ularga bogʻliq jihozlar

168.

Suyak distraktorlari va ularga bogʻliq jihozlar

169.

Boʻgʻimlarni immobilizatsiya qiluvchi jihozlar

170.

Ortopedik protezlarni implantatsiya qilish uchun asboblar

171.

Suyak kanalida rezba hosil qilish uchun asboblar

172.

Suyak keydjlari

173.

Immobilizatsiya materiallari va ularga bogʻliq jihozlar

174.

Ortopedik implantatsiya toʻplamlari

175.

Ortopedik jarrohlik toʻplamlari

176.

Ortopedik yoʻnaltirgichlar

177.

Ortopedik jarrohlik stollari

178.

Ortopedik ortezlar

179.

Qoʻllar uchun osmalar

180.

Implantatsiya uchun boʻgʻim protezlari va ularga bogʻliq jihozlar

181.

Ortopedik kengaytirgichlar

182.

Umurtqa pogʻonasini fiksatsiya qilish sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

183.

Ekstrakorporal ortopedik zarb-toʻlqinli terapiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

184.

Traksion sistemalar va ularga bogʻliq mahsulotlar

185.

Ortopedik fiksatsiya sistemalari

186.

Ortopedik sementlar va ularga bogʻliq jihozlar

187.

Boshqa ortopedik tibbiy jihozlar

11-bob. Oftalmologiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

188.

Oftalmologik tahlil qiluvchi analizatorlar

189.

Dioptrimetrlar

190.

Oftalmologik kanyulalar

191.

Keratomlar va ularga bogʻliq jihozlar

192.

Oftalmologik halqalar

193.

Oftalmologik ilgaklar

194.

Oftalmologik diagnostik linzalar

195.

Intraokulyar linzalar va ularga bogʻliq jihozlar

196.

Kontakt linzalar va ularga bogʻliq jihozlar

197.

Koʻzoynak linzalari va ularga bogʻliq jihozlar

198.

Ekstraokulyar kattalashtiruvchi linzalar

199.

Oftalmologik jarrohlik toʻplamlari

200.

Oftalmologik pichoqlar

201.

Oftalmologik qaychilar

202.

Oftalmologik jarrohlik stollari

203.

Oftalmologik lazer sistemalari

204.

Oftalmoskoplar va ularga bogʻliq jihozlar

205.

Oftalmologik pinsetlar

206.

Intraokulyar protezlar va ularga bogʻliq jihozlar

207.

Muguz pardasining trepanatsiyasi sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

208.

Oftalmologik kriojarrohlik sistemalari

209.

Fakoemulsifikatsiya/vitrektomiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

210.

Koʻz yuzasi himoya vositalari

211.

Oftalmologik tonometrlar va ularga bogʻliq mahsulotlar

212.

Koʻz yosh kanallari uchun endoskoplar

213.

Oftalmologik endoskoplar

214.

Boshqa oftalmologik tibbiy jihozlar

12-bob. Radiologiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

215.

Gentri va ularga bogʻliq jihozlar

216.

Nurlanish oʻlchagichlari

217.

Kollimatorlar va ularga bogʻliq jihozlar

218.

Radiologik tashxis/terapiya uchun bemor kreslolari

219.

Koʻchma radiologik modullar

220.

Rentgen plyonkalari va ularga bogʻliq jihozlar

221.

Bemorlarni joylashtirish sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

222.

Radiologik tashxis sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

223.

Radiologik terapevtik sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

224.

Kontrast vositalari va ularga bogʻliq jihozlar

225.

Radiologik stollar

226.

Fantomlar

227.

Ekranlar/himoya/nurlanish cheklagichlari

228.

Boshqa radiologik tibbiy jihozlar

13-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya va moslashtirilgan tibbiy jihozlar

229.

Moslashtirilgan maishiy jihozlar

230.

Moslashtirilgan dam olish jihozlari

231.

Moslashtirilgan uy jihozlari/uskunalari

232.

Tashqi protezlar/ortezlar

233.

Moslashtirilgan shaxsiy tibbiy vositalar

234.

Moslashtirilgan harakatlanish vositalari

235.

Moslashtirilgan shaxsiy parvarish vositalari

236.

Moslashtirilgan aloqa va axborot qurilmalari

237.

Moslashtirilgan jihozlarni manipulyatsiya qilish/fiksatsiya qurilmalari

238.

Moslashtirilgan uy-roʻzgʻor koʻnikmalarini oʻrgatish qurilmalari

239.

Moslashtirilgan ish koʻnikmalarini oʻrgatish qurilmalari

240.

Moslashtirilgan tashqi muhitni boshqarish qurilmalari

241.

Boshqa reabilitatsiya va moslashtirilgan tibbiy jihozlar

14-bob. Yurak-qon tomiri uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

242.

Angioskoplar

243.

Arterioskoplar

244.

Ichki qon tomir filtrlari va ularga bogʻliq jihozlar

245.

Gemostatik vositalar

246.

Defibrillyatorlar va ularga bogʻliq jihozlar

247.

Qon toʻxtatuvchi jgutlar/manjetlar va ularga bogʻliq jihozlar

248.

Embolizatsiya qiluvchi implantatlar va ularga bogʻliq jihozlar

249.

Infuzion/aspiratsion kateterlar

250.

Kardiostimulyatorlar va ularga bogʻliq jihozlar

251.

Kardiologik kateterlar va ularga bogʻliq jihozlar

252.

Gemodinamikani tahlil qilish uchun tibbiy jihozlar

253.

Kardio-reanimatsiya uchun tibbiy jihozlar

254.

Yurak fiziologik parametrlarni aniqlash/xaritalash uchun tibbiy jihozlar

255.

Yurak-qon tomir jarrohligi uchun tibbiy jihozlar

256.

Kardiologik monitorlar/monitoring sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

257.

Infuzion toʻplamlar va ularga bogʻliq jihozlar

258.

Kardiostimulyatorlar/defibrillyatorlar otvodlari va ularga bogʻliq jihozlar

259.

Yurak-qon tomir protezlari va ularga bogʻliq jihozlar

260.

Angioplastika sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

261.

Son arteriyasini siqish sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

262.

Emboloektomiya/tromboektomiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

263.

Sunʼiy qon aylanish sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

264.

Venalarni siqish sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

265.

Venalarni lokalizatsiya qilish qurilmalari

266.

Boshqa yurak-qon tomir jihozlari

15-bob. Stomatologiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

267.

Stomatologik applikatorlar

268.

Bormashinalar va ularga bogʻliq jihozlar

269.

Tish kariyesini aniqlash detektorlari va ularga bogʻliq jihozlar

270.

Stomatologik zondlar

271.

Plomba yuzasini modellashtirish uchun jihozlar

272.

Tish toshini olib tashlash uchun jihozlar

273.

Ortodontik jihozlar

274.

Stomatologik implantatlar va ularga bogʻliq jihozlar

275.

Plombalash materialini kiritish uchun asboblar

276.

Stomatologik kanyulalar

277.

Stomatologik kreslolar

278.

Stomatologik materiallar va ularga bogʻliq jihozlar

279.

Stomatologik jarrohlik toʻplamlari

280.

Stomatologik yoritgichlar

281.

Stomatologik bogʻlamlar

282.

Tish protezlari va ularga bogʻliq jihozlar

283.

Stomatologik protezlar va ularga bogʻliq jihozlar

284.

Stomatologik rashpillar

285.

Stomatologik retraktorlar

286.

Stomatologik lazer sistemalari

287.

Aloqa sistemalarini yetkazib berish sistemalari/konsollar

288.

Stomatoskoplar

289.

Stomatologik shinalar

290.

Stomatologik shpritslar va ularga bogʻliq jihozlar

291.

Stomatologik qisqichlar

292.

Boshqa stomatologik tibbiy jihozlar

16-bob. Urologiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

293.

Ayollarda peshob ushlamaslikni davolash va toʻsiq boʻlishi uchun uretral baryerlar

294.

Uretral bujilar

295.

Toshlarni olib tashlash uchun asboblar

296.

Urologik kateterlar va ularga bogʻliq jihozlar

297.

Nefroskopik jarrohlik toʻplamlari

298.

Urologik jarrohlik toʻplamlari

299.

Urologik jarrohlik stollari

300.

Erkaklar prezervativlari

301.

Penis protezlari

302.

Gemodializ sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

303.

Litotripsiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

304.

Urologik stentlar

305.

Urologik endoskoplar

306.

Boshqa urologik tibbiy jihozlar

17-bob. Fizioterapiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar

307.

Terapevtik vannalar

308.

Massaj qurilmalari va ularga bogʻliq jihozlar

309.

Sovuq/issiqlik terapiyasi paketlari va ularga bogʻliq jihozlar

310.

Diatermik terapiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

311.

Fizioterapiya stollari

312.

Reabilitatsiya trenajyorlari

313.

Boshqa fizioterapevtik tibbiy jihozlar

18-bob. Jarrohlik asboblari/sistemalar va jarrohlikka tegishli tibbiy jihozlar

314.

Jarrohlik adgezivlar/kley applikatorlari

315.

Klipsa/qisqich applikatorlari va ularga bogʻliq jihozlar

316.

Approksimatorlar

317.

Bujlar

318.

Tibbiy burlar va ularga bogʻliq jihozlar

319.

Jarrohlik videokameralari va ularga bogʻliq jihozlar

320.

Osteosintez uchun vintlar

321.

Jarrohlik tishlab uzib olgichlar

322.

Osteosintez uchun mixlar

323.

Jarrohlik gupkalari

324.

Depressorlar

325.

Dermatomlar va ularga bogʻliq jihozlar

326.

Dissektorlar

327.

Tibbiy doloto va ularga bogʻliq jihozlar

328.

Jarrohlik drellari va ularga bogʻliq jihozlar

329.

Jarrohlik drenajlari

330.

Jarrohlik qisqichlari

331.

Jarrohlik zondlari

332.

Keratomlar

333.

Jarrohlik ilgaklar

334.

Oʻtkir jagʻli ombirlar (kusachkilar)

335.

Kyuretlar

336.

Ligatorlar va ularga bogʻliq jihozlar

337.

Jarrohlik manipulyatorlari

338.

Jarrohlik mikroskoplari

339.

Tibbiy egovlar

340.

Yoʻnaltirgichlar

341.

Jarrohlik pichoqlari/skalpellar

342.

Jarrohlik qaychilari

343.

Osteotomlar va ularga bogʻliq jihozlar

344.

Jarrohlik buragichlari (tornavida)

345.

Jarrohlik perforatorlari

346.

Jarrohlik petlyalari va ularga bogʻliq jihozlar

347.

Tibbiy arrachalar va ularga bogʻliq jihozlar

348.

Razvertkalar/rimerlar va ularga bogʻliq jihozlar

349.

Raspatorlar

350.

Kengaytirgichlar va ularga bogʻliq mahsulotlar

351.

Tibbiy rashpillar

352.

Retraktorlar/petlyalar va ularga bogʻliq jihozlar

353.

Ablatsiya sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

354.

Kriojarrohlik sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

355.

Jarrohlik lazer sistemalari

356.

Jarrohlik ultratovush sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

357.

Shayver sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

358.

Diatermik elektrojarrohlik sistemalari va ularga bogʻliq jihozlar

359.

Tibbiy sovkalar/skrebkalar

360.

Tibbiy steplerlar va ularga bogʻliq jihozlar

361.

Jarrohlik zichlagichlar va ularga bogʻliq jihozlar

362.

Trepanlar va ularga bogʻliq jihozlar

363.

Trokarlar va ularga bogʻliq jihozlar

364.

Jarrohlik shpatellari

365.

Tibbiy qisqichlar va ularga bogʻliq jihozlar

366.

Ekskavatorlar

367.

Jarrohlik ekstraktorlar

368.

Elevatorlar

369.

Elektrokauterlar va ularga bogʻliq jihozlar

370.

Boshqa jarrohlik asboblari/sistemalari va ularga bogʻliq tibbiy jihozlar

19-bob. Endoskopiya uchun tibbiy jihozlar

371.

Endoskopik videokameralar va ularga bogʻliq jihozlar

372.

Endoterapevtik ignalar

373.

Endoterapevtik kanyulalar

374.

Endoskopik klapanlar

375.

Laparoskoplar va ularga bogʻliq jihozlar

376.

Laringoskoplar va ularga bogʻliq jihozlar

377.

Endoterapevtik ligatorlar

378.

Endoterapevtik qaychilar

379.

Endoskopik kengaytirish sistemalari/irrigatorlar va ularga bogʻliq jihozlar

380.

Resektoskoplar va ularga bogʻliq jihozlar

381.

Endoskopik steplerlar

382.

Endoterapevtik qisqichlar

383.

Diatermik elektrojarrohlik endoterapevtik sistemalarining elektrodlari

384.

Endoskoplar

385.

Boshqa endoskopik tibbiy jihozlar

20-bob. Tibbiy jihoz hisoblanuvchi dasturiy taʼminotlar

386.

Tashxis uchun moʻljallangan dasturiy taʼminotlar

387.

Klinik qarorlar qabul qilishda yordam beruvchi dasturiy taʼminotlar

388.

Terapevtik dasturiy taʼminotlar

389.

Boshqa tibbiy jihoz hisoblanuvchi dasturiy taʼminotlar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: * Tibbiy jihozlarning mazkur klassifikatsiya boʻyicha guruhlari, quyi guruhlari va turlari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining rasmiy veb-saytida elektron shaklda joylashtiriladi va har oyda muntazam ravishda yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 16-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ huquqiy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 29-iyundagi 60-son “Tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2809, 2016-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 341-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 20-martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2809-1, 2020-yil 20-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 10/20/2809-1/0355-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/3751/0036-son; 04.05.2026-y., 10/26/3751-1/0447-son)