30.12.2025 yildagi PF-269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Aholining alohida turdagi isteʼmol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini kafolatli taʼminlashga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada ichki isteʼmol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlari oshishining oldini olish, tarif va notarif tartibga solish vositalarini keng qoʻllash hisobiga ularning inflyatsiya darajasiga salbiy taʼsirini yumshatish hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmoniga 1-ilovada va 2023-yil 23-martdagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmoniga ilovada keltirilgan tovarlarga bojxona bojining nol stavkasini qoʻllash muddati 2027-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda zarur hollarda oziq-ovqat xavfsizligi, aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganlik darajasi hamda ichki bozorda narx barqarorligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish yuzasidan takliflar kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan quyidagi tovarlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab bojxona bojidan ozod qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2028-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) pilla yigirish va ipak gazlama toʻqish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urugʻi va koʻchatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urugʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2029-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) respublikada ishlab chiqarilmaydigan nasldor ona baliq, baliq uvuldirigʻi, lichinka hamda inkubatsiya, laboratoriya, intensiv usulda baliq yetishtirish uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna va ularning ehtiyot qismlari, tirik baliq tashuvchi transport vositalari, baliqlar uchun omuxta yem ishlab chiqarish va baliqni qayta ishlash uskunalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) avtobuslar va elektrobuslarga texnik xizmat koʻrsatish, diagnostika qilish, yuvib-tozalash va taʼmirlash uchun ishlatiladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, avtobus ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va materiallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 2031-yil 1-yanvarga qadar maishiy, qurilish, tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish hamda biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonida foydalaniladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2026-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan soliq toʻlovchilar uchun mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, ushbu Farmon 2026-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 30-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-269-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Belgilansinki, 2022-yil 1-maydan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovada keltirilgan tovarlarni olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi qoʻllanilmaydi, shuningdek, qoʻshimcha bojxona boji undirilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 1-ilovaning nomlanishidagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmonining 2-bandi “a” kichik bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2031-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda ushbu imtiyoz quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan soliq toʻlovchilarga tatbiq etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan boʻlsa”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-287-son Farmonining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Respublikaning 5-toifadagi tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari (yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 50 foizi miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 1-banddagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ilovaning nomlanishidagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi “Isteʼmol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-217-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2-banddagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-430-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2028-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-dekabrdagi “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-444-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisidagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2028-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “2026-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari “2026-yil 1-iyuldan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi PF-6011-son Farmoniga 1-ilovaning 19-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmoniga 4-ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-son Farmoniga 3-ilova 6-bandining “a” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2856-son qarorining 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarorining 9-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son qarorining 141-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qaroriga 14-ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)