25.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3735
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3735]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. XUDAYAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 10-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-son

Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 28-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmita raisi H. TURAXUJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 26-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 24-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 21-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 22-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 23-son buyrugʻiga
1-ILOVA

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan mahalliy va import dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun ruxsat etilgan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan retsept bilan beriladigan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida narxlarni qayd etish dori moddalari (substansiyalar), kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3258, 2020-yil 30-iyun) keltirilgan orfan dori vositalariga va retseptsiz beriladigan dori vositalariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent narx shakllantirish tizimi — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda xuddi shunday faol moddaga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda va referent mamlakatlarda, Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme” (PIC/S) xalqaro tashkilotiga aʼzo mamlakatlarda va Oʻzbekiston Respublikasida sotish narxlarini tahlil qilish natijasi asosida har bir savdo nomi uchun referent narxlarni qayd etish tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent mamlakatlar — Jahon bankining aholi jon boshiga nisbatan yalpi ichki mahsulotning hisoblangan daromadlar darajasidan yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi bilan makroiqtisodiy jihatdan taqqoslanadigan mamlakatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent narx — referent narx shakllantirish tizimi doirasida qayd etilgan narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
cheklangan narxlar — referent narx shakllantirish tizimi doirasida referent narxlarga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash yoʻli bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent va cheklangan narxlar reyestri — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun Oʻzbekiston Respublikasida qayd etilgan referent va cheklangan narxlarning elektron (onlayn) reyestri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) — arizalarni qabul qilish, referent narx shakllantirish tizimi doirasidagi maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash, referent narxlarni qayd etish hamda referent va cheklangan narxlar reyestrini yuritish uchun moʻljallangan maxsus elektron tizim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — referent narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organ — referent narxlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish hamda axborot tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan vakolatli organning referent narxlar bilan ishlovchi masʼul boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsept bilan beriladigan dori vositalari — isteʼmolchilarga qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq shakldagi retsept (elektron retsept) taqdim etilgandan keyingina realizatsiya qilinadigan dori vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza — retsept bilan beriladigan dori vositalarining referent yoki ilgari qayd etilgan referent narxlarini qayta qayd etish haqidagi murojaat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasi boʻlgan yuridik shaxs yoki uning ishonchli vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy dori vositalari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import dori vositalari — xorijiy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz erkin muomalaga chiqarilgan dori vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
original dori vositasi — sifati, samaradorligi va xavfsizligi klinik oldi va klinik tadqiqotlar natijalari asosida tasdiqlangan, dunyo farmatsevtika bozorida birinchi boʻlib roʻyxatga olingan yangi taʼsir etuvchi moddaga yoki moddalarga ega boʻlgan dori vositasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jenerik dori vositasi — original (patentlangan) dori vositasining faol moddasi bilan sifat va miqdoriy jihatdan bir xil tarkibga, dori shakliga ega boʻlgan, lekin patent muddati tugagandan soʻng ishlab chiqarilgan dori vositasi boʻlib, xavfsizligi, taʼsir kuchi, xossalari, qoʻllanilish sohasi hamda bioekvivalentligi original dori vositasiga nisbatan tasdiqlangan dori vositasi. Faol moddaning turli tuzlari, efirlari, izomerlari, izomerlar aralashmalari, komplekslari yoki hosilalari xavfsizligi va samaradorligi jihatidan sezilarli farq qilmasa, bir xil faol modda sifatida eʼtirof etiladi. Ogʻiz orqali qabul qilish uchun moʻljallangan va taʼsir etuvchi moddasi tez ajraladigan turli dori shakllari biokiraolishlikni oʻrganish doirasida bir xil dori shakli sifatida tan olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biosimilyar dori vositasi — tabiiy manbalardan olinadigan, tarkibida roʻyxatdan oʻtkazilgan original (referens) dori vositasining taʼsir etuvchisini saqlovchi hamda sifati, biologik faolligi, samaradorligi va xavfsizligi koʻrsatkichlari boʻyicha original (referens) dori vositasiga solishtirish tadqiqotlari asosida oʻxshashligi isbotlangan biologik dori vositasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) — dori vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini va uning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat berilganini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vakolatli organ doimiy tarzda Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida xronologik tartibda qayd etilgan va qayta qayd etilgan referent narxlar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirib boradi. Bunda avvalgi maʼlumotlar saqlangan holda oʻzgartirishlar kiritiladi hamda referent narxlar haqidagi maʼlumotlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qayd etilgan referent narxlar haqidagi maʼlumotlar axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasining amal qilish muddati davrida va muddati tugagan kundan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Referent va cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ariza beruvchi referent narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun elektron raqamli imzo bilan axborot tizimiga kirib, referent narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini (guvohnoma, ishonchnoma) hamda referent narxlar qayd etiladigan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan dori vositalari haqida maʼlumotni kiritadi va ishchi organga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ishchi organ ariza qabul qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ ariza beruvchini haqiqatdan ham guvohnomaning egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlagandan soʻng uni axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazadi va bu haqidagi maʼlumotni ariza beruvchiga darhol axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng arizada koʻrsatilgan dori vositalariga referent narxlarni qayd etish uchun maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan boʻlsa, ishchi organ roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisidagi elektron xabarni darhol axborot tizimi orqali ariza beruvchiga joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi (mahalliy dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida referent narxlarni (QQSni qoʻshmagan holda) axborot tizimiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga retsept bilan beriladigan dori vositasining sotish qiymatini shakllantirish boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq hisob-kitob va boshqa narxni shakllantirishga oid maʼlumotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kiritilgan referent narxlarning toʻgʻri shakllanganligi yuzasidan javobgarlik ariza beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchi (import dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan referent mamlakatlarda ushbu dori vositasini ishlab chiqaruvchi uchun belgilangan rasmiy narxlar (agar rasmiy narxlar ulgurji yoki chakana savdo uchun belgilangan narxlar boʻlsa, ularning ustamalari, shuningdek bojxona toʻlovlari, QQS va boshqa qoʻshimcha toʻlovlar chegirib tashlanadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu dori vositasini ishlab chiqaruvchi mamlakatda ishlab chiqaruvchi uchun belgilangan rasmiy narx (agar rasmiy narxlar ulgurji yoki chakana savdo uchun belgilangan narxlar boʻlsa, ularning ustamalari, shuningdek QQS va boshqa qoʻshimcha toʻlovlar chegirib tashlanadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi oʻn ikki oy davomida import qilingan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan Inkoterms xalqaro qoidalarining CIP (tashish va sugʻurta haqi toʻlangan) sharti (bundan buyon matnda Inkoterms CIP sharti deb yuritiladi) asosida berilgan miqdor va narxlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati boʻlmasa, arizachi tomonidan ishlab chiqaruvchi mamlakatda, “Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme” (PIC/S) xalqaro tashkilotiga aʼzo mamlakatlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi bir xil faol modda va bir xil dori shaklidagi quyidagilar asosida rasmiy narxlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir xil faol modda dozasiga ega boʻlgan bir xil qadoq va miqdordagi dori vositalarining eng arzon narxi. Bunda ushbu maʼlumot mavjud boʻlmasa, bir xil faol modda dozasiga ega eng yaqin katta qadoq hajmidagi dori vositasining narxiga nisbatan proporsional hisoblangan narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandning oltinchi xatboshisidagi holatlar mavjud boʻlmasa, bir xil faol modda dozasiga ega eng yaqin kichik qadoq hajmidagi dori vositasining narxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi mamlakat referent mamlakatlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa, mazkur mamlakat referent mamlakat sifatida emas, balki ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi tomonidan axborot tizimiga narx QQS summasi qoʻshilmagan holda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishchi organ axborot tizimi orqali yetti ish kuni ichida arizani koʻrib chiqadi. Axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa yoki taqdim etilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarurati mavjud boʻlsa, ishchi organ kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomani darhol ariza beruvchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishchi organ tomonidan xabarnoma yuborilgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida ariza beruvchi maʼlumotlaridagi noaniqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgan holda ikki martagacha referent narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun arizani topshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilgandan soʻng vakolatli organ ishchi organning tavsiyasiga binoan uch ish kuni ichida taklif etilgan referent narxlarni qayd etadi yoki qayta qayd etadi hamda referent va cheklangan narxlar reyestriga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ talab qilgan maʼlumotlar ariza beruvchi tomonidan axborot tizimiga oʻz vaqtida kiritilmasa yoki toʻliq boʻlmasa, kamchiliklar bartaraf etilmasa, referent narx ishchi organ tavsiyasiga binoan vakolatli organ tomonidan qayd etiladi hamda bu haqida arizachi xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Axborot tizimi retsept bilan beriladigan import dori vositalari narxlari boʻyicha maʼlumotlarni qabul qilib, quyidagilarni avtomatik tarzda hisoblab chiqadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent mamlakatlardagi narxlarning umumlashtirilgan oʻrtacha qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsept bilan beriladigan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda belgilangan referent narxga mahsulot narxining 15 foizidan koʻp boʻlmagan sugʻurta va transportda tashish xarajatlarining qoʻshilgan qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi oʻn ikki oy davomida import qilingan retsept bilan beriladigan dori vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan Inkoterms CIP sharti asosida berilgan narxlarining oʻrtacha qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimi mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisoblangan qiymatlardan eng kam qiymatni, ariza toʻldirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha ariza beruvchining tanloviga asosan AQSH dollari, yevro yoki Rossiya rublida referent narxlar sifatida qabul qilishni tavsiya etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent narxlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha milliy valyutada shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jenerik dori vositalarining referent narxlari original dori vositalari referent narxlarining 80 foizidan qimmat boʻlishi mumkin emas. Bunda narxlar proporsional asosda taqqoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biosimilyar dori vositalarining referent narxlari original dori vositalarining referent narxlaridan qimmat boʻlishi mumkin emas Bunda, narxlar proporsional asosda taqqoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Original dori vositalari Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtmagan hollarda, ularning referent narxlari mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan referent mamlakatlardagi dori vositalarining umumlashtirilgan oʻrtacha narxi asosida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qoʻllanadi (dori moddalari (substansiya) ishlab chiqaruvchilarida farq boʻlgan hollar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza beruvchi qayd etilgan referent narxlardan norozi boʻlgan taqdirda, referent narxlar qayd etilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni ichida vakolatli organning Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ rahbarining buyrugʻiga asosan kamida yetti nafar mutaxassislardan iborat tarkibda Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Apellyatsiya kengashi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Apellyatsiya kengashi qayd etilgan referent narx boʻyicha shikoyatni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya kengashi tomonidan shikoyatni koʻrib chiqishda ariza beruvchi ishtirok etishi mumkin. Bunda Apellyatsiya kengashi ariza beruvchini shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki ish kuni oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Apellyatsiya kengashi shikoyat kelib tushgan kundan boshlab, oʻn ish kuni ichida ariza beruvchining shikoyatini koʻrib chiqib, qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya kengashi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent narxini oʻzgarishsiz qoldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent narxga oʻzgartirish kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Apellyatsiya kengashi qarori ustidan ariza beruvchi tomonidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tibbiyot amaliyotida qoʻllanishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining referent narxlari vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qatʼi nazar qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Import qilinadigan, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan retsept bilan beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan qiymatlarda cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import qilinadigan dori vositalarining cheklangan ulgurji va chakana narxi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChUN = (Rn + B + Bx + QQS) * UU;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChChN = ChUN * CNU;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:

ChUN — cheklangan ulgurji narx;

Rn — referent narx;

B — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisoblangan bojxona toʻlovlari (QQSdan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bx — boshqa xarajatlar (referent narxning 2 foizi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQS — qoʻshilgan qiymat soligʻi (12 foiz);

UU — ulgurji ustama (15 foiz = 1,15);

ChChN — cheklangan chakana narx;

ChU — chakana ustama (20 foiz = 1,20).

Mahalliy dori vositalarining cheklangan ulgurji va chakana narxi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChUN = (Rn + QQS) * UU;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChChN = ChUN * ChU;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChUN — cheklangan ulgurji narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rn — referent narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQS — qoʻshilgan qiymat soligʻi (12 foiz);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UU — ulgurji ustama (15 foiz = 1,15);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChChN — cheklangan chakana narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChU — chakana ustama (20 foiz = 1,20).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent va cheklangan narxlar reyestrida chet el valyutasidagi narxlar butun sondan soʻng yuzdan bir qismgacha, milliy valyutadagi narxlar butun songacha yaxlitlangan holda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Referent va cheklangan narxlar reyestri axborot tizimida qayd etilgan cheklangan narxlarni, shuningdek ariza toʻldirilgan kunga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida mazkur Nizomning 19-bandiga muvofiq hisoblangan cheklangan narxlarni aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent va cheklangan narxlar reyestrida cheklangan narxlar QQS summasi qoʻshilgan holda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ tomonidan referent va cheklangan narxlar reyestrida koʻrsatilgan retsept bilan beriladigan import dori vositalarining referent narxlari har yili 1-yanvar va 1-iyul sanalarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga avtomatik tarzda indeksatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda avtomatik tarzda indeksatsiya qilish faqat xorijiy valyutadagi referent narxning joriy kunda milliy valyutadagi qiymati oxirgi qayd etilgan milliy valyutadagi referent narxga nisbatan kamida 3 foizga oshgan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xorijiy valyutadagi referent narxning milliy valyutadagi qiymati oxirgi qayd etilgan milliy valyutadagi referent narxga nisbatan 5 foizdan oshgan hollarda avtomatik indeksatsiya belgilangan muddatdan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ariza beruvchi vakolatli organ tomonidan referent narxlar qayd etilgan sanadan eʼtiboran kamida olti oy oʻtgandan soʻng ishchi organga referent narxlarni qayta qayd etish uchun ariza topshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ariza beruvchi tomonidan arizada narxlar oʻsishining aniq sabablarini koʻrsatgan holda tasdiqlovchi hujjatlarni arizaga ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent narxlarni olti oydan kam boʻlgan muddatda qayta qayd etish uchun faqat dori vositalari ishlab chiqariladigan mamlakatda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarining yuz berishi asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Vakolatli organ tomonidan har olti oyda referent va cheklangan narxlar reyestri tahlil qilinadi hamda oʻrganish natijasida retsept bilan beriladigan dori vositalarining narxlari qayd etilgan narxlarga nisbatan 15 va undan yuqori foizga pasayganligi, shuningdek, notoʻgʻri yoki ishonchli boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, vakolatli organ axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali ariza beruvchiga koʻrsatilgan dori vositalariga referent narxlarni qayta qayd etish lozimligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchi oʻn ish kuni ichida ushbu dori vositasiga referent narxni qayta qayd etish toʻgʻrisida ishchi organga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi tomonidan mazkur muddat ichida referent narxni qayta qayd etish toʻgʻrisida ariza taqdim etilmasa, vakolatli organ tomonidan retsept bilan beriladigan dori vositasining pasaytirilgan referent narxi va cheklangan ulgurji narxi referent va cheklangan narxlar reyestrida qayta qayd etiladi va eʼlon qilinadi. Bunda cheklangan chakana narxlar uch oydan soʻng oʻzgartiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ishchi organ ariza beruvchi tomonidan referent narxni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Mahalliy ishlab chiqaruvchining retsept bilan beriladigan dori vositasini sotish qiymatini shakllantirish boʻyicha hisob-kitob shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Dori vositasining bir qadogʻi uchun toʻgʻri keladigan qiymat

(soʻmda)

I

Dori vositasining tannarxi, shu jumladan:

1.1.

Asosiy xomashyo

1.2.

Yordamchi moddalar

1.3.

Qadoqlash materiallari

1.4.

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari

1.5.

Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar

1.6.

Kommunal toʻlovlar

1.7.

Boshqa asoslar

II

Boshqa xarajatlar, shu jumladan:

2.1.

Maʼmuriy xarajatlar

2.2.

Sotish xarajatlari

2.2.1.

shu jumladan, marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar

2.3.

Boshqa operatsiya xarajatlari

2.4.

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar

III

Jami xarajatlar (I + II satrlar)

Sof foyda (%)

Dori vositasining sotish qiymati, QQSsiz

Dori vositasining sotish qiymati, QQS bilan

Rahbar Bosh hisobchi __________________________ reja-iqtisod boʻlimi boshligʻi (yoki rejalashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi boshqa shaxs)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1.

Vengriya Respublikasi

2.

Rossiya Federatsiyasi

3.

Ukraina Respublikasi

4.

Polsha Respublikasi

5.

Turkiya Respublikasi

6.

Ruminiya Respublikasi

7.

Qozogʻiston Respublikasi

8.

Bolgariya Respublikasi

9.

Moldova Respublikasi

10.

Misr Arab Respublikasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: maʼlum bir referent mamlakatdagi dori vositasining narxi ikki va undan ortiq referent mamlakatlardagi dori vositalariga belgilangan narxlarga nisbatan 50 foizdan ortiq belgilangan boʻlsa, mazkur referent mamlakatlardagi narxlar hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 23-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 24-martdagi 115-son “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242, 2020-yil 10-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3242/0752-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-son “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 2025-yil 12-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 10/25/3735/1222-son)