12.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2536-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 61-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2536-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-noyabrdagi PF-210-son “Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/2-son qarori (roʻyxat raqami 2536, 2013-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 670-modda) bilan tasdiqlangan Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 61-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“AQSHdagi xorijiy korxonalarning ustav fondini shakllantirish (yoki kapitalda ishtirok etish) uchun investitsiya faoliyati boʻyicha rezidentlar operatsiyalari — Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi rezidentlar hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini oʻtkazish, AQSHdagi filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish rezidentlar hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais T. ISHMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 11-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33/1-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/2536-2/1168-son)