03.11.2025 yildagi PQ-332-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmoni ijrosi yuzasidan Xoʻjayli tumanida “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi”ni tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Yer ajratish, toifasini oʻzgartirishga ruxsat berish, moliyalashtirish va soliq-bojxona imtiyozlarini taqdim qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xitoy Xalq Respublikasining “Everprosper Investment & Cunsulting Co. Ltd” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) oʻrtasida Xoʻjayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisida quyidagi kelishuvlarga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Markazni tashkil etish maqsadida 2026 — 2030-yillarda Investor tomonidan 400 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Markaz hududida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qoʻllab-quvvatlash innovatsion guruhlari, loyiha ofislari, uy-joylar, ijtimoiy soha hamda madaniy-maʼrifiy obyektlar, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlarini Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Markaz barpo etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani “Samankoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 1-ilovaga muvofiq jami 152 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 2025 — 2028-yillarda 2-ilovaga muvofiq, istisno tariqasida, 10 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada 1 trillion soʻm miqdorida budjet ssudasi (keyingi oʻrinlarda — budjet ssudasi) ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Budjet ssudasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) budjet ssudasi hisobidan Markaz hududida ijtimoiy soha, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa obyektlar quriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Markaz hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va metall konstruksiyalar bojxona bojidan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) investorlar tomonidan ushbu qarorga muvofiq Markaz hududida ijtimoiy soha obyektlarini qurib Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib berish Soliq kodeksiga asosan iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan holatlar (chiqimlar) deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Direksiya tashkil qilish hamda uning huquq-majburiyatlarini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining uning huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Direksiyaning asosiy vazifalari va huquqlari 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etilishi va oʻz vaqtida amalga oshirilishiga shaxsan masʼul etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 3-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-332-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish uchun Xoʻjayli tumani “Samankoʻl” MFY hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Hudud nomi

Mahalla/ovul fuqarolar yigʻini nomi

Kontur raqami

Toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkasidan foydalanuvchi

Yer maydoni, ga

shu jumladan:

sugʻoriladigan yerlar

koʻp yillik 

daraxtzorlar

yaylov yerlari

boshqa yerlar

Jami

36

152,0

51,6

69,9

30,5

Xoʻjayli tumani

Samankoʻl

473, 436, 446, 447, 448, 437b, 438, 439, 440, 441, 442, 444, 445, 450, 451, 453, 454, 455, 457, 458, 460, 461, 462, 464, 465, 466, 469, 463, 467, 476, 480, 481

Tuman hokimligi

(zaxira yer)

112,25

51,6

36,31

24,34

Xoʻjayli tumani

Samankoʻl

204ch, 197, 198, 199

Xoʻjayli tumani Davlat oʻrmon xoʻjaligi

39,75

33,59

6,16

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025 — 2028-yillarda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish loyihalari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet ssudasini ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GRAFIGI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ajratish davri

Ajratiladigan mablagʻ

(mlrd soʻm)

1.

2025 — 2028-yillarda jami

1 000

2.

2025-yil

100

3.

2026-yil

200

4.

2027-yil

350

5.

2028-yil

350

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan budjet ssudalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining amalda bajarilgan ishlar boʻyicha murojaati asosida ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish uchun ajratiladigan budjet ssudasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GRAFIGI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qaytarish davri

Qaytariladigan asosiy qarz

(mlrd soʻm)

2029 — 2038-yillarda jami

1 000

2029-yil yanvar

50

2029-yil iyul

50

2030-yil yanvar

50

2030-yil iyul

50

2031-yil yanvar

50

2031-yil iyul

50

2032-yil yanvar

50

2032-yil iyul

50

2033-yil yanvar

50

2033-yil iyul

50

2034-yil yanvar

50

2034-yil iyul

50

2035-yil yanvar

50

2035-yil iyul

50

2036-yil yanvar

50

2036-yil iyul

50

2037-yil yanvar

50

2037-yil iyul

50

2038-yil yanvar

50

2038-yil iyul

50

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan ssuda boʻyicha foizlarni toʻlash Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasining asosiy vazifalari va huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Direksiyaning asosiy vazifalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan amaliyotlar asosida hamda yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar markazi) hududini rivojlantirish rejalarini (keyingi oʻrinlarda — master reja), tarmoq rejalari va manzilli dasturlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha alohida texnik shartlarga amal qilish toʻgʻrisida bitimlar tuzish va ularning ijrosi ustidan monitoring olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Yoshlar markazi hududidagi maʼmuriy bino va inshootlar, ijtimoiy soha obyektlari, IT park, sport majmuasi, xizmat koʻrsatish obyektlari, sanoat va ishlab chiqarish hududi hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalarini barpo etishda buyurtmachi funksiyasini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) qurilish loyihalarini ishlab chiqish, maʼmuriy bino va inshootlar, ijtimoiy soha obyektlari, IT park, sport majmualari, xizmat koʻrsatish obyektlari, sanoat va ishlab chiqarish hududi hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalari obyektlari qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) loyiha ishtirokchilari tomonidan shartnomalarda nazarda tutilgan investitsiya shartlari yoki yerdan foydalanish talablari buzilgan taqdirda, loyihani vaqtincha toʻxtatishning zarur choralarini koʻrish hamda mazkur yer uchastkalarini zaxiraga qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, tarmoq investitsiya dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari hamda boshqa maqsadli dasturlar bilan bogʻliq loyihalarni, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini Direksiya bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari asosida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Yoshlar markazini tashkil etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish hamda uning natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Direksiyaning huquqlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Yoshlar markazini barpo etish boʻyicha tarmoq rejalari va manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yer uchastkalarini ijaraga berishda ularda barpo etiladigan obyektlarga qoʻyiladigan asosiy talablarni master reja asosida belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) qurilish ishlarining sifat, texnik va muddat nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) kommunal boshqarish, investitsiyaviy faoliyat, marketing xizmatlarini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) davlat sherigi sifatida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim talablarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) Yoshlar markazini barpo etish davrida investorlarga shartnoma asosida servis, sanitariya-gigiyena, muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish, ularni transport infratuzilmasi obyektlari va yordamchi inshootlar bilan taʼminlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Yoshlar markazi hududidagi yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotish va ijaraga berish toʻgʻrisida (har bir loyihaga alohida texnik shart asosida) taklif kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochish. Bunda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida quyidagi mablagʻlar jamlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Direksiyaga buyurtmachi vazifasini bajarishi doirasidagi obyektlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarori asosida ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, Direksiya tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1

Yoshlar markazi barpo etiladigan yer maydoni boʻyicha amalga oshiriladigan ayrim tadbirlar.

1. Tanlangan yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov)

2. Hukumat komissiyasining xulosasiga asosan yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

3. Toifasi oʻzgargan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorini qabul qilish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori

Zaruratga koʻra

4. Yoshlar markazi barpo etiladigan yer uchastkalarini:

(a) ularning amaldagi yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari tomonidan belgilangan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olish;

(b) davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

(v) jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq qoplash;

(g) tasdiqlangan master reja talablari asosida qurilish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Zaruratga koʻra

2.

Sugʻoriladigan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish.

1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida har yil yakunida teng ulushlarda ushbu qarorda ajratilishi belgilangan toifasi oʻzgartiriladigan sugʻoriladigan yer maydoning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2028-yil 1-noyabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov)

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yangi oʻzlashtiriladigan yerlar roʻyxatini hududlar va yillar kesimida koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

2025-yil dekabr

3.

Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish.

Yoshlar markazini barpo etishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi buyurtmanomalariga binoan:

Amaliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar davomida

(a) kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini;

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

(b) davlat boji toʻlamasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va muddati uzaytirilishini;

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov)

(v) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish uchun ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishi)ni taʼminlash.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

4.

Direksiyaning faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish.

Direksiya tuzilmasi va ustavini ishlab chiqish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi bilan kelishish. Bunda:

(a) Direksiya rahbari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi;

(b) Direksiyani Nukus shahri A. Shamuratova koʻchasi 92-uyning (IT PARK) 9-qavatida operativ boshqaruv huquqi bilan joylashtirilishi;

(v) Direksiya faoliyati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobdor boʻlishi belgilanadi.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 07/25/332/1015-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)