03.11.2025 yildagi PQ-327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yosh ofitser kadrlar tayyorlash uchun sarflangan mablagʻlarni undirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikka muvofiq, fuqarolar oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlagandan soʻng besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni oʻtashi, xizmatni oʻtamagan taqdirda esa oʻqitish uchun sarflangan mablagʻlarni Davlat budjetiga qaytarishi lozimligi belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga bugungi kunda oliy harbiy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari nafaqat harbiy xizmatchi boʻlib, balki xodim sifatida ham xizmatni oʻtash uchun boshqa vazirlik va idoralarga yuborilayotgani sababli ushbu bitiruvchilarning xodim sifatida besh kalendar yil davomida xizmatni oʻtashga majburligini qonunchilikda belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilarga koʻra Davlat budjetidan sarflangan mablagʻlar samarali boʻlishini taʼminlash va yosh ofitser kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oliy harbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilari oʻqishni bitirgandan soʻng ofitser lavozimlarida besh kalendar yil davomida xizmatni oʻtamaganda, ulardan oʻqitish uchun sarflangan mablagʻlar undirib olinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ushbu qarorning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati shaxsiy tarkib oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari bilan mazkur qaror bilan kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga muvofiq qoʻshimcha kontraktlar tuzsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy gvardiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 3-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-327-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-327-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 304-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“304. Oliy harbiy taʼlim muassasasini bitirgandan keyin oʻqishni tugatgandan soʻng tuzilgan kontrakt boʻyicha koʻzda tutilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtashdan bosh tortgan, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli boʻshatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi (xodim) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni oʻqitish uchun sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga qoplab beradi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 3-ilovaning 2-bandi “v” kichik bandi “besh yil muddatga kontrakt tuzish” soʻzlaridan keyin “yoki besh kalendar yil davomida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtash” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/327/1008-son)