27.10.2025 yildagi 678-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi” milliy qayta sugʻurta tashkilotini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda qayta sugʻurta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-maydagi PQ-191-son qarori ijrosini taʼminlash, qayta sugʻurta xizmatlari eksportini oshirish hamda samarali qayta sugʻurta tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda qayta sugʻurta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-maydagi PQ-191-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi” milliy qayta sugʻurta tashkilotini (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tashkil etish va uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullangani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompaniya aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilinishi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta sugʻurta faoliyatini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompaniyaning ustav kapitali 300 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mikdorda shakllantirilishi, uning ellik foizini davlat ulushi va ellik foizini xususiy investorlar ulushi tashkil etishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi bilan birgalikda Kompaniyani belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uning tegishli boshqaruv organlarini shakllantirish hamda Kompaniya faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushining besh foizi Kompaniya tashkil etilganidan soʻng, qolgan qismi choraklik teng ulushlarda bir yil davomida kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompaniyaga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta sugʻurta qilish sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalarni Kompaniya ustav kapitaliga xususiy investor sifatida jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kompaniyaga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda xorijiy banklarda joriy hisobvaraqlarni ochish va bank depozitlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun ular boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish, sugʻurta toʻlovlari, sugʻurta va investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzida qoldirilgan ulush miqdoridan ortiq majburiyatlarni qabul qilishni oʻzining ichki hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan, ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish asosida Kompaniya faoliyati uchun zarur boʻlgan jihozlar, texnikalar, aloqa va axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini, shuningdek, axborot tizimlari va anjomlarni xarid qilishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2031-yil 1-yanvarga qadar Kompaniya aksiyalarining davlat ulushi boʻyicha dividendlari, istisno tariqasida, toʻliq Agentlikka oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda Kompaniyani joylashtirish uchun belgilangan tartibda bino va inshootlar ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 27-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
678-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/678/0983-son)