15.10.2025 yildagi PQ-304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish, sohaning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali eksportbop yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar elektrotexnika sanoatida erishiladigan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2026-yilda eksport geografiyasini 80 ta davlatga va eksport hajmini 3 milliard dollarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2030-yilda mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish hajmini 225 ming tonnaga yetkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mis katodini birja savdolariga qoʻyishda 2030-yil 31-dekabrga qadar uning boshlangʻich narxini qoʻshilgan qiymat soligʻisiz London metall birjasi narxidan 4 foiz chegirma bilan belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilishda toʻlovlarni boʻlib toʻlash tartibini bekor qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2026-2027-yillarda elektrotexnika sanoati korxonalari boʻlgan barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻ uchun, shu jumladan, mis xomashyosini xarid qilishga ajratiladigan tijorat banklari kreditlari boʻyicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) kredit miqdoridan qatʼi nazar, uning 20 milliard soʻm ekvivalentidan oshmagan qismi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan milliy valyutadagi kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, lekin 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkasining 6 foizdan yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda tadbirkorlik subyektining barqarorlik reytingidan qatʼi nazar kreditning toʻliq muddatiga kompensatsiya qilib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 10 milliard soʻm ekvivalentigacha, biroq kreditning 50 foizidan ortiq boʻlmagan qismiga kafillik taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) misdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda bojxona yuk deklaratsiyasida mahsulotlarning texnik parametrlariga qoʻshimcha ravishda ularning diametri, qalinligi, uzunligi, qoplamasi, tarkibidagi mis hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, bino-inshootlar, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish doirasida mahalliy elektrotexnika tovarlari ulushi kamida 30 foizni, shu jumladan, kabel-oʻtkazgich mahsulotlari va transformatorlar — kamida 70 foizni, nasoslar va elektrodvigatellar kamida 50 foizni tashkil etishi sharti belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tadbirkorlik subyektlari tomonidan mis xomashyosini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ortib berish muddatlariga rioya etilishi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan har chorakda oʻrganib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Elektrotexnika sanoati korxonalariga 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan banklarning faktoring xizmatlari boʻyicha diskont yoki hisoblangan foiz summasining 50 foizi, biroq yillik 4 foiz stavkadan oshmagan miqdorda qoplab berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) 2030-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti hamda ikki yillik imtiyozli davr bilan yillik 3 foiz stavkada 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni 2025-2026-yillarda mutanosib ravishda, Kompaniyaning buyurtmanomalari asosida bosqichma-bosqich ajratadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) mazkur mablagʻlar Kompaniya tomonidan tijorat banklari orqali elektrotexnika sanoati mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga aylanma mablagʻlarini toʻldirish hamda mis xomashyosini xarid qilish uchun moliyaviy resurs ajratishga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tijorat banklari tomonidan ularga Kompaniya tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurs hisobidan tadbirkorlik subyektlariga uch yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 6 foiz stavkada (shundan 1 foiz Kompaniya marjasi, 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-yanvardan boshlab elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) budjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan mahalliy auksion savdolari yoʻlga qoʻyiladi. Bunda savdolar boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan elektron auksion tartib-taomillari asosida shartnoma qiymati bilan bogʻliq cheklovlarsiz oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) budjet buyurtmachilari tomonidan xarid rejalari eʼlon qilinishi bilan bir vaqtda ushbu maʼlumotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomatik ravishda elektron xabarnoma orqali yuboriladi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan taklif kelib tushganda xaridlar ular oʻrtasida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan yuqori boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan budjet buyurtmachilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan tovarning mahalliylashtirish darajasiga mutanosib miqdorda avans toʻlovlarini toʻlab berishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining buyurtmasi asosida elektrotexnika sohasida aniq natijalarga qaratilgan (patent yoki yangi mahsulot sertifikati) yangi ishlanmalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqa shu kabi innovatsion loyihalarni teng ulushlarda moliyalashtirish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ushbu jamgʻarmaga Davlat budjetidan rejalashtiriladigan mablagʻlar hisobidan har yili 10 milliard soʻm ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK elektrotexnika mahsulotlarini budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida xarid predmetini mahalliy ishlab chiqaruvchilarda mavjudligi yuzasidan oʻrganishdan oʻtkazadi va natijalarini ekspertiza xulosasida koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) oʻn kun muddatda yarim tayyor mis simlar va mis mahsulotlar eksportini hamda TIF TN kodi 8504, 8541 va 8544 boʻlgan tovar pozitsiyalari boʻyicha importni chuqur tahlil qilgan holda, zarur hollarda, tegishli bojxona boji stavkalarini vaqtinchalik oʻzgartirish boʻyicha tegishli qarorni qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Elektrotexnika sanoati korxonalari eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohaga innovatsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qaror ijrosini monitoring qilib borish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida qaror ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida qaror ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilgani inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda ushbu qarorning 5-bandida belgilangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy qilish ishlarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 15-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-304-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektrotexnika sanoati korxonalari eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohaga innovatsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Elektrotexnika sanoati korxonalari eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

1.

Mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish mexanizmini takomillashtirish.

1. “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxini qoʻshilgan qiymat soligʻisiz London metall birjasi narxidan 4 foiz chegirma bilan belgilash.

2030-yil 31-dekabrga qadar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi

(A. Qayumov)

2. Mis xomashyosi uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash tartibini bekor qilish.

2026-yil 1-yanvardan

2.

Birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosini yetkazib berish shartnomasi shartlariga rioya etilishi boʻyicha nazoratni kuchaytirish.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mis xomashyosini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ortib berish muddatlariga rioya etilishini har chorakda oʻrganib borish.

Mis xomashyosini ortib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari buzilganligi aniqlangan hollarda raqobat qonunchiligida belgilangan choralarni qoʻllash.

Doimiy

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Toʻraxoʻjayev)

3.

Elektrotexnika, shu jumladan, mis xomashyosidan tayyorlanadigan mahsulotlarga nisbatan bojxona bojlarini tahlil qilish va zarur hollarda qayta koʻrib chiqish.

Yarim tayyor mis simlar va mis mahsulotlari eksportini hamda TIF TN kodi 8504, 8541 va 8544 boʻlgan tovar pozitsiyalari boʻyicha importni chuqur tahlil qilgan holda, zarur hollarda, tegishli bojxona boji stavkalariga vaqtinchalik oʻzgartirish kiritish.

Mazkur bojxona bojlari bojxona hududida qayta ishlash rejimida qayta ishlangan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmasligini inobatga olish.

2025-yil oktabr

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya

(J. Xodjayev)

4.

Elektrotexnika sanoati korxonalarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashni ragʻbatlantirish.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hisobidan elektrotexnika sanoati korxonalari boʻlgan barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan aylanma mablagʻ uchun kreditlarning:

(a) foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan milliy valyutadagi kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismini, lekin 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;

(b) xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkasining 6 foizdan yuqori qismini, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda tadbirkorlik subyektining barqarorlik reytingidan qatʼi nazar kreditning toʻliq muddatiga kompensatsiya qilib berish tartibini joriy qilish.

2026-yil 1-yanvar

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(A. Maxamatov)

5.

Mis mahsulotlari eksporti tartibotlarini takomillashtirish.

Misdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda ularning bojxona yuk deklaratsiyasida mahsulotlarning texnik parametrlariga qoʻshimcha ravishda diametri, qalinligi, uzunligi, qoplamasi, tarkibidagi mis hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishini nazoratga olish.

2026-yil 1-yanvar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

6.

Faktoring xizmatlari xarajatlarini qoplab berish.

Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan banklarning faktoring xizmatlari boʻyicha diskont yoki hisoblangan foiz summasining 50 foizi, biroq yillik 4 foiz stavkadan oshmagan miqdorda qoplab berish tartibini joriy qilish.

2025-yil 1-noyabr

Hukumat komissiyasi

(J. Xodjayev),

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi”

(X. Boboyev)

7.

Eksportda xalqaro moliya instrumentlaridan foydalanishni kengaytirish.

1. Tashqi savdo operatsiyalarida xalqaro faktoring amaliyotlarini joriy qilish maqsadida elektron faktoring platformalarini tashqi savdo axborot tizimiga ulash.

2025-yil dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

tijorat banklari

2. “Aziya-Invest Bank” AJ orqali mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga 50 mln dollarlik tashqi faktoring liniyasini imtiyozli shartlar asosida yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

2026-yil yanvar

“Oʻzmilliybank” AJ

(A. Mirsoatov)

II. Sohaga innovatsiyalarni jalb qilish va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish

8.

Elektrotexnika sanoatiga innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish.

1. Elektrotexnika sohasida aniq natijalarga qaratilgan (patent yoki yangi mahsulot sertifikati) yangi ishlanmalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqa shu kabi innovatsion loyihalar roʻyxatini shakllantirish va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga taqdim qilish.

2026-yildan boshlab har chorak yakuni bilan

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan zarur boʻlgan mablagʻlarni belgilangan tartibda ajratish.

Loyihalar maʼqullangandan keyin 5 kun ichida

9.

2026 — 2035-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga xalqaro konsultantlarni jalb etish yuzasidan xalqaro tender eʼlon qilish.

2. Belgilangan tartibda tender oʻtkazish va gʻolibni aniqlash.

3. Strategiyani ishlab chiqish.

2026-yil 1-yarim yillikda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umurzakov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

III. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni quvvatlaridan samarali foydalanish

10.

Elektrotexnika sanoati korxonalariga aylanma mablagʻlar uchun resurs ajratish.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni 2025-2026-yillarda teng miqdorda mutanosib ravishda ajratish.

2025-2026-yillarda

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Sh. Vafayev)

11.

Davlat xaridlari doirasida axborot almashinuvini kengaytirish.

Davlat xaridlari maxsus axborot portalini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning tegishli axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2026-yil 1-yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(G. Raximova),

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

(M. Allabergenov)

12.

Mahalliy maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar quvvatlaridan samarali foydalanish.

1. Mahalliy maishiy texnika ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar bilan uchrashib, ularning faoliyatida vujudga kelayotgan muammo va takliflarni oʻrganish.

2025-yil noyabr

Bosh vazir oʻrinbosarlari

(J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(X. Mustafoyev),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda  “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2025-yil dekabr

13.

Respublikada texnologik asbob-uskunalar, ularning ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

2025-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Respublikada ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilgan texnologik asbob-uskunalarni ushbu roʻyxatdan chiqarib tashlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

14.

Elektrotexnika sanoati korxonalari maʼlumotlarini yagona raqamli platformaga jamlash hamda mahsulotlarning onlayn savdosini tashkil etish boʻyicha yagona tizim yaratish.

1. Elektrotexnika sanoati uchun integratsiyalashgan raqamli ekotizim va marketpleys platformasini ishlab chiqish.

Bunda ushbu ekotizim va platformani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan toʻliq moliyalashtirish.

2025-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Elektrotexnika sanoati uchun integratsiyalashgan raqamli ekotizim va marketpleys platformasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari (maʼlumotlar bazalari)ni belgilangan tartibda oʻzaro integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(G. Raximova),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kutbiyev),

Milliy statistika qoʻmitasi

(B. Hamrayev),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi

(A. Qayumov),

“Oʻzbekekspertiza” AJ

(U. Murodov),

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

(S. Annaklichev),

“Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM

(R. Kichkilov)

15.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari doirasidagi loyihalarda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratish.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va importyorlar uchun teng sharoit yaratish maqsadida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarda importdan yetkazib beriladigan va mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash tartibini birxillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Haydarov)

IV. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

16.

Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish.

Davlat xaridlarida quyidagilarni joriy qilish:

(a) budjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan “mahalliy auksion” savdolarini;

(b) budjet buyurtmachilari tomonidan xarid rejalari eʼlon qilinishi bilan bir vaqtda ushbu maʼlumotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomatik ravishda elektron-xabarnoma orqali yuborish tizimini;

(v) mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan yuqori boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan budjet buyurtmachilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan tovarning mahalliylashtirish darajasiga mutanosib miqdorda avans toʻlovlarini toʻlab berish tizimini.

2026-yil 1-yanvardan boshlab

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(G. Raximova)

17.

Mahalliy elektrotexnika korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Yuqori kuchlanishli transformator va podstansiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sertifikatning amal qilish muddatini 36 oy etib belgilash.

2. Bitta ishlab chiqaruvchi bir yil mobaynida sertifikatlarni rasmiylashtirish uchun 10 ta va (yoki) undan ortiq ariza bergan taqdirda, keyingi har bir sertifikat uchun BHMning 0,5 barobari miqdorida toʻlovlarni amalga oshirish.

2025-yil 31-dekabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

“Oʻzbekekspertiza” AJ

(U. Murodov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish, sohaning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Indikator (subindikator) nomi

Oʻlchov birligi

Joriy holat

Maqsadli koʻrsatkichlar

Maʼlumot berishga masʼul idoralar

2025 y

2026 y

2030 y

1

2

3

4

5

6

7

8

MAQSAD: elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish

I. Resurs koʻrsatkichlari

1.

Qarorda nazarda tutilgan normativ-huquqiy bazani yaratish.

son

-

2

-

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

II. Amaliyot koʻrsatkichlari

2.1.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ buyurtmanomalari asosida bosqichma-bosqich 100 mln dollar mablagʻ ajratish.

mln
AQSH dollari

-

50

50

-

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.2.

Elektrotexnika sanoati korxonalariga aylanma mablagʻlar, shu jumladan, mis xomashyosi xaridi uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi bank kreditlarining bir qismini kompensatsiya qilish.

mln soʻm

-

-

-

-

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

2.3.

Elektrotexnika sanoati korxonalariga faktoring xizmatlari boʻyicha diskont yoki hisoblangan foiz summasining 50 foizini, biroq yillik 4 foiz stavkadan oshmagan miqdorda qoplab berish.

mln soʻm

-

-

-

-

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Savdo-sanoat palatasi

2.4.

Sohadagi yangi ishlanmalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish.

mlrd soʻm

-

10

10

10

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

3.1.

Mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish.

ming tonna

73,6

110

125

225

“Olmaliq KMK” AJ,

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

3.2.

Eksport hajmini oshirish.

mln
AQSH dollari

970

1700

3000

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5011-son qarorining 6-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ikkinchi xatboshidagi “2023 — 2026-yillarda” soʻzlari “2023 — 2030-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) uchinchi xatboshidagi “2024-yil 1-apreldan boshlab” soʻzlaridan keyin “2025-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi “Respublikada mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-son qarori 3-bandining “a” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) 2025-yil 31-dekabrga qadar birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun toʻlovlarning 25 foizini boʻnak tarzida, qolgan 75 foizini mis xomashyosi olingandan soʻng 90 kun ichida toʻlashga ruxsat beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-dekabrdagi “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-417-son qarorining 1-bandi birinchi xatboshisidagi “2025-yil” soʻzlari “2026-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-20-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “b” kichik bandidagi “yillik 8 foizdan koʻp boʻlmagan stavkada” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) “v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 1-ilovada “Eksport” pozitsiyasining “2026-yil” ustunidagi “2,5” raqami “3,0” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 3-ilovaning 6.2 va 6.3-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

6.2

“Navoiy KMK” AJ

Har xil turdagi izolyatorlar

1

0,3

0,4

0,4

Kabel va sim mahsulotlari

171,5

55,5

57,2

58,9

Mahkamlash boʻgʻinlari

(kabellar uchun muftalar)

1,6

0,5

0,5

0,6

Kuchlanish va oʻlchov transformatorlari

2,9

0,9

1,0

1,0

Elektrotexnik qurilmalar

(podstansiyalar, taqsimlash punktlari, chastota oʻzgartirgichlar va boshqalar)

774,3

246,6

258,9

268,8

Elektromontaj mahsulotlari

(rozetkalar, oʻchirgichlar (viklyuchatel), vilkalar va boshqalar)

1,9

0,6

0,6

0,7

Yoritish uskunalari

(lampalar, svetilniklar,shaxtyorlar yoritgichlari)

8,0

2,6

2,7

2,8

Elektrodvigatellar

(sinxron, asinxron dvigatellar)

309,1

100,0

103,0

106,1

Boshqaruv shkaflari, avtomatlashtirish mahsulotlari

92,7

30,0

30,9

31,8

Nasoslar

92,7

30,0

30,9

31,8

Kompyuterlar va AKT butlovchi qismlari

5,6

1,7

1,9

2,1

Maishiy texnika

15,5

5,0

5,2

5,3

JAMI

477,0

473,7

493,2

510,1

6.3

“Navoiyuran” davlat korxonasi

Usti ochiq simlar (AS markali)

17,7

5,3

6,0

6,4

Kabel-armatura mahsulotlari (LSA)

207,7

63,8

70,2

73,7

Kabel ulagichlar (nakonechnik)

1,8

0,6

0,6

0,6

Avtomatik elektr oʻchirgichlar
(Avtomat viklyuchatel)

14,4

4,6

4,8

5,0

Izolyatorlar

2,6

0,8

0,9

0,9

TEN (elektr isitkichlar)

1,3

0,4

0,4

0,5

Ajratkichlar (Razyedinitel)

1,8

0,6

0,6

0,6

Elektr ajratkichlar (Rubilnik)

2,7

0,9

0,9

0,9

Boshqaruv shkaflari

(Shkaf upravleniya s UCHR 0,4)

32,8

10,4

10,9

11,5

Kuchlanish transformatorlari

2,6

0,8

0,9

0,9

Yoritgichlar (Svetilnik)

11,7

3,7

3,9

4,1

Svetodiod lampalar

1,5

0,5

0,5

0,5

Transformator punktlari (KTPN)

322,2

92,6

107,0

122,6

Kondensator qurilmalari

(6 kV kuchlanishli)

76,2

23,3

25,7

27,2

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari

(YAKNO)

45,4

14,0

15,5

15,9

Kuch transformatorlari (35/6 kV kuchlanishli)

141,5

37,0

48,5

56,0

Vakuum oʻchirgichlar (6 — 10 kuchlanishli)

17,5

2,2

7,0

8,3

Elektr magnit oʻtkazgichlar

33,8

10,7

11,2

11,8

Oʻrash uchun simlar (provod obmotochniy)

4,6

1,5

1,5

1,6

Elektrodvigatellar

55,7

18,9

22,8

14,0

Nasoslar

581,5

250,7

330,8

JAMI

1 577,2

543,3

670,7

363,2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)