Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 02.11.1994 yildagi 532-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 02.11.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DON MAHSULOTLARINI SOTIShNI TARTIBGA SOLIShNING QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada don mahsulotlari resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ularni sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1995-yildan boshlab don mahsulotlari bozor fondlariga egalik qilish funksiyasi “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasidan “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tuzilmasida don mahsulotlarining bozor va bozordan tashqari fondlarini shakllantirish va taqsimlash, shuningdek, ularni isteʼmol qilish va sarflashning belgilangan normalariga muvofiq hisobga olish va hisoboti boʻyicha 3 kishidan iborat tarkibiy boʻlinma tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “donni xarid qilish-saqlash-qayta ishlash — mahsulot ishlab chiqarish-fondlarni taqsimlash-resurslarni joydan-joyga koʻchirish — pirovard mahsulotni tegishli oluvchilarga sotish tutash jarayoni bajarilishini taʼminlaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR aholisiga kundalik ehtiyoj tovarlarini belgilashgan normaga muvofiq berish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1991-yil 1-apreldagi 80-son qarorining 1 bandidan “un, yopma” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi yilning navbatdagi choragi boshlanishidan kamida 30 kun oldin don mahsulotlarining yil choragi bozor normalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazsin hamda ularni har oʻn kunda qatʼiy tasdiqlangan jadvallar boʻyicha bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi quyidagi prognoz maʼlumotlarni “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga har yili taqdim etsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika aholisining viloyatlar va shaharlar boʻyicha keyingi yil boshigacha hamda oxirigacha boʻlgan, shuningdek, yillik oʻrta hisobdagi soni toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus isteʼmolchilar boʻyicha don mahsulotlari resurslarining sarflanishi hajmlari toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Harbiy cavdo boshqarmasini ham qoʻshganda), Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni “Oʻzolmosoltin” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi maxsus isteʼmolchilar ehtiyojlari uchun tasdiqlangan isteʼmol normalariga muvofiq don mahsulotlari resurslari (un, yorma, makaron mahsulotlari)ga buyurtmanomalarni “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga va “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahsulotlaridan oqilona foydalanish va aholini belgilangan fond doirasida uzluksiz taʼminlash boʻyicha toʻliq javobgar boʻladilar. Ular mintaqa ichida uning xususiyatlari va oʻziga xosligini hisobga olgan holda “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan ajratilayotgan un, non yopish ehtiyojlarini ham qoʻshganda, yorma va makka mahsulotlari hajmlarini mustaqil ravishda taqsimlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Don mahsulotlari resurslarini bozor va bozordan tashqi fondlar boʻyicha oluvchi “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv respublika vazirliklari va idoralari don mahsulotlaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 2-noyabrdagi,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
532-son