Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan fuqarolar hamda tahsil olayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3524-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 2024-yil 20-iyundagi 12-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 19-iyundagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3524, 2024-yil 1-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2024-y., 10/24/3524/0457-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan fuqarolar hamda tahsil olayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7 va 9-ilovalari matnlaridagi “Doimiy yashash joyi (manzili)” degan soʻzlar “Yashash joyi (manzili)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror 2025-yil 12-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat xavfsizlik xizmati raisi B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-sentabr,
22-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-sentabr,
7225-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/3524-1/0895-son)