05.09.2025 yildagi SQ-183-V-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqidagi axborotini eshitib, 2024-yilda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning natijasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlar qonun bilan tartibga solinib, o‘tgan davrda 85 581 nafar xodim manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha o‘qitilgan, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan 362 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushirilib, platformada 11 518 nafar davlat xizmatchisi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 1 mln 523 ming tarbiyalanuvchisi, 1 mln 913 ming maktab o‘quvchisi, oliy ta’lim muassasalarining 30 ming talabasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 750 tadan oshgan, xususan, 2024-yilda pensiya tayinlash uchun ariza berish, tibbiy ma’lumotnoma olish (083), kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, mehmonxona qurish uchun subsidiya olish, talabalar uchun ta’lim krediti olish va boshqa bir qancha xizmatlar elektron shaklga o‘tkazilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan 75 ta loyiha amaliyotga joriy etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining raqobatli tarzda amalga oshirilishi natijasida 13,8 trln so‘m mablag‘ tejalgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi ishga tushirilib, sohaga oid 79 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan, 1 605 nafar xodim Huquqni muhofaza qilish akademiyasida o‘qitilgan, korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p duch keladigan vazifa va funksiyalar maxsus elektron platformada (e-anticor) baholangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida 1 mlrd 784 mln so‘mlik grant tanlovlari e’lon qilingan, 34 ta seminar-trening tashkil etilib, NNT, OAV, Jamoatchilik kengashlarining 840 nafar vakilining malakasi oshirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari soddalashtirilib, 2024-yil 1-martdan boshlab 19 ta hujjat va tartib-taomil bekor qilingan va 3 tasi xabardor qilish tartibiga o‘tkazilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida 110 dan ortiq tashkilotlarda “Ochiq eshiklar kuni”, 334 ta muassasada davra suhbatlari va treninglar, respublika va xalqaro darajada 3 ta forum o‘tkazilgan, 210 dan ortiq videoroliklar namoyish etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet mablag‘lari harakati ustidan o‘rnatilgan masofaviy monitoring natijasida 554 ta holatda davlat xaridlari bilan bog‘liq 3,1 trln so‘mlik noqonuniy xarajatlarning oldi olingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qiymati 8 mln AQSH dollariga teng 4 ta qo‘shma loyiha ishga tushirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga sohada o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, 2024-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan 7 354 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 2,8 trln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, tijorat banklari hamda bandlik sohasi xodimlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi bo‘yicha 2 350 ta loyihaning 222 tasida yoki 11 foizida 337 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti joriy etilganligiga 4 yil bo‘lganiga qaramasdan, ayrim vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazilmaslik holatlari mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilmay kiritilgan eng ko‘p loyihalar salmog‘i Jizzax viloyati hokimligi (8 ta), Investitsiyalar, sanoat va savdo (6 ta), Energetika, Qishloq xo‘jaligi, Tashqi ishlar (5 tadan) vazirliklari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlariga ajratilgan budjet mablag‘laridan 496 mlrd so‘m maqsadsiz ortiqcha sarflangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, oliy ta’lim tizimidagi tashkilotlarda ish haqi hamda stipendiya to‘lovlari uchun budjet mablag‘laridan 45,2 mlrd so‘m ortiqcha sarflangan, bandlik tizimida 14 mlrd so‘mlik va boshqa sohalarda 1,7 trln so‘mlik maqsadsiz va samarasiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, 25 ta Jamoatchilik kengashida NNT vakillari yetarli tarkibda ishtirok etmagan, Jamoatchilik kengashi a’zolari soni 15 nafar bo‘lishi belgilangan bo‘lib, 3 ta Jamoatchilik kengashida ushbu talabga rioya qilinmagan, 7 ta Kengash raisi davlat xizmatchilari orasidan tasdiqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (13 nafar), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (11 nafar) va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (7 nafar) Jamoatchilik kengashi a’zolari soni 15 nafardan kam tarkibda tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash, Energetika, Tashqi ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniy meros agentligida mazkur tashkilotlar xodimlari Jamoatchilik kengashiga rahbar sifatida tayinlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga ko‘ra baholashdan o‘tkazilgan 102 ta davlat tashkilotidan 8 tasining faoliyati “qoniqarsiz” (55 balldan past) baholangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (17 ball), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (26 ball), “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM (28 ball), “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DM (48 ball), “O‘zagrolizing” AJ (53 ball), Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi (53 ball) ilk baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, faoliyati qoniqarsiz baholangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini baholash tizimi, ya’ni Ochiqlik indeksi natijasiga ko‘ra 2024-yil yakuni bo‘yicha baholashdan o‘tkazilgan 98 ta davlat organi va tashkilotlaridan 14 tasining faoliyati “qizil” (55 balldan past) samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, Farg‘ona viloyati hokimligi 54 ball, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 52 ball, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi 51 ball, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 50 ball, Gidrometeorologiya xizmati agentligi 45 ball, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi 32 ball, Kinematografiya agentligi 30 ball va Andijon viloyati hokimligi 28 ball “qizil” toifada baholangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon viloyati hokimligi va Kinematografiya agentligi o‘tgan yil ham “qizil” toifada baholangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatlar korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilarga asosan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 82-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 252-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar bilan birgalikda eng pastki bo‘g‘inga tushgan holda sohalar kesimida korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida vazirlik va idoralarda o‘rganishlar o‘tkazib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarning javobgarligini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilib, jinoyatlar soni oshib borayotgan sohalarda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taqdimnomalar kiritsin hamda natijadorligini Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida muhokama qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazilayotgan Sog‘liqni saqlash, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “O‘zsuvta’minot” AJda ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, monitoring qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiqlik indeksi natijalariga ko‘ra “qizil” toifaga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida taqdimnomalar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga ko‘ra faoliyat samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishiga ko‘maklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning 10-noyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi doimiy ravishda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini monitoring qilib, bu borada qonun buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan tashkilotlarga taqdimnoma kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash, Energetika, Tashqi ishlar, Kambag‘allik va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniy meros agentligi bir oy muddatda Jamoatchilik kengashlari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3837-sonli qarori talablari asosida tashkil etib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga axborot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashqi ishlar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda har oyda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o‘rnini yaxshilash hamda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida reyting tashkilotlari, xorijiy ekspertlar va xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistondagi aksilkorrupsiya islohotlari to‘g‘risida ma’lumotlar chop etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Bosh prokuratura, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va barcha mas’ul idoralar bilan birgalikda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi doirasida O‘zbekistonning 5-raund monitoring yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” ijrosini o‘z vaqtida ta’minlasin hamda 5-raund 2-bosqich monitoringini 2026-yilgacha o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari uchun ishlab chiqilgan kurslar samaradorligi, natijadorligini baholovchi mezonlar asosida uslubiyot ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin. Bunda mazkur o‘quv kurslari aholi va yoshlar uchun foydali bo‘layotganligi bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazib, ularning o‘quv kurslaridan qoniqish hosil qilish darajasini inobatga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi uchun ishlab chiqilgan kurslar, uni takomillashtirish bo‘yicha o‘qituvchilar, o‘quvchilar fikrini olish tizimini yo‘lga qo‘ysin hamda mazkur fikrlar asosida o‘quv kurslarini muntazam takomillashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mas’ul vazirlik va idoralar hamda viloyat hokimliklari ushbu Qarorning ijro etilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi A. Eshmuratov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SQ-183-V-son