19.09.2025 yildagi PQ-290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, sohani diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida 2026-yil uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ishlab chiqarish hajmi 9 foizga oʻsishini taʼminlash va 146 trillion soʻmga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sohaga 2 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) eksportni 3,3 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 50 mingta ish oʻrinlarini yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari doirasida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali 2022-2023-yillar paxta hosiliga ajratilgan kreditlardan qarzdorligi mavjud boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari (keyingi oʻrinlarda — klasterlar) boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) garov taʼminotini mol-mulk bilan toʻliq taʼminlagan klasterlarga 2025-yil 1-avgustdan boshlab faqat asosiy qarzni toʻlashga hamda asosiy qarz tugagandan keyingi 12 oyda teng ulushlarda foiz toʻlashga ruxsat etiladi. Bunda Jamgʻarma budjet ssudasi uchun foiz toʻlovlarini mazkur bandda nazarda tutilgan toʻlovlarga mutanosib ravishda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) amaldagi toʻlov grafigi boʻyicha ham asosiy qarz, ham foizini oʻz vaqtida toʻlagan klasterlarga ushbu kreditlar boʻyicha Jamgʻarmaga joriy yil 1-avgustdan keyin undirilgan foiz summasining ellik foizi qaytarib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 2025-yil 1-avgust holatiga toʻlanmagan foizlarga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) 2025-yil 1-avgustga qadar toʻlanmagan foizlar uchun undirilgan penya summalari toʻliq ravishda kredit boʻyicha asosiy qarzni kamaytirishga, asosiy qarz mavjud boʻlmagan taqdirda, amaldagi boshqa kreditlarning asosiy qarzini qoplashga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) tijorat banklari tomonidan 2025-yil 1-avgustga qadar undirilgan va asosiy qarzni kamaytirgan holda Jamgʻarmaga yoʻnaltirilgan penya summalari Davlat budjetidan Jamgʻarmaga ajratilgan ssudaning toʻlov grafigidagi summani kamaytirish hisobiga chegirib tashlanadi. Bunda chegiriladigan summa Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh prokuratura va Soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) bir kun muddatda toʻlanmagan foizlar uchun penya hisoblangan klasterlar va ip-yigiruv korxonalarining har biriga Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va Soliq qoʻmitasidan masʼul xodimlarni biriktirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ushbu qarorning 3-bandida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi soʻzsiz va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2025-yil 10-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarma orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2025-yil paxta hosilini nobud qilmasdan, oʻz vaqtida terib olishni taʼminlash maqsadida fermer xoʻjaliklariga ular tomonidan qayta ishlovchi korxonalarga, shu jumladan, klasterlarga birja savdolari orqali sotilgan (elektron hisob-faktura rasmiylashtirilgan) har bir tonna paxta xomashyosi uchun bir million soʻmdan subsidiya ajratilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) klasterlar va tarmoq korxonalari oʻz mablagʻi hisobidan paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10 foizi miqdorida qoplab berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yildan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) paxta hosili uchun Jamgʻarmadan beriladigan imtiyozli kreditlar faqat paxta tolasini qayta ishlash quvvatlari mavjud yoki ip-yigiruv korxonalari bilan kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻygan klasterlarga ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) paxta xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda klasterlarning ishlab chiqarish quvvatlariga mos hajmlarda shartnomalar (fyuchers, forvard va spot) tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliya yilidan bir yil avvalgi paxta hosilining yakuniy hisob-kitoblari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni belgilangan muddatlarda toʻliq qaytarmagan klasterlar va toʻqimachilik korxonalarining birja savdolari orqali fyuchers shartnomasi asosida paxta xomashyosi xarid qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov, Markaziy bank, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tijorat kreditidan majburiyati mavjud boʻlgan klasterlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini sogʻlomlashtirish boʻyicha har bir korxona kesimida aniq choralarni ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sogʻlomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning tijorat kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirib berish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2025-yil 1-sentabrdan uch yil muddatga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) klasterlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato va gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar bojxona bojidan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlari soni 200 nafardan ortiq boʻlgan paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan shartlarda Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi belgilab qoʻyilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishlab chiqarish korxonalarida energiya samaradorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ishlab chiqarish korxonalari tomonidan quvvati 1 MVtdan ortiq quyosh panellarida oʻz isteʼmolidan ortiq ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga qabul qilish va sotib olish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish maqsadida olinadigan kreditlar boʻyicha kredit foizi stavkasining 10 foiz bandigacha qismi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy banklarning 200 million AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalari jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar xalqaro sertifikatga ega toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari sonini 300 taga yetkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2025-yil yakuni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda AQSH va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor kiyim-kechak mahsulotlari eksporti hajmini 200 million AQSH dollariga yetkazish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) bir hafta muddatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yillik aylanmasi 1 milliard AQSH dollaridan oshadigan yirik brendlar bilan ishlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) joriy yil oktabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan toʻqimachilik koʻrgazmasida ushbu kompaniyalar ishtirokini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Andijon viloyatining Paxtaobod, Qashqadaryo viloyatining Koson va Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanlarida qurilayotgan toʻqimachilik sanoati zonalarida suvni tozalash inshooti qurilishiga davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy investorlarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) mazkur maqsadlarga Savdo-sanoat palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6-son Farmoni 2-bandi b” kichik bandida nazarda tutilgan 15 million AQSH dollarini va Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan boʻyash uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan mablagʻning qoldiq qismini yoʻnaltirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qarorning 8-bandidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Energiya samaradorligi milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi bir oy muddatda toʻqimachilik sanoati korxonalarida energiya samaradorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ularning oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini oʻrnatishga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foiz bandigacha qismini kompensatsiya qilish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) kompensatsiyalar toʻqimachilik korxonalarida oʻtkazilgan energiya auditi xulosalari asosida “Energiya samaradorligini oshirish” raqamli platformasi orqali xarid qilingan quyosh panellariga nisbatan qoʻllanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) iqtisod qilingan mablagʻlar maqsadli ravishda korxonalarda energiya samaradorligini oshirish tadbirlariga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ikki hafta muddatda mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni ajratish tartibini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) joriy yil 1-noyabrga qadar toʻqimachilik sanoati korxonalarining oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini oʻrnatishga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foiz bandigacha qismini kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov hamda J.A. Xodjayev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 19-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-290-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PQ-290-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar

1.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorliklarni restrukturizatsiya qilish.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali 2022-2023-yillar paxta hosiliga ajratilgan kreditlardan qarzdorligi mavjud paxta-toʻqimachilik klasterlari boʻyicha:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

(A. Isroilov),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

tijorat banklari

1. Garov taʼminotini toʻliq taʼminlagan (mol-mulk) klasterlarga 2025-yil 1-avgustdan boshlab faqat asosiy qarzni toʻlashga hamda asosiy qarz tugagandan keyingi 12 oyda teng ulushlarda foiz toʻlashga ruxsat etish.

2025-2026-yillar

2. Amaldagi toʻlov grafigi boʻyicha ham asosiy qarz ham foizlarni oʻz vaqtida toʻlagan klasterlarga ushbu kreditlar boʻyicha Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga joriy yil 1-avgustdan keyin undirilgan foiz summasining 50 foizini qaytarib berish.

Amaldagi toʻlov grafigi boʻyicha

3. Garov taʼminotini toʻliq taʼminlagan klasterlarga kreditning toʻlanmagan qismiga hisoblanib 2025-yil 1-avgust holatiga hosil boʻlgan penya summalarini hisobdan chiqarish.

2025-yil 15-oktabr

4. Garov taʼminotini toʻliq taʼminlagan klasterlarga kreditning toʻlanmagan qismiga hisoblanib 2025-yil 1-avgustga qadar undirilgan penya summalarini toʻliq ravishda kredit boʻyicha asosiy qarzni kamaytirishga, asosiy qarz mavjud boʻlmagan taqdirda amaldagi boshqa kreditlarning asosiy qarzini qoplashga yoʻnaltirish.

2025-yil 15-oktabr

2.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratilgan ssuda summasini muvofiqlashtirish.

Tijorat banklari tomonidan 2025-yil 1-avgustga qadar undirilgan va asosiy qarzni kamaytirgan holda Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan penya summalarini, Davlat budjetidan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan ssudani toʻlov grafigidan chegirib tashlash.

2025-yil 15-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

(A. Isroilov),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

(T. Rajabov)

3.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorliklarni restrukturizatsiya qilish jarayonlarini nazorat qilish.

1. Klasterlar va ip-yigiruv korxonalarining har biriga Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va Soliq qoʻmitasining masʼul xodimlarini biriktirish.

2025-yil 25-sentabr

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

(T. Rajabov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Qarorning 3-bandida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi soʻzsiz va sifatli taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

2025-yil 10-oktabr,

keyinchalik doimiy

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2025-yilning 10-oktabriga qadar Prezident Administratsiyasiga axborot kiritish.

2025-yil 10-oktabr

4.

Paxta hosilini nobud qilmasdan yigʻib olishni ragʻbatlantirish.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

a) 2025-yil paxta hosilini nobud qilmasdan, oʻz vaqtida terib olishni taʼminlash maqsadida fermer xoʻjaliklariga ular tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlariga sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 million soʻmdan subsidiya ajratish;

b) oʻz mablagʻlari hisobidan paxta yetishtirgan yoki paxta xomashyosini xarid qilgan paxta-toʻqimachilik korxonalariga xomashyo qiymatining 10 foizini qoplab berish.

2025-yil sentabr —  noyabr,

keyinchalik haqiqatda sotilgan hajmlarga muvofiq

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

(A. Isroilov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov)

5.

Tijorat kreditidan majburiyati mavjud boʻlgan klasterlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini sogʻlomlashtirish.

1. Tijorat kreditidan qarzdorligi mavjud boʻlgan 144 ta korxonani sogʻlomlashtirish choralarini belgilash.

2. Sogʻlomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirib berish.

2025-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(A. Turdaliyev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

6.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari va ip-yigiruv korxonalari oʻrtasida samarali kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyishni ragʻbatlantirish.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari va ip-yigiruv korxonalari oʻrtasida samarali kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish uchun qulay moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev),

Markaziy bank

(A. Turdaliyev),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

7.

Paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish.

Qarordan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 15-noyabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

8.

Yengil sanoat sohasida korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturida:

1. Sohadagi tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda tannarxni pasaytirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, tarmoqlararo va ichki kooperatsiyani kengaytirish, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni sogʻlomlashtirish.

2. Yengil sanoat sohasi korxonalarining moliyaviy holatini tahlil qilib ularga aylanma mablagʻlarini shakllantirish uchun qulay shartlarda kredit mahsulotlarini taqdim etish.

3. “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi orqali tayyor mahsulotlar eksportini ikki barobarga oshirishni nazarda tutish.

2025-yil noyabr,

keyinchalik chora-tadbirlarda nazarda tutilgan muddatlarda

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Markaziy bank

(A. Turdaliyev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

9.

Paxta xomashyosini qabul qilishdan tortib qayta ishlashgacha boʻlgan jarayonlarni avtomatlashgan hisobga olish tizimini joriy qilish.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari va boshqa toʻqimachilik korxonalari tomonidan paxta xomashyosini qabul qilish hamda qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni (tola, kalava va boshqalar) avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimini (markirovka) joriy qilish.

2026-yil 1-yanvar

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos)

10.

Hosildorligi past boʻlgan ekin maydonlariga boshqa serdaromad ekin turlarini joylashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Hosildorligi past boʻlgan ekin maydonlariga boshqa serdaromad ekin turlarini joylashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

II. Imtiyozlar

11.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama mahsulotlari, shuningdek, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolarni bojxona bojidan ozod etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama, charm va ipak mahsulotlari roʻyxatini shakllantirish hamda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga kiritish.

2025-yil 20-oktabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

(M. Allabergenov)

2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar roʻyxatini ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil 1-noyabr

3. Ekspertiza natijalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 15-noyabr

III. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar

12.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun qulay eksportoldi moliyalashtirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.

Tijorat banklarida qulay eksportoldi moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “Ishonchli eksportchi” dasturini ishga tushirish.

2025-yil 10-oktabr

Markaziy bank

(N. Saydullayev)

13.

Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan quyosh panellarida oʻz isteʼmolidan ortiq ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga qabul qilish, rostlash va sotib olish tartibini amaliyotga joriy qilish.

Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan quvvati 1 MVtdan ortiq quyosh panellarida oʻz isteʼmolidan ortiq ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga qabul qilish, rostlash va sotib olish tartibini joriy qilish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-noyabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

14.

Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qulay kredit liniyalarini joriy qilish.

Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy banklarning 200 million AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish.

2025-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

15.

Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish xarajatlarining bir qismini qoplab berish.

Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish maqsadida olinadigan kreditlar boʻyicha kredit foizi stavkasining 10 foizgacha qismini Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qoplab berishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1-noyabr

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Z. Badriddinov)

16.

Respublikaning aralash gazlama ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish.

2025-yil yakunigacha kamida 100 ming tonnalik aralash gazlama ishlab chiqarish loyihalarini boshlash.

2025-yil 31-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

17.

Olis tumanlarda yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining tikuvchilik fabrikalarini (filiallarini) ishga tushirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2025-yil yakuniga qadar 20 ta tumanda, 2026-yilda 30 ta tumanda tikuvchilik fabrikalarini ishga tushirish.

2025-2026-yillar

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

18.

Oʻz bozoriga ega xorijiy brend kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish.

1. Oʻz bozoriga ega va ishlab chiqarish korxonasini Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy brend kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

2. Muzokaralar natijasiga koʻra ishlab chiqarish korxonasini Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchirish istagini bildirgan brend kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash (boj toʻlovidan ozod etish va logistika xarajatining bir qismini qoplash) boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2025-yil 31-dekabr

19.

Jalb qilingan xorijiy brendlar mutaxassislarining ish haqini qoplab berish.

“Buxoro zarhal” klasteri tomonidan jalb qilingan Germaniyaning “Kourt Bauyer” brendi uchun ishlayotgan xorijiy mutaxassislar ish haqining 50 foiz qismini qoplab berish tartibini tasdiqlash.

2025-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

20.

Xorijiy davlatlarda toʻqimachilik korxonalarining savdo uylarini ochish.

AQSHning Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida toʻqimachilik korxonalarining savdo uylarini ochish.

2025-yil 1-noyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi

(F. Sidikov)

21.

Ichki bozorda tola narxining asossiz oshib ketishining oldini olish.

Tolani qayta ishlash quvvati yetarli boʻlmagan korxonalar tomonidan tola spekulyatsiyasini oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrib borish va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

Har chorakda

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxujayev)

22.

Andijon viloyatining Paxtaobod, Qashqadaryo viloyatining Koson va Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanlarida qurilayotgan toʻqimachilik sanoati zonasi hududida suvni tozalash inshooti qurilishi va ishga tushirilishini taʼminlash.

1. Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida mazkur obyektlar uchun tayyorlangan loyihalarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2. Mazkur loyihalar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng davlat sherigi tomonidan qurilish ishlari, asbob-uskunalar va texnikalar xaridlarining bir qismini moliyalashtirish uchun Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil qilingan boshqaruv kompaniyalariga Andijon viloyatining Paxtaobod hamda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanlarida quriladigan suvni tozalash inshootiga 7,4 mln AQSH dollari, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida quriladigan suvni tozalash inshootiga 13 mln AQSH dollari miqdorida Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan boʻyash uskunalari xaridi subsidiyasi uchun nazarda tutilgan mablagʻning 20,4 mln AQSH dollari qismini yoʻnaltirish.

3. Loyihalarga xususiy investorni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish choralarini koʻrish.

2025-yil 1-noyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umurzakov),

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

(M. Allabergenov)

23.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yirik brendlar bilan ishlashni tashkil qilish.

1. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yillik aylanmasi 1 milliard AQSH dollaridan oshadigan yirik brendlar bilan ishlash boʻyicha “yoʻl xarita”sini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 10-oktabr

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

2. Joriy yilning 14 — 16-oktabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan xalqaro “Neimtextil Uzbekistan 2025” toʻqimachilik koʻrgazmasida ushbu brend kompaniyalar ishtirokini taʼminlash.

2025-yil 20-oktabr

24.

AQSH bozoriga mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari eksportini oshirish choralarini koʻrish.

AQSHning “Ay-Ti-Ef grup” logistika kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida logistika kompaniyasini tashkil etish.

2025-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Oʻzbekistonning

AQSHdagi elchixonasi

(F. Sidikov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 07/25/290/0860-son; 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)