18.09.2025 yildagi 594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni hamda “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qarori ijrosini taʼminlash hamda qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali qishloq xoʻjaligi subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar foydalanish turiga koʻra — qishloq xoʻjaligi yerlariga va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlarga hamda suv bilan taʼminlanish darajasiga koʻra — sugʻoriladigan yerlarga va sugʻorilmaydigan yerlarga boʻlinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyilishi, bunda mazkur yerlar ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga asosan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishdan (qurishdan) oldin tegishli axborot tizimlari orqali ariza beruvchida ushbu uchastkasiga ijara huquqining mavjudligi, davlat yer kadastri boʻyicha yer uchastkasining jami maydoni, shundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ular tarkibidagi sugʻoriladigan yerlar maydoni tekshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni yer uchastkasi tarkibidagi sugʻorilmaydigan yerlarga joylashtirish (qurish) nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil konstruksiyali qurilmalar va vaqtincha qurilmalar joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan, kapital bino va inshoot hisoblangan qurilish obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan qurilish sohasiga oid maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish, obyektlarni qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar joylashtirilgan (qurilgan) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar alohida yer uchastkasiga boʻlinmaydi, joylashtirilgan (qurilgan) obyektlarni alohida sotishga ruxsat etilmaydi (yer uchastkasining foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda unga boʻlgan huquq va majburiyatlarni obyekt bilan birga boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijara berish) holatlari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik yoʻnalishlarida ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq 1 gektardan koʻp boʻlmagan, biroq ijaraga berilgan jami yer maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa obyektlar) joylashtirishga ruxsat etiladi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilikdan boshqa yoʻnalishlarda ijaraga berilgan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxonalar va muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa obyektlar) joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyiladigan yer maydoni 20 sotixdan, biroq ijaraga berilgan jami yer maydonining bir foizidan oshmasligi kerak;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyiladigan ayni bir yer maydoni bir marta belgilanadi, kelgusida ushbu obyekt turini oʻzgartirishga xizmat koʻrsatuvchi yer maydonini oshirmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlangan ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasi davlat yer kadastrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yer uchastkasini qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yer sifatida hisobga olish uchun asos boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni yer uchastkasining oʻzgargan qismi boʻyicha yer ijarachisi tomonidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlar joylashtirilgan (qurilgan) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilmaydi, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasidagi yerlar sifatida hisobga olinmaydi va xususiylashtirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlar joylashtirilgan (qurilgan) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarga nisbatan yer soligʻi miqdori 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan tartibda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga muvofiq “E-auksion” savdo platformasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha elektron onlayn-auksion savdolarida gʻolib boʻlgan yer ijarachilari yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq dehqonchilik yoʻnalishida erkin faoliyat yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining ixtisosligi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilashda ushbu qarorga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarda chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali issiqxonalar va muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki va Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa obyektlarni joylashtirish boʻyicha tashabbus bilan chiqqan yer ijarachilari murojaatlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 441-moddasiga muvofiq xulosalar Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlarga oʻzgartirilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qoplanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2025-yil 31-dekabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali issiqxonalar va muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalar va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki va boshqa ruxsat etilgan obyektlar joylashtirilgan (qurilgan) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar hamda yer fondining boshqa toifalari tarkibidagi maydonlarni xatlovdan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatlov natijalariga koʻra bunday turdagi yerlarni qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olish, zaruratga koʻra yer fondi toifasini oʻzgartirish masalasini hal qilish, yer soligʻi miqdorini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar sifatida belgilash boʻyicha qaror qabul qilish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbekkosmos” agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda davlat yer kadastrida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olingan yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni onlayn rejimda almashish imkoniyatini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kosmik va aerosuratlar orqali ushbu yerlardan foydalanishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan doimiy ravishda nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
594-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18 sentabrdagi 594-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 41-ilovaga muvofiq”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “I. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarining klassifikatori” boʻlimining 1.0 — 1.10-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qishloq xoʻjaligida foydalanish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda qishloq xoʻjaligi faoliyatini yuritish.

1

Dehqonchilik

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanishga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmogʻi.

1.1

Paxtachilik va gʻallachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda paxta va boshoqli don ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.1

Gʻallachilik va sabzavotchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda boshoqli don va sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.2

Sholichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sholi ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.3

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.4

Sabzavotchilik va polizchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.5

Kartoshkachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda kartoshka ekinini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.6

Moyli, donli, dukkakli va ozuqa ekinlar yetishtirish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda moyli, donli, dukkakli va ozuqa ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.7

Dorivor, shifobaxsh ekinlar va gulchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda dorivor, shifobaxsh, choy va gulli ekinlar yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.8

Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va polizchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda meva, rezavor meva hamda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.9

Bogʻdorchilik va uzumchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda meva, rezavor meva va uzum yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.10

Bogʻdorchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda meva va rezavor meva yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.11

Uzumchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda uzum yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.12

Koʻchatchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mevali, rezavor mevali, uzum, tut va boshqa koʻp yillik daraxtlar koʻchatlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.13

Kannabis yetishtirish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini (Cannabis Sativa L.) yetishtirish boʻyicha xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.14

Tamakichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sanoat maqsadlarida tamaki oʻsimligini yetishtirish, mahsulot ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.15

Chorvachilik

Chorva mollarini boqish, saqlash va koʻpaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanishga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tarmogʻi.

1.2

Qoramolchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda yirik shoxli mollar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, yirik shoxli mollar mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.1

Qoʻy va echkichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mayda shoxli mollar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, mayda shoxli mollar mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.2

Qorakoʻlchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda qorakoʻl qoʻylari uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.3

Otchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda otlar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (otlarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, ot mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.4

Tuyachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda tuyalar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (tuyalarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, tuya mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.5

Parrandachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda parranda uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (parrandalarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, parranda mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.6

Quyonchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda quyonlar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (quyonlarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, quyon mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.7

Ipakchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda ipak qurti uchun ozuqa yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (ipak qurtini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, ipak qurti mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.3

Asalarichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda asalarilar uchun nektarga boy ekinlarni yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (asalarilarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, asalari mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.4

Baliqchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda hovuz (koʻl) tashkil etish orqali baliq yetishtirish, urchitish va (yoki) boqish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, baliq mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va qadoqlash joylari, hovuz (koʻl) tashkil etish qurilmalari va hovuzlar, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.5

Moʻynachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda tutqunlikda boʻlgan qimmatli moʻynali hayvonlar uchun ozuqa ekinlarini yetishtirish va ularni urchitish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (qimmatli moʻynali hayvonlarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, moʻyna mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va ishlab chiqarish joylari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.6

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda dehqonchilik va chorvachilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va muzlatkichli omborxonalar bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni joylashtirish (qurish).

1.7

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini taʼminlash

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda mashina-transport va taʼmirlash stansiyalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun angar, ombor, suv minoralari, suv havzalari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari va qishloq xoʻjaligini yuritish uchun boshqa texnik uskunalarni joylashtirish (qurish).

1.8

Qishloq xoʻjaligining ilmiy taʼminoti

Ilmiy va seleksiya ishlarini amalga oshirish, ilmiy nuqtai nazardan qimmatli oʻsimlik va hayvonot dunyosi namunalarini olish uchun qishloq xoʻjaligini yuritish; oʻsimliklar genetik resurslari kolleksiyalarini joylashtirish.

1.9

Qishloq xoʻjaligida foydalanishning boshqa turlari

Qishloq xoʻjaligida foydalanishning boshqa turlari, shu jumladan tashlandiq (boʻz) yerlar, meliorativ tarmoqni (irrigatsiya tarmogʻini) joylashtirish (qurish).

1.10

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “II. Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatori” boʻlimining 1.0 — 1.10-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1.0

Dehqonchilik mahsulotlari uchun omborxona, issiqxona, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar

1.1

Issiqxonalar va issiqxona xoʻjaliklari

1.1.1

Navli ekinlar va urugʻlarni yetishtirish hamda sotish uchun koʻchatxonalar

1.1.2

Chorvachilik yoʻnalishida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1.2

Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini saqlash va koʻpaytirish uchun obyektlar

1.2.1

Chorvachilik mahsulotlari va chorva ozuqasini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va saqlash obyektlari

1.2.2

Ipak qurti boqish, saqlash va ipak ishlab chiqarish obyektlari va qurilmalari

1.3

Asalarichilik fermalari

1.4

Baliqchilik yoʻnalishida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1.5

Baliq yetishtirish obyektlari (suv yetishtirish) va hovuz (koʻl)lar

1.5.1

Baliq mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va saqlash obyektlari

1.5.2

Moʻynachilik mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash obyektlari

1.6

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash obyektlari

1.7

Dehqonchilik mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash obyektlari va muzlatkichli omborxonalar

1.7.1

Chorvachilik va baliqchilik ehtiyojlari uchun ozuqa ishlab chiqarish va saqlash obyektlari

1.7.2

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1.8

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini qoʻllab-quvvatlash obyektlari (qishloq xoʻjaligi texnikasini toʻxtatish va ularga xizmat koʻrsatish uchun angarlar va garajlar, inventarlarni saqlash)

1.8.1

Yordamchi omborxonalar (pestitsidlar, oʻgʻitlar va boshqalarni saqlash uchun)

1.8.2

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlar hamda muqobil energiya inshootlari

1.8.3

Laboratoriyalar, naslchilik stansiyalari obyektlari, qishloq xoʻjaligining namunalarini yetishtirish, ilmiy taʼminlash uchun moʻljallangan boshqa obyektlar

1.9

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa obyektlar

1.10

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi mazmundagi 41-ilova bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
41-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Reglament Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan barcha yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Reglament qurilish obyektlarini joylashtirish (qurish) nazarda tutilmagan ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — kapital qurilish obyektlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, yengil konstruksiyali qurilmalar va vaqtincha qurilmalar boʻyicha — uning hududiy boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasi — qishloq xoʻjaligi korxonasining hududini ichki xoʻjalik negizida belgilab olish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtirish (qurish) boʻyicha ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital qurilish obyektlari — yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan binolar, inshootlar, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi — yer uchastkasi va unda joylashgan kapital qurilish obyektlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachisi (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) — ijara huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (fermer xoʻjaligi, agroklaster, dehqon xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik faoliyatini yurituvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar — yer fondining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari toifasidagi sugʻorilmaydigan lalmi, pichanzor va yaylov yerlari hamda sugʻorish imkoniyati mavjud boʻlmagan, tashlandiq holga kelib qolgan (boʻz) va meliorativ qurilish holatidagi yerlar, shuningdek, belgilangan tartibda sugʻoriladigan yerlardan sugʻorilmaydigan yerlar tarkibiga oʻtkazilgan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar — ihota daraxtzorlari, ichki xoʻjalik yoʻllari, kommunikatsiyalar, suv havzalari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar egallagan yerlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasi quyidagi talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibida sugʻorilmaydigan yerlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarga zarar yetkazmagan holda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektga kirish (oʻtish) imkoniyati mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektning irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini ishchi holatda saqlash sharoitiga zarar yetkazmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yer tuzish loyihasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlar (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali issiqxona va muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa obyektlar) dala chetida ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan, biroq chorvachilik yoʻnalishida 1 gektardan, boshqa yoʻnalishlarda 20 sotixdan koʻp boʻlmagan qismida joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vakolatli organ qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarda yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari, dala shiyponi, texnika parki joylashtirish (qurish) boʻyicha tashabbus bilan chiqqan yer ijarachilari murojaatlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplagan holda Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 441-moddasiga muvofiq xulosalar Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtirilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatda davlat xizmatlarini koʻrsatish yer uchastkasini sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻzgartirish masalasi hal etilgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchi ixtiyoriy ravishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — yer tuzish loyihasi) ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani toʻldirgan holda davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi va ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestridan koʻchirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi soʻrovnomaga zarur maʼlumotlarni kiritgandan soʻng, maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, ERI, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda, soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida “E-ijara” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-ijara” AT) orqali ijrochiga yuboriladi, YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda “E-ijara” AT orqali ijrochiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun quyidagi miqdorda toʻlovlar undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining maydoni 1 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining maydoni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining maydoni 10 gektardan 100 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining maydoni 100 gektardan ortiq boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandda keltirilgan toʻlovlar summasining 90 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Undirilgan toʻlovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
(12-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63,75 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
(12-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
(12-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63,75 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga.
(12-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, ariza beruvchi kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan bitta yer uchastkasi (kontur) boʻyicha soʻrovnomani takroran koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatishning har qaysi bosqichida bosh tortish huquqiga ega, bunda soʻrovnoma koʻrilmasdan qoldiriladi va undirilgan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ijrochi soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnomada koʻrsatilgan hududdagi yer maydonini joyiga chiqqan holda oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni hamda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq tayyorlangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yer uchastkasida yer tuzish loyihasini ishlab chiqish yuzasidan xulosani vakolatli organga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vakolatli organ ijrochi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni besh ish kuni ichida koʻrib chiqib, yer tuzish loyihasini ishlab chiqishga rozilik berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tasdiqlaydi hamda ijrochiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ zaruratga koʻra hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish maqsadida ijrochiga qaytarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi qoʻshimcha oʻrganishga qaytarilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish yakuni boʻyicha maʼlumotni vakolatli organga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagilar yer tuzish loyihasini ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Reglamentning 3-bandida belgilangan talablar bajarilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida yoki toʻliq amalga oshirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining bir qismi ilgari qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilganligi aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan yer tuzish loyihasini ishlab chiqishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer tuzish loyihasini ishlab chiqish rad etilgan hollarda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilgan soʻrovnomani muqaddam koʻrsatilmagan boshqa sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosa rasmiylashtirilgan kunning oʻzida “E-ijara” ATda avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ijrochi vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqishga rozilik berish toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining amaldagi holati bilan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi oʻrganiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi chegarasi aniqlanadi va yer turlari boʻyicha hisobot shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi konturlar kesimida xatlovdan oʻtkaziladi va uning elektron raqamli xaritasi (masshtabi 1:5 000 — 1:10 000) yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilgan hollarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvi xaritada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalarini tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ijrochi bir ish kuni ichida “E-ijara” AT orqali yer tuzish loyihasini tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga (kapital qurilish obyektlari boʻlganda) yoki tumanlar (shaharlar) hokimlariga (yengil konstruksiyali qurilmalar va vaqtincha qurilmalar boʻlganda) (keyingi oʻrinlarda — hokim) quyidagi hujjatlar bilan birga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun bergan xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yer maydonining konturlar kesimidagi yer toifasi va turlari boʻyicha shakllantirilgan hisobot (jadval koʻrinishida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar chegarasi tushirilgan elektron raqamli xarita (masshtabi 1:5 000 — 1:10 000);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan hududning elektron raqamli xaritasi (masshtabi 1:500 — 1:2 000) hamda ushbu yer maydonining kosmik tasviri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan hududdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining joylashuv masofalari va muhofaza zonalari boʻyicha maʼlumot (jadval koʻrinishida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi qismining tarhi va maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilgan hollarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Hokim yer tuzish loyihasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida “E-qaror” tizimida yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni ijrochiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yer qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilgan qismining maydoni hokim qarorida alohida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ijrochi hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir ish kuni ichida davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini, yer tuzish loyihasini hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdorini qoplash boʻyicha toʻlovlar hujjatini (hisoblangan hollarda) yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki ish kuni ichida “E-ijara” AT orqali hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini hamda yer tuzish loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasiga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori (hisoblangan hollarda) toʻliq qoplanganidan keyin uch ish kunida tasdiqlangan yer tuzish loyihasiga asosan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan yer maydonini ariza beruvchiga joyida koʻrsatib beradi va taraflar tomonidan imzolanadigan dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yer tuzish loyihalariga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun toʻliq masʼuliyat “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari (kapital qurilish obyektlari boʻlganda) yoki tumanlar (shaharlar) hokimlari (yengil konstruksiyali qurilmalar va vaqtincha qurilmalar boʻlganda) zimmasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirish (qurish) xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ariza beruvchi tasdiqlangan yer tuzish loyihasida belgilangan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) maqsadida qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) qurilish boʻlimiga belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarga asosan yer tuzish loyihasida belgilangan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishda (qurishda) quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika va kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun tegishli vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi yerlariga, eng avvalo sugʻoriladigan yerlarga zarar yetkazmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud irrigatsiya va melioratsiya obyektlariga zarar yetkazmaslik, jumladan suvni muhofaza qilish zonasi talablariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻinga qarshi, tabiatni muhofaza qilish talablari, ekologiya, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chegaradosh (tutash) yer egalari va foydalanuvchilar, ijarachilarning yer maydoni va mulkiga zarar yetkazmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlaridan foydalanishda noqulaylik yaratmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqiga (servitut) rioya qilish va cheklamaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat xizmatlari markazlari va filiallar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachisi (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun davlat xizmatlari koʻrsatish yuzasidan soʻrovnomani toʻldirgan holda davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi.

Ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Kelib tushgan soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — ijrochi)ga yuboradi.

Real vaqt rejimida

(avtomatik ravishda — YIDXP orqali)

3-bosqich

Ijrochi

Yer tuzish loyihasini ishlab chiqish yuzasidan xulosalarni tayyorlaydi hamda xulosani soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)ga yuboradi.

15 ish kuni ichida

4-bosqich

Vakolatli organ

Er tuzish loyihasini ishlab chiqish yuzasidan xulosalarni tasdiqlaydi va ijrochiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

5-bosqich

Ijrochi

1. Yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.

2. “E-ijara” AT orqali yer tuzish loyihasini tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari yoki tumanlar (shaharlar) hokimlariga (keyingi oʻrinlarda — hokim) yuboradi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Hokim

“E-qaror” tizimida yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini qabul qiladi va uni ijrochiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

7-bosqich

Ijrochi

1. Ariza beruvchiga hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini hamda yer tuzish loyihasini davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.

1 ish kuni ichida

2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasiga hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini va yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali yuboradi.

2 ish kuni ichida

3. Yer tuzish loyihasiga asosan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan yer maydonini ariza beruvchiga joyida koʻrsatib beradi va taraflar tomonidan imzolanadigan dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Nobudgarchiliklarning miqdori (hisoblangan hollarda) toʻliq qoplangandan soʻng 3 ish kuni ichida

8-bosqich

Ariza beruvchi

Yer tuzish loyihasida belgilangan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) maqsadida qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) qurilish boʻlimiga belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Ixtiyoriy ravishda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini olish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. ARIZA BERUVCHI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Jismoniy shaxsning:

F.I.O.:

Pasport yoki ID — karta maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

JSHSHIR:

Yashash manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

Yuridik shaxsning:

Toʻliq nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli:

STIR:

Yuridik manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. YER UCHASTKASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Kadastr raqami:

Umumiy yer maydoni (ga):

Kontur(lar) raqami:

Joylashgan joyi (manzil):

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining nomi:

Joylashtirish (qurish) soʻralayotgan obyekti nomi:

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirish (qurish) mumkin boʻlgan yer maydoni (ga):

III. SOʻROVNOMAGA ILOVALAR

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatning nusxasi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat reyestridan koʻchirma

Tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilgan boʻlsa)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini yuzasidan belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib chiqdim va ularga toʻliq amal qilishimni maʼlum qilaman, ruxsat berilgan taqdirda menga yuklangan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Men tomondan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini olishga ruxsat berilmasligi haqida ogohlantirildim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish yuzasidan

XULOSA

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi yuridik shaxsning nomi:

STIR:

Faoliyat turi va yoʻnalishi:

Tuman nomi:

Hudud nomi:

Kontur(lar) raqami:

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar turi va maydoni:

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) mumkin boʻlgan maydon (ga):

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirishga (qurishga) ruxsat etilgan hududning koordinatalari (WGS 84 tizimida):

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlarining klassifikatori boʻyicha qishloq xoʻjaligida foydalanish turi(lari) va kodi(lari):

Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatoriga muvofiq joylashtirishga (qurishga) ruxsat etilayotgan obyekt(lar) turi(lari) va kodi(lari):

Berilgan sana:

Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 09/25/594/0850-son; 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)