27.08.2025 yildagi 542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, diniy sohada mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoniga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti etib (keyingi oʻrinlarda — Institut) qayta tashkil etilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlarida diniy sohada mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga yagona masʼul muassasa etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy-maʼrifiy soha mutaxassislarini, mazkur sohada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarini, shu jumladan barcha taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik fanlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlarida diniy-maʼrifiy sohada mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan diniy-maʼrifiy soha xodimlari va rahbar kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tinglovchilar uchun ishdan ajralmagan holda malaka oshirishning muqobil shakllarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish, taʼlim berish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida oʻqitishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy-maʼrifiy sohada faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun soha boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda diniy-maʼrifiy sohadagi muammolar va mazkur sohaning eng dolzarb masalalari, radikallashuvga, ekstremizmga va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ushbu jarayonga milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayoni hamda ilmiy faoliyatga yuqori malakali mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb qilish, pedagogika sohasida ilgʻor tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy jihatdan barkamol etib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tubdan yaxshilash boʻyicha doimiy ish olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy asoslangan, dinning asl taʼlimotini oʻzida mujassam etgan bilimlarni qamrab olgan oʻquv reja, oʻquv dastur, oʻquv qoʻllanmalari hamda taqdimot materiallarini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmatida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Institutga Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi, uning maqomi, transport, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy taʼminoti shartlari oliy taʼlim tashkiloti filiali direktoriga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Institutga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy, taʼlim va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan holda shartnoma asosida oʻqitish qiymatlarini mustaqil belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining hamda shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatishdan tushadigan boshqa mablagʻlarning (ularni amalga oshirish uchun xarajatlarini chegirib tashlagan holda) 75 foizgacha qismini Institut xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayoniga professor-oʻqituvchilarni hamda soha boʻyicha mutaxassislarni mehnatga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallarining faoliyati tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand va Namangan mintaqaviy filiallari tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, Institutda 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy-maʼrifiy soha mutaxassislari, mazkur sohada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik fanlari oʻqituvchilari ishga qabul qilingan davrdan boshlab olti oy ichida, keyinchalik har uch yilda bir marotaba oʻz malakasini oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy-maʼrifiy sohada yaxlit ilmiy-tadqiqotlar tizimini yaratish maqsadida tegishli ixtisosliklar, shu jumladan, dinshunoslik, islomshunoslik sohalari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut tadqiqotchilarini tadqiqot sohalari boʻyicha tashkilotlarga biriktirish amaliyoti joriy etiladi, ularning ilmiy-tadqiqot mavzulari biriktirilgan sohalarning aniq muammolarini hal etishga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari fanlaridan dars beradigan, oliy maʼlumotga ega nomutaxassis pedagog kadrlari shartnoma (toʻlov) asosida qayta tayyorlash kurslarida oʻqitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotga ega nomutaxassis pedagog kadrlariga davlat namunasidagi diplom beriladi hamda ular taʼlim tashkilotlarida islomshunoslik, dinshunoslik fanlaridan dars berish huquqiga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy-maʼrifiy soha mutaxassislari, mazkur sohada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik fanlari oʻqituvchilari Institutda islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlarida malakasini oshirish bepul amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutda manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning buyurtmasiga koʻra shartnoma (toʻlov) asosida malaka oshirish va qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Institut faoliyatini moliyalashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, shartnoma (toʻlov) asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, ilmiy-oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarish, xoʻjalik (mehmonxona) faoliyatidan va shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari, respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Institut:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda Institut ustavi tasdiqlanishi hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlarida malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha Institutning yangi oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim tashkilotlarining dinshunoslik fanidan dars berayotgan nomutaxassis boʻlgan professor-oʻqituvchilari roʻyxatini shakllantirsin, roʻyxatni tizimli ravishda yangilab Institutning qayta tayyorlash kurslarida oʻqitilishni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qarashli Toshkent shahri Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy koʻchasidagi 11a-uy manzilida joylashgan binoning birinchi qavatiga (469 kv metr hududiga) tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiallari xodimlarini ishga joylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Samarqand viloyati hokimligi va Namangan viloyati hokimligi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning Samarqand va Namangan mintaqaviy filiallarini oʻquv jarayonini tashkil etish uchun mos binolarga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutni strategik rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish, taʼlim faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatini kuchaytirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning ilgʻor shakl va usullarini joriy etgan holda taʼlim dasturlarini doimiy takomillashtirib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini xorijiy davlatlarda oʻzaro tajriba almashish va malaka oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin, yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashqi ishlar vazirligi yetakchi xorijiy ilmiy taʼlim markazlari va taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda Institutga har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 27-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
542-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Direktor

Ilmiy kengash

Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Axborot-resurs markazi

2

Moliya-iqtisod boʻlimi

2

Oʻquv-uslubiy boʻlim

4

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis

1

Xodimlar boʻyicha mutaxassis

1

Qayta tayyorlash boʻlimi

3

Yuriskonsult

1

Kafedralar *

Ish yurituvchi

1

Xoʻjalik boʻlimi **

1

Mehmonxona tipidagi yotoqxona **

Mintaqaviy filiallar ***

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 18 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 10 nafar. Masʼul xodimlar shtat birliklari soni bir nafardan iborat boʻlganda mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha boʻlim boshligʻiga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* kafedradagi professor-oʻqituvchilar soni Davlat budjeti hisobidan (bepul asosda) malaka oshiruvchi tinglovchilar sonidan kelib chiqib oʻzgaradi. Kafedralarning oʻquv-yordamchi xodimlari soni qonunchilik hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Shtat birliklari hamda texnik va xizmat koʻrsatish xodimlari soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha mintaqaviy filial rahbarlari oliy taʼlim muassasasining dekaniga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand va Namangan mintaqaviy filiallari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Rahbar

Oʻquv-uslubiy boʻlim

2

Xoʻjalik boʻlimi

1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 4 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 3 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) diniy soha va diniy-maʼrifiy sohada xodimlarni davlat va din munosabatlari, islomshunoslik, dinshunoslik, radikalizmga qarshi kurash hamda boshqa yoʻnalishlarda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy-maʼrifiy soha mutaxassislari — Din ishlari boʻyicha qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) mutaxassislari, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rahbar va ilmiy xodimlari, professor-oʻqituvchilari, shuningdek, diniy soha xodimlari hamda mazkur sohada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik fanlari oʻqituvchilari, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarida diniy-maʼrifiy sohada malakasi oshirilishi va qayta tayyorlanishi belgilangan xodimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi — malaka oshirish, qayta tayyorlash va qisqa muddatli kurslarda taʼlim olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — qayta tayyorlash kurslarida taʼlim olish uchun murojaat qilgan oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tinglovchi — tegishli tashkilot tomonidan roʻyxat asosida taqdim etilgan yoki belgilangan tartibda shakllantirilib malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka oshirish — islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda diniy-maʼrifiy soha mutaxassislarining malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy bilim va mahoratini oshirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tayyorlash — islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida oliy maʼlumotga ega nomutaxassis shaxslarni zarur bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish orqali yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka talablari — tinglovchilarning umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturi — oʻquv kursining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, mutaxassisliklarning malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv rejasi — bloklar va oʻquv fanlari (kurslar)ning nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Institutda diniy-maʼrifiy soha mutaxassislari islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari hamda radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlarida belgilangan davriylikka muvofiq bepul asosda malaka oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Institutda quyidagilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida oʻqitiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik yoʻnalishidagi pedagog kadrlarining malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari fanlaridan dars beradigan, oliy maʼlumotga ega nomutaxassis pedagog kadrlarini qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlarini qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Institutda oʻquv kurslari quyidagi taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy soha mutaxassislari va taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik, dinshunoslik fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malakasini oshirish — 144 soat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik, idora va tashkilotlarning xodimlarini diniy-maʼrifiy sohada qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish uchun — 36 soatdan 72 soatgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari fanlaridan dars beradigan, oliy maʼlumotga ega nomutaxassis pedagog kadrlarini qayta tayyorlash, ilgari olingan bazaviy (oliy) maʼlumoti darajasi, qayta tayyorlashning turi va kasbiy faoliyatining oʻziga xosligiga koʻra — 576 soatdan kam boʻlmagan hajmda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Institutda tashkil etiladigan kurslarda auditoriya oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi, qoida tariqasida, haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut, zaruratga koʻra, oʻquv kurslarining davomiyligi va oʻquv dasturlarining hajmiga oʻzgartirish kiritadi, yangi malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv yuklamalarining eng kam meʼyori davlat taʼlim talablari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Institutda malaka oshirish, qayta tayyorlash hamda qisqa muddatli oʻquv kurslari masofaviy taʼlim shaklida, tinglovchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻquv kurslarida oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda auditoriya mashgʻulotlari barcha turlarining davomiyligi Institut tomonidan belgilanadi, lekin u 80 daqiqadan oshmasligi va oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus 10 daqiqadan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Institutda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Malaka oshirish kurslarida oʻqish muddati Institut bilan kelishilgan holda buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan taʼlim oluvchilarning malaka oshirish kurslari vaqti, shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan taqsimot-rejalarga muvofiq, Institut kengashi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi hamda oʻquv mashgʻulotlari jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Diniy-maʼrifiy soha mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan berilgan kontingent asosida Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan shakllantiriladi, taqsimot-rejalar oʻquv yilining boshlanishiga qadar buyurtmachi tashkilotlar va Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan holda Institut tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqa muddatli oʻquv kurslari Institut kengashi tomonidan mustaqil ravishda buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturiga muvofiq ixtiyoriy tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Buyurtmachi tashkilotlar taqsimot-rejalarga asosan oʻqishi belgilangan xodimlarining malaka oshirish kurslarida qatnashishlarini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodim uning mehnat taʼtili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish Institut direktorining buyrugʻi bilan, qoida tariqasida, oʻquv kurslari boshlangan kunning oʻzida rasmiylashtiriladi. Tinglovchilar guruhini shakllantirish, kursning oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqishda xodimlarning bazaviy maʼlumoti, mutaxassisligi, toifasi va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, kasbiy ehtiyojlari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligi yoki ularda qatnashmaganligi haqida buyurtmachi tashkilotlarga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni Institut direktori tomonidan tasdiqlanadigan mashgʻulotlar jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Institut buyurtmachi tashkilotlar soʻroviga muvofiq oʻquv mashgʻulotlarni xodimlarning ish joyida Institut direktori tomonidan tasdiqlanadigan yakka tartibdagi reja asosida tashkil etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga koʻra oʻz vaqtida kelmagan tinglovchilarga oʻqishning tegishli yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Malaka oshirish va qisqa muddatli oʻquv kurslari tinglovchisi kursning oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija koʻrsatsa, kursning oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʻyicha yakuniy sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqa muddatli oʻquv kurslarida yakuniy sinov imtihoni oʻquv dasturida nazarda tutilgandagina oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Malaka oshirish kursi yakunida Institut direktori tomonidan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Malaka oshirish va qisqa muddatli oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikat elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) shaklida ham berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy sinov imtihonini topshirmagan tinglovchiga bir marotaba qayta topshirish uchun uch oygacha muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta topshirish natijasidan ham yakuniy sinov imtihonidan oʻtolmagan tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bunday holatda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Institut kengashi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi hamda oʻquv mashgʻulotlari jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tinglovchilar Institut kengashi tomonidan belgilangan oʻrinlarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tinglovchilar Institutda qayta tayyorlash kurslariga buyurtmachi tashkilotning yoki talabgorning tegishli murojaatiga koʻra suhbat asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilish toʻgʻrisidagi murojaatga talabgorning biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomining asl nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Suhbat Institut direktorining buyrugʻi bilan tashkil etilgan Suhbat komissiyasi tomonidan talabgorning soha boʻyicha tayanch bilimlari va tahliliy fikrlashini aniqlash nuqtai nazaridan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat oʻtkazish jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi. Videotasvir Institutda kamida bir yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Suhbat oʻtkazish jadvali Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi va Institutning rasmiy veb-saytida, qoidaga koʻra, suhbat boshlanishidan bir hafta oldin joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat boshlanishidan avval suhbat komissiyasi aʼzolaridan biri suhbat oʻtkazish tartibotlarini talabgorlarga tushuntiradi. Talabgor savollarga javob berib boʻlgan soʻng xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi va u komissiya raisi va suhbatda qatnashgan boshqa komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi. Suhbat komissiyasi bayonnomasi bir nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomada suhbat oʻtkazish joyi va sanasi, suhbatning boshlanish va yakunlanish vaqti, suhbatda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati, suhbatda qatnashgan talabgorlar va tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar, suhbat yakunlari boʻyicha komissiya qarori, shu jumladan suhbatdan oʻtgan deb topilgan talabgor kabilar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻqish uchun mablagʻlarni toʻlagan talabgor Institut direktorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Suhbat natijalari yuzasidan natijalar eʼlon qilingandan keyin 24 soat ichida Institutga shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi mumkin. Apellyatsiya tarkibi Institut direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Suhbat oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar yigʻma jildlarga tikilgan holda Institutda belgilangan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qayta tayyorlash kurslarida ishdan ajralgan holda oʻqish davomida tinglovchilarning asosiy ish joyidagi oʻrtacha ish haqini saqlab qolish masalasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qayta tayyorlash ikkinchi oliy taʼlim hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdori Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻqitish davomiyligi, qoida tariqasida, 24 haftani tashkil etadi. Institut zaruratga koʻra oʻqitish davomiyligi va oʻquv dasturlarining hajmiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oʻquv jarayoni Institut kengashi tomonidan tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi kursning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan barcha oraliq nazoratlar va yakuniy attestatsiyada ijobiy natija koʻrsatsa, kursning oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash kursining oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchi yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Qayta tayyorlash kursining yakuniy attestatsiyasini oʻtkazish uchun Institut direktori tegishli buyruq bilan yakuniy attestatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash kursining yakuniy attestatsiyasi yakuniy nazorat sinovlari va bitiruv ishini himoya qilish orqali oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga mazkur Nizomga 3-ilovada belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tinglovchilarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tinglovchilar oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonini yaxshilash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka oshirish, qayta tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslari bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tinglovchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻqishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv mashgʻulotlarida oʻz vaqtida shaxsan oʻzlari ishtirok etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlarini va yakuniy sinov imtihonlarini topshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz nazariy bilimlarini, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga tegishli boʻlgan mol-mulkni asrab-avaylashi, Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xohishiga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv intizomi va Institutning ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzrli sabablarsiz qayta tayyorlash kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini 30 (oʻttiz) soatdan va malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini 20 (yigirma) akademik soatdan ortiq qoldirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv rejasidagi fan (kurs)ni oʻzlashtirmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida oʻqitish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vafot etganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursi tinglovchilari safidan chiqarilganda, Institut bu haqida uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan bogʻliq hujjatlar Institutda belgilangan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Diplom yoki sertifikat yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda diplom yoki sertifikatning dublikati beriladi. Bunda ushbu shaxslar Institut direktoriga diplom yoki sertifikatning yoʻqotish, yaroqsiz holga kelish yoxud buzilish holati bayon etilgan ariza beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dublikat murojaat qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi

1. Manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishgan holda tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va Institutga malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun taqdim etadi.

Oʻquv yili boshida

Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)

2. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun Suhbat komissiyasini tuzadi va rasmiy veb-sahifasida qayta tayyorlash kurslariga suhbatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi.

Suhbat oʻtkaziladigan kundan bir hafta oldin

2-bosqich

Talabgor,

buyurtmachi tashkilot

Malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursida oʻzi yoki xodimlari ishtirok etishi toʻgʻrisida Institut direktori nomiga murojaat yoʻllaydi.

Oʻz xohishiga koʻra

3-bosqich

Institut

1. Buyurtmachi tashkilotning murojaatiga muvofiq malaka oshirish kurslari tinglovchilari guruhini shakllantiradi.

Belgilangan muddatlarda

2. Qayta tayyorlash kursi talabgorlari murojaatlarini qabul qiladi va Suhbat komissiyasi tomonidan suhbat oʻtkazadi.

Suhbat oʻtkazish grafigiga muvofiq

3. Suhbatdan oʻtgan talabgorlar bilan shartnoma tuzadi.

Oʻquv kursi boshlanishidan oldin

4-bosqich

Institut

1. Tinglovchilar uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tasdiqlangan dasturlar asosida tashkil etadi.

Oʻquv kursi davomida

2. Malaka oshirish kursining yakuniy sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga sertifikat beradi.

Oʻquv kursi yakunida

3. Qayta tayyorlash kursining yakuniy attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga diplom beradi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat

SHAKLI
 
NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi

Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti

Malaka oshirganlik haqida

SERTIFIKAT

MO № 000000

_________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20_____-yil _________________ dan 20______-yil _________________ gacha

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida jami ____________ soatga moʻljallangan ____________________________________________________________ boʻyicha

(malaka oshirish kursining nomi)

malakasini oshirdi.
 
Muhr oʻrni

yoki QR-kod

Direktor _____________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Sana ________________

Qayd raqami _____________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka oshirganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat
TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kulrangda bosib chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida davlat tilida “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti” va “Malaka oshirganlik haqida SERTIFIKAT” soʻzlari boʻladi. Sertifikat ikki harf — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda toʻrtta himoyaga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom

SHAKLI
 
NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi

Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT № 000000

_________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20_____-yil __________________ dan 20______-yil __________________gacha

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash

institutida ___________________________ soatga moʻljallangan

_________________________________________________________________________________

(qayta tayyorlash kursining nomi)

qayta tayyorlash kursida taʼlim olib, _____________________________________________________________________________

bitiruv-malaka ishini ___________ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Muhr oʻrni

yoki QR-kod
 
Direktor _____________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Sana ________________

Qayd raqami ____________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning
TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Varaqning qolgan qismida yuqorida davlat tilida “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti” hamda “Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki harf — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplom:

bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naqshli rastr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qogʻoz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son hamda 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son farmonlariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzurida Samarqand va Namangan viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega boʻlgan muassasa shaklidagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) huzuridagi “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan boy diniy-ilmiy merosini keng targʻib qiluvchi, diniy-maʼrifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi muassasa shaklidagi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 3-bandning “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “Markaz” soʻzi “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 7 va 10-bandlardagi “Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)