21.08.2025 yildagi PQ-260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning jahon madaniy xaritasidagi nufuzini yuksaltirish, zamonaviy sanʼat, tarixiy meros, kreativ iqtisodiyot va turizm uygʻunligini taʼminlash orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qoʻshish, shuningdek, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga va “Ijodkor shaharlar tarmogʻi” dasturiga kirgan, asrlar davomida ilm-fan, meʼmorchilik, hunarmandchilik va sanʼat markazi boʻlib kelayotgan koʻhna Buxoro shahrining oʻrni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentabr — noyabr oylarida Buxoro shahrida xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi (keyingi oʻrinlarda — Biyennale) oʻtkazib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Birinchi Biyennale 2025-yil 5-sentabr — 20-noyabr kunlari yuqori saviyada oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Biyennalening asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) mamlakatimizda zamonaviy va amaliy sanʼat, hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash hamda global madaniy makonga integratsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) kreativ industriyada taʼlim, tadqiqot va kasbiy mahoratni rivojlantirish, yurtimiz vakillarining jahonga mashhur usta-ijodkorlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish orqali xalqaro darajaga olib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) yurtimiz turistik jozibadorligini oshirish, madaniy meros obyektlarini sanʼat namoyishi maydonlariga aylantirish, muntazam qayta tashrif buyurishga boʻlgan qiziqishni shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tuzilsin, shuningdek, uning tarkibi va asosiy vazifalari 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, birinchi Biyennale doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Biyennale oʻtkaziladigan 14 ta madaniy meros obyektini koʻrgazma va tadbirlar, taʼlim va tadqiqot, ijodiyot va ishlab chiqarish jarayonlari uygʻunlashgan kreativ klasterga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) jahonga mashhur usta-ijodkorlar tomonidan 60 tadan koʻp art-obyekt, shu jumladan, installyatsiyalarni yaratish, ulardan Biyennale oʻtkaziladigan joyni badiiy bezashda foydalanish va ularning eng munosiblarini dunyo boʻylab koʻrgazmalarda namoyish etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) dunyoga taniqli ijodkor, mutaxassis va oshpazlar ishtirokida keng jamoatchilik uchun 10 haftalik ilmiy-maʼrifiy, madaniy-koʻngilochar, sayyohlik va gastronomik dasturlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) birinchi Biyennale maxsus katalogi va oʻzbek milliy taomlari retseptlar kitob-albomini chop etish, ulardan xalqaro miqyosdagi targʻibot vositasi va sovgʻalar toʻplami sifatida keng foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Buxoro Biyennalesi haqida hujjatli film yaratish, shuningdek, undan foydalanib mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) maxsus taʼlim dasturi asosida xalqaro darajadagi kuratorlarni tayyorlash hamda ularning jahonning yetakchi sanʼat maydonlarida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) 30 nafardan ortiq xalqaro ekspert, kurator va sanʼatshunoslar ishtirokida xalqaro akademik simpoziumni oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkaziladigan moddiy madaniy meros obyektlari (keyingi oʻrinlarda — Biyennale obyektlari) roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, Biyennale obyektlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) loyihalashtirish va asrashga doir ishlar boʻyicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) xorijiy taniqli mutaxassislar bilan hamkorlikda alohida konsepsiya va dizayn asosida obyektlarni badiiy yoritish va asrashga doir ishlarni tashkil etish, infratuzilmalarini yaxshilash, shuningdek, Tasviriy sanʼat muzeyining yangi ekspozitsiyasini yaratish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, Biyennale doirasida 2025-yil 31-dekabrga qadar Jamgʻarma va Madaniy meros agentligi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatlarga asosan va ular belgilagan subyektlar tomonidan import qilinadigan texnika, jihoz, asbob-uskuna, sanʼat asarlari va ularning qismlari, ashyolar va boshqa tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasi uch kun muddatda birinchi Biyennalega tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi, moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda xarajatlar smetasini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi G.O. Umerova hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 21-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-260-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
1-ILOVA

Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

G.O. Umerova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

3.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

4.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

5.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

6.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

7.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

8.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

9.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

10.

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

11.

B.B. Kudratxodjayev

favqulodda vaziyatlar vaziri

12.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

13.

B.K. Zaripov

Buxoro viloyati hokimi

14.

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

15.

U.R. Shadiyev

Turizm qoʻmitasi raisi

16.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

17.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

18.

J.O. Umarxodjayev

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi

19.

Sh.Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

20.

Z.G. Narzullayev

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

21.

A.A. Joʻrabayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

22.

A.A. Mannopov

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
2-ILOVA

Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi (keyingi oʻrinlarda — Biyennale)ga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Biyennaleni oʻtkazish boʻyicha belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, bu borada masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Biyennaleda ishtirok etish uchun nufuzli xalqaro ijodkorlarni jalb etish, ularning mahalliy ijodkorlar bilan hamkorlikda (kollaboratsiya) sanʼat asarlari, shuningdek, Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniyatidan ilhomlangan holda asarlar yaratishini ragʻbatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Biyennalening xalqaro madaniy diplomatiya va jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Biyennaleni oʻtkazishga xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari, homiylik xayriyalari va metsenatlik koʻmagini jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Biyennale doirasida yaratilgan asarlarning mamlakatimiz va xorijdagi koʻrgazmalarda namoyish etilishiga, shuningdek, nufuzli xalqaro auksionlar va savdo maydonchalarida sotilishiga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Zaruratga koʻra, Biyennale oʻtkaziladigan kunlarni uzaytirish va oʻzgartirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmogʻida Biyennale tadbirlari keng yoritilishini va targʻib qilinishini tashkil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni tezkor hal etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
3-ILOVA

Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkaziladigan moddiy madaniy meros obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

Obyekt nomi

Joylashgan manzil

1.

Magʻoki Attori masjidi

Buxoro shahri Mehtar Ambar koʻchasi

2.

Fathullajon karvonsaroyi

Buxoro shahri Haqiqat koʻchasi

3.

Ayozjon karvonsaroyi

Buxoro shahri Haqiqat koʻchasi

4.

Tasviriy sanʼat muzeyi (Passaj-1)

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

5.

Olimjon karvonsaroyi

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

6.

Abdurahmon Aʼlam madrasasi

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

7.

Gavkushon madrasasi va ansambli

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

8.

Rashid madrasasi

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

9.

Xoʻja Kalon masjidi va minorasi

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

10.

Noʻgʻay karvonsaroyi

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

11.

Ulugʻbek tamokifurushon karvonsaroyi

Buxoro shahri Haqiqat koʻchasi

12.

Toqi sarrafon meʼmoriy yodgorligi

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

13.

Pochchoqul hoja masjidi

Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband koʻchasi

14.

Ahmadjon karvonsaroyi

Buxoro shahri Haqiqat koʻchasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:

Buxoro viloyati hokimligi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Madaniy meros agentligi bilan birgalikda ushbu obyektlarni va ularning infratuzilmasini tadbirlar oʻtkazilishiga tayyorlash va obodonlashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu obyektlarda xorijiy taniqli mutaxassislar bilan hamkorlikda alohida konsepsiya va dizayn asosida obyektlarni badiiy yoritish va asrashga doir ishlarni tashkil etish, infratuzilmalarini yaxshilash, shuningdek, Tasviriy sanʼat muzeyining yangi ekspozitsiyasini yaratish bilan bogʻliq chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi “Buxoro viloyatida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish va turizmni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-287-son qaroriga muvofiq Buxoro shahri hududidagi madaniy meros obyektlarini 2024 — 2026-yillar davomida restavratsiya, tiklash va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
4-ILOVA

Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika budjeti mablagʻlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratilgan mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Savdo-sanoat palatasining Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi doirasida sanʼat asarlarini yaratishga mahalliy hunarmandlarni jalb qilish, ular tomonidan hunarmandchilik mahsulotlarini yaratish va mahalliy xomashyolarni sotib olish boʻyicha xarajatlarini qoplab berish uchun Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan ajratilgan mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Buxoro viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Metsenatlik koʻmagi va homiylik xayriyalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qarori bilan tasdiqlangan Buxoro viloyatida kichik va oʻrta biznes, xizmat koʻrsatish va turizmni rivojlantirish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yoʻnalishlarining IV boʻlimida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) oʻn uchinchi xatboshidagi “Tasviriy sanʼat muzeyi” soʻzlari “Tasviriy sanʼat muzeyi, shu jumladan, ushbu muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sitorai Mohi Xosa saroyi muzeyi, shu jumladan, ushbu muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qarori bilan tasdiqlangan Shovot tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturining 22-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 07/25/260/0774-son)