30.07.2025 yildagi 477-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari patrul-post xizmati boʻlinmalarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron murojaat qilish va xizmat koʻrsatishni elektron shaklda amalga oshirish imkoniyati yoʻlga qoʻyilmaganligi aholining ortiqcha ovoragarchiligiga sabab boʻlmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida xizmatlar koʻrsatishni rasmiylashtirishni raqamlashtirish orqali aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish boʻyicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini Ichki ishlar vazirligining “E-patrul” tizimi orqali koʻrsatish imkoniyati yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish boʻyicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalariga anʼanaviy (ogʻzaki yoki yozma) tarzda murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalariga murojaat qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va ularni rad etish asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda shartnomaviy-huquqiy asosda xizmat koʻrsatish yuzasidan YIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron murojaat qilish uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 30-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
477-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 477-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI

1. Ushbu Reglament ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Reglament ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga, shuningdek, yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha namoyishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar gavjum boʻladigan joylar — bozorlar, yirik savdo, koʻngilochar, dam olish majmualari va markazlari hamda aholi koʻp boʻladigan boshqa joylar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma — vakolatli organ tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida pulli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha talabgor bilan tuziladigan yozma shakldagi kelishuv.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar vakolatli organ tomonidan ushbu joylarda faoliyat koʻrsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Talabgor fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun vakolatli organga ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha elektron murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha murojaat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgordan boshqa maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron imzo) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Talabgor tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha vakolatli organga murojaat yuborish va uni koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Soʻrovnoma vakolatli organga kelib tushgandan soʻng oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatni koʻrib chiqishda vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum boʻladigan joyni koʻzdan kechiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Fuqarolar gavjum boʻladigan joyni koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzilib, unda obyekt hududining chegarasi, shaxsiy tarkibning talab etiladigan soni, xizmat xonalari, post va marshrutlarning joylashuvi, javobgarlik hududi, xodimlarning xizmatni oʻtash vaqti hamda tartiblari belgilanadi, shuningdek, shartnoma loyihasi ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasi tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Fuqarolar gavjum boʻladigan joyning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasida vakolatli organ xizmatini tashkil etishning alohida shartlari koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun vakolatli organ boʻlinmasi shaxsiy tarkibining soni, post va patrul yoʻnalishlarining joylashuvi, shuningdek, xizmatni oʻtash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat tartibini saqlash boshqarmasi koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ularni besh ish kunidan kechiktirmagan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari rahbariyatiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoxud viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasida obyektlar chegarasini, vakolatli organ boʻlinmasining javobgarlik zonalarini, post va patrul yoʻnalishlarining joylashuvi, soni hamda koʻrsatiladigan xizmatlar smeta qiymatini belgilashda jiddiy kamchiliklar aniqlanganda, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga) mazkur kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish tartiblari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shartnoma loyihasi amaldagi qonunchilikka muvofiq boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari uch ish kunidan oshmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga talabgor bilan shartnoma tuzish hamda vakolatli organ boʻlinmasi xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Talabgor tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Shartnoma tuzish va vakolatli organ boʻlinmasi xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Vakolatli organ zimmasiga yuklangan vazifalarni qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgandan soʻng amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat xizmatini koʻrsatish talabgor tomonidan shartnoma talablari bajarilmagan yoki vakolatli organ zimmasiga uning xizmat vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar yuklangan taqdirda rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlari vakolatli organ boʻlinmalari naryadlarining faoliyatini tashkil etish orqali koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Vakolatli organ boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish va ularni moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlash tuzilayotgan shartnomalar boʻyicha tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Vakolatli organ boʻlinmasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi va vaqti, post va marshrutlarning joylashuvi hamda javobgarlik hududlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi tomonidan talabgor bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Fuqarolar gavjum boʻladigan joy bir nechta tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan taqdirda, xodimlarning xizmatni oʻtash tartibi va vaqti, post va marshrutlarning joylashuvi hamda javobgarlik hududlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Xodimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshliqlari taqdimnomasiga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoxud viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Vakolatli organ boʻlinmalarining boshqaruv apparati va komandirlar tarkibining umumiy soni (otryad, guruh komandirlari) shartnomalarga asosan ajratilgan shtat birliklarining toʻrt foizidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Vakolatli organ boʻlinmalarining amaldagi shartnomalar asosida kiritilgan shtat birliklari belgilangan tartibda qisqartiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish tariflari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida ushbu tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) orqali belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining budjetdan tashqari maxsus hisobraqamlariga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablagʻlar xodimlarga oylik maosh berish, ularni moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish, vakolatli organ boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini, jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash va yangilash uchun sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Talabgor vakolatli organ va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ushbu reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan murojaatni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

1. Shartnoma tuzish uchun ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtadi.

2. Murojaat yuborish uchun arizani toʻldiradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Ichki ishlar organining patrul-post xizmati boʻlinmasi

Arizaga kiritilgan talabgorning maʼlumotlari haqqoniyligi va toʻliqligini tekshiradi.

Oʻn ish kuni ichida

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat tartibini saqlash boshqarmasi

Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarni koʻzdan kechiradi hamda koʻzdan kechirish dalolatnomasini va ushbu joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma loyihasi hamda boshqa materiallarni tayyorlaydi.

Besh ish kuni ichida

4-bosqich

Talabgor va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzadi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

Materiallarni koʻrib chiqib, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzish va vakolatli organ xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritadi.

Uch ish kuni ichida

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Taqdimnomani koʻrib chiqib, vakolatli organ xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Uch ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. Yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli:

2. STIR:

3. Joylashgan joyi (pochta manzili):

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

II. Murojaat haqida maʼlumot

1. Murojaat mazmuni:

2. Jamoat tartibini saqlash xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish maqsadi:

3. Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatishda fuqarolar gavjum boʻladigan joyning nomi:

4. Fuqarolar gavjum boʻladigan joyning manzili:

5. Fuqarolar gavjum boʻladigan joydagi bino va inshootlar hamda ular atrofidagi hududning sxemasi:

PDF, PNG yoki JPEG formatida (50 Mbdan oshmagan hajmda)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 477-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 9-oktabrdagi 808-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 442-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 09/25/477/0673-son)