14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3647
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori, 14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3647
Дата вступления в силу
14.07.2025
Hujjat 14.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3647]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2025-yil 11-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 5-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
08/270-son

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 3-mh-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 08/270-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish hamda ularga elektron sertifikat (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruvchi — maktabning 11-sinfini tamomlaydigan va kasb-hunarni oʻrgangan oʻquvchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat — kasb-hunarga oʻqitish dasturi doirasida amaliy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga beriladigan elektron hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron platforma — soʻrovnoma va testlar orqali oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlashga moʻljallangan hamda sertifikat shakllanadigan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim fani — maktabning 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish uchun joriy etilgan fan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha amaliy imtihon oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha amaliy imtihon (bundan buyon matnda amaliy imtihon deb yuritiladi) oʻtkaziladigan kun va vaqt maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi va bu haqida amaliy imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin hududiy kasbiy koʻnikmalar markaziga rasmiy xabar beriladi hamda maktabning kirish qismiga osib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Amaliy imtihonni oʻtkazish uchun maktab direktorining buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan iborat tarkibda amaliy imtihon oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiya quyidagi tarkibdan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya raisi — maktab direktori (u boʻlmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya aʼzolari — maktab direktorining oʻrinbosari (komissiya kotibi), kasbiy koʻnikmalar markazi xodimi, ikki nafar texnologiya fani oʻqituvchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibiga kasb-hunar yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlar va soha mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaliy imtihonning har bir kasb turi boʻyicha baholash mezonlari va amaliy imtihon savollari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Amaliy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Amaliy imtihonda uzrli sabablarga koʻra (bitiruvchining yoki yaqin qarindoshining betobligi (tibbiy maʼlumotnoma asosida), yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining nikoh tuzishi, respublika yoki xalqaro olimpiada va tanlovlarda maktab nomidan ishtirok etganligi, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) ishtirok etmagan yoki amaliy imtihonda 55 ball va undan past natija koʻrsatgan bitiruvchiga amaliy imtihon yakunlangan kundan eʼtiboran Komissiya qaroriga asosan ikki hafta ichida amaliy imtihonni qayta topshirishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruvchi amaliy imtihonni qayta topshirishda 55 ball yoki undan kam ball toʻplasa, unga sertifikat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Uzrsiz sabablarga koʻra amaliy imtihonda qatnashmagan bitiruvchilarga amaliy imtihonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Amaliy imtihon orqali bitiruvchilarning oʻrgangan kasb-hunar taʼlimi dasturi boʻyicha bilim va kompetensiyalarining shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaliy imtihon 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrgangan kasbiy taʼlim fani oʻquv dasturlari asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Amaliy imtihonda amaliy topshiriqni bajarish uchun har bir kasbning murakkabligi va xususiyatidan kelib chiqib, 120 daqiqagacha vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Amaliy imtihonda bitiruvchi bitta amaliy topshiriqni bajaradi va umumiy 100 ballik tizimda Komissiya aʼzolari tomonidan quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

86 — 100

aʼlo

72 — 85

yaxshi

56 — 71

qoniqarli

0 — 55

qoniqarsiz

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchi amaliy imtihondan oʻtgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Amaliy imtihon maktabning kasb-hunar oʻrgatiladigan xonalarida yoki tegishli korxonalarda, kasbiy taʼlim muassasalarida ular bilan kelishgan holda tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun maktab imtihon oʻtkazish joyini kerakli jihozlar, oʻlchov asbob-uskunalari, texnik hujjatlar hamda xomashyo materiallari bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Amaliy imtihon boshlanishidan oldin komissiya aʼzolaridan biri bitiruvchilarni imtihon shartlari, texnik shartlar, baholash mezonlari, vaqt meʼyorlari va xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sertifikatni shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maktabda elektron platformadan foydalanish hamda sertifikatni shakllantirish boʻyicha maktab direktorining buyrugʻi bilan masʼul shaxs belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul shaxs boshqa ishga oʻtgan taqdirda yoki lavozimidan ozod etilganda, uning oʻrniga tayinlangan yoki vazifasini vaqtincha bajarib turgan shaxsga mazkur vazifa yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻquv yili davomida kasbiy taʼlim fanidan bitiruvchining choraklik baholari kasbiy taʼlim ustasi tomonidan elektron platformaga kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Har yili 25-iyunga qadar kasbiy taʼlim fanidan amaliy imtihon baholari elektron platformaga kiritiladi hamda maktabning pedagogik kengashi bitiruvchilarga sertifikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bitiruvchi haqidagi barcha maʼlumotlar elektron platformaga kiritilganidan soʻng sertifikat avtomatik tarzda shakllanadi hamda maktab va kasbiy koʻnikmalar markazi direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Bitiruvchilarga sertifikat har yili 30-iyunga qadar, amaliy imtihonni qayta topshirgan bitiruvchilarga 10-iyulga qadar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bitiruvchilar tomonidan sertifikat elektron platforma orqali bepul yuklab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Maktabda bitiruvchilarga berilgan sertifikatlarning reyestri (sertifikatlarni roʻyxatga olish kitobi) yuritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrning yuritilishi va saqlanishiga maktab direktori shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Maktabda kasb-hunar oʻrgangan bitiruvchilarga beriladigan sertifikatning tavsifi va davlat namunasi mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Bitiruvchilarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bitiruvchilarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan amaliy imtihon oʻtkazish kunidan kamida 15 kun oldin tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi 1 nafar tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimi hamda oʻqitilgan kasb-hunar turi boʻyicha 2 nafar malakali mutaxassislardan iborat tarkibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Komissiya aʼzolari kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Amaliy imtihon natijalaridan norozi boʻlgan bitiruvchilar amaliy imtihon natijasi eʼlon qilingan kunning oʻzida apellyatsiya komissiyasiga yozma shaklda shikoyat arizasi berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Shikoyat arizasi apellyatsiya komissiyasi tomonidan shu kunning oʻzida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan bitiruvchi mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat arizasini koʻrishda bitiruvchining imtihonda olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan bitiruvchiga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Apellyatsiya komissiyasining amaliy imtihon natijalariga oʻzgartirish kiritish va bitiruvchini amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori asosida bitiruvchiga tegishli sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Apellyatsiya komissiyasining qarori ustidan bitiruvchi yoki uning qonuniy vakillari (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasb-hunar oʻrgangan bitiruvchilarga beriladigan sertifikatning

TAVSIFI

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasb-hunar oʻrgangan bitiruvchilarga beriladigan elektron sertifikat A4 (297x210mm) oʻlchamli koʻrinishga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uning yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari 24 shrift hajmida yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining 30 mm diametrli tasviri tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyi qismiga “SERTIFIKAT” soʻzi koʻk rangda 48 shrift hajmida, “CERTIFICATE” koʻk rangda 24 shrift hajmida yoziladi. Sertifikatda S harfi va sakkizta raqamli tartib raqami va matnlar 14 shrift hajmida yoziladi (familiyasi, ismi, otasining ismi, taʼlim muassasasi soʻzlari 10 shrift hajmida yoziladi). Elektron sertifikat maktab direktori hamda kasbiy koʻnikmalar markazi direktori tomonidan elektron platforma orqali imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasb-hunar oʻrgangan bitiruvchilarga beriladigan sertifikatning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT NAMUNASI

OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI

REPUBLIC

OF UZBEKISTAN

SERTIFIKAT

CERTIFICATE

S № 00000000

________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

20____-20____-oʻquv yili davomida / during the academic year

______________ viloyati ___________ tumani(shahar)dagi ____-sonli maktabda

(taʼlim muassasasi / educational organization)

____________________________________________________________________

kasbi boʻyicha 204 soatlik oʻquv soatini tamomladi / having completed 204 training hours by profession

Maktab direktori

/ Director of secondary school

_____________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

Kasbiy koʻnikmalar markazi direktori

/ Director of the vocational skills center

_____________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

Berilgan sana / Date of issue

______________________

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3647/0613-son; 04.04.2026-y., 10/26/3647-1/0312-son)