07.07.2025 yildagi PF-110-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, respublikaning issiqxona gazlari emissiyasini global miqyosda kamaytirishga qo‘shayotgan hissasini yanada kengaytirish hamda xalqaro uglerod birliklari bozoriga chiqishini tashkil etish orqali investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, kam uglerodli rivojlanish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali “uglerod izi”ni kamaytirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etish tartibini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Parij bitimi talablariga muvofiq, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 35 foizga qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatining to‘liq bajarilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) respublikaning issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda xalqaro uglerod birliklari bozoriga chiqishini ta’minlash orqali investitsiyalarni jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasida Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq xalqaro uglerod birliklari, shuningdek, xalqaro yumshatish natijalari shaklidagi uglerod birliklari (ITMO) (keyingi o‘rinlarda — uglerod birliklari (ITMO) bozorida ishtirok etish tartibi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, uglerod birliklarini O‘zbekiston Respublikasining Milliy miqyosda belgilangan hissasi (NDC) doirasida qamrab olingan va issiqxona gazlari xatlovida aks ettirilgan faoliyatlar turlariga muvofiq ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining Milliy miqyosda belgilangan hissasining (NDC) xalqaro moliyaviy ko‘mak hisobiga bajariladigan shartli majburiyatlar qismida aks ettirilgan xalqaro uglerod birliklari bozoridagi faoliyatlarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) uglerod birliklari (ITMO)ning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 20 foiz hajmi barcha uglerod birliklari savdosiga yo‘naltiriladigan loyihalar doirasida O‘zbekiston Respublikasining issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish bo‘yicha majburiyatini bajarish hamda uglerod birliklarini me’yordan ortiq sotish xavfini (overselling risk) kamaytirish maqsadida saqlab qolinadi hamda ushbu hajmni xalqaro savdoga chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 80 foiz hajmi xalqaro uglerod birliklari bozoridagi savdolarga yo‘naltiriladi, bundan xorijiy va mahalliy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik yoki boshqa shaklda davlat tashkilotlari va korxonalari ishtirokida (buyurtmachiligida) amalga oshirilgan loyihalardan (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi loyihalar) yuzaga keladigan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasarruf qilinadigan uglerod birliklari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) davlat ishtirokidagi loyihalar doirasida uglerod birliklarining savdoga yo‘naltiriladigan miqdori, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni jalb qilish va uglerod birliklari savdosidan tushadigan tushumlarni taqsimlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) har bir uglerod birligi uchun Davlat budjetiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda yig‘im undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki, uglerod birliklari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobini yuritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Milliy uglerod birliklari reyestri orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb qilgan holda 2026-yil 1-yanvardan boshlab Milliy uglerod birliklari reyestrini ishga tushirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etishni muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) uglerod birliklari (ITMO) savdosida Parij bitimining 6-moddasi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) davlat ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan uglerod birliklari (ITMO) savdosining yillik va loyihalar kesimida hajmini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq, Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ (Designated National Authority — (DNA) — Iqtisodiyot va moliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) xalqaro uglerod birliklari bozoridagi ishtirokchilar faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) xalqaro uglerod birliklari bozorini samarali tashkil etish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) xalqaro uglerod birliklari bozori faoliyatini muvofiqlashtirishga oid yo‘riqnomalar va hujjatlar shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) uglerod birliklarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish va ularni savdoga chiqarishga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan uglerod birliklari savdosining yillik va loyihalar kesimida hajmi bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Kengashga tasdiqlash uchun kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(vi) davlat ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasarruf qilinadigan uglerod birliklari savdosini tashkil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ikki oy muddatda xalqaro uglerod birliklari bozorlarida ishtirok etish va loyihalarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ikki oy muddatda uglerod birliklari savdosi bo‘yicha loyihalarni baholash va ularning mamlakatning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro majburiyatlariga ta’sirini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi hamda sohaviy ekspertlardan iborat tarkibda Uglerod birliklari bozori maslahat ishchi guruhini tuzish yuzasidan Kengashga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) uch oy muddatda xalqaro uglerod birliklari savdosini amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar ro‘yxatini shakllantirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) 2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga uglerod birliklarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish va ishlab chiqarilgan uglerod birliklarini savdoga chiqarishga ruxsat berish hamda savdoga chiqariladigan hajmni tasdiqlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xalqaro tajribani o‘rganish asosida tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 7-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-110-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 06/25/110/0585-son)