23.06.2025 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan Oliy sud Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va protsessual huquq normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-bandining oltinchi xatboshisi oltinchi va yettinchi xatboshisi deb, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sud er va xotinning yoki ulardan birining arizasiga koʻra, yarashish uchun berilgan muhlatni jiddiy asoslar mavjud boʻlgan hollarda qisqartirishga va ishni bu muhlat tugagunga qadar koʻrishga haqli. Agar arizada shaxsning oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlanganligi asos sifatida koʻrsatilib, bu haqda sud hujjati taqdim etilsa, sud yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartiradi va ishni koʻrishga tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yoʻli bilan hal etiladi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“151. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 40-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nikoh erkak va ayolning oʻzaro birgalikda yashash va oila qurishga qaratilgan ittifoqi hisoblanishi sababli oilaviy (maishiy) zoʻravonlik holati faqatgina er yoki xotin tomonidan sodir etilgan boʻlishi lozimligi eʼtiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oilaning boshqa aʼzolari tomonidan zoʻravonlikka yoʻl qoʻyilganligi yarashish uchun muhlat tayinlamaslikka asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarashish uchun muhlat tayinlamasdan nikohdan ajratish haqidagi talab oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning daʼvo arizasida, shuningdek sud muhokamasi davomida taqdim etilgan yozma arizasida koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik deb — Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 1261-moddasida nazarda tutilgan qilmishlar tushunilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlanganligi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishi boʻyicha chiqarilgan sud hujjati bilan tasdiqlanishi bois, sud bunday holatni tekshirishda maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoiy qilmish yuzasidan qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi hamda uni talab qilib olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 1261-moddasida nazarda tutilgan qilmish sodir etilgandan soʻng taraflar oilaviy munosabatlarni davom ettirib, keyinchalik ulardan biri sudga nikohdan ajratish haqidagi daʼvo ariza bilan murojaat qilgan va oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan taraf muddat tayinlamasdan nikohdan ajratish talabini ilgari surgan boʻlsa, sud er-xotin birga yashagan davrida zoʻravonlik holati qayta sodir boʻlgan yoki boʻlmaganligini tekshirishi va bu holatga boshqa dalillar majmui bilan baho berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirilsinki, arz qiluvchiga himoya orderi berilganligining oʻzi taraflarga yarashish uchun muhlat bermaslikka asos boʻlmaydi. Bunda, sudlarning eʼtibori himoya orderining mavjudligi oila barbod boʻlgan deb hisoblash uchun yetarli asos boʻlmasligi va mazkur holatga ham ishdagi boshqa dalillar majmui bilan birgalikda baho berilishi lozimligiga qaratilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli qarori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 32-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq, uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila aʼzosi oʻrtasidagi turar joydan foydalanish bilan bogʻliq nizolar (uyga kiritish, uydan koʻchirish, foydalanish tartibini belgilash, uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va h.k.) hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda sud, mulkdorning oila aʼzolari va u bilan birga yashayotgan fuqarolar turar joydan teng foydalanish huquqiga ega ekanligini inobatga olib, sarf qilingan xarajatlardagi ulush miqdorini uyda yashayotgan barcha shaxslarni inobatga olgan holda belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud turar joyga majburiy tartibda kiritish haqidagi nizolarni hal etishda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqi toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklashda taraflarning kelishuvga erishganligiga alohida eʼtibor qaratishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday kelishuvga erishilganligi taraflar oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuv bitimi yoki mulkdor va kiritilayotgan shaxsning yozma arizalari bilan tasdiqlanadi. Kelishuvga qanday usulda erishilganligiga qarab sud ishni kelishuv bitimini tasdiqlab, ish yuritishni tugatadi yoxud hal qiluv qarori qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joyning mutanosib sharoitlarga ega ekanligi fuqaroning normal turmush kechirishi uchun yetarli boʻlgan shart-sharoitlar (kommunal tarmoqlarga ulangan, sanitariya va gigiyena talablariga javob beradigan va h.k) mavjudligi bilan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqi toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklash masalasini hal etishda ijara shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 539 va 574-moddalari talablariga muvofiq tuzilganligi va tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoxud soliq organida hisobga qoʻyilganligini tekshirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara shartnomasi bekor qilingan holatda turar joyga kiritishni talab qilayotgan shaxs mulkdorga nisbatan uyga kiritish haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish huquqini saqlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, mulkdorga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish haqidagi daʼvoni qanoatlantirish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirilsinki, sobiq mulkdor va uning oila aʼzolari uy-joyni oldi-sotdi shartnomasiga asosan begonalashtirganda, shartnomada koʻrsatilgan kundan, agar shartnomada ularning roʻyxatdan chiqish muddati kelishilmagan boʻlsa, shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb hisoblanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 23-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-son