07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3642
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3642
Дата вступления в силу
08.07.2025
Hujjat 08.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxatini tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3642]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi hamda “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga ​​​​​​​muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor D. LI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 25-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 25-iyundagi 13-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan shaxslar va ularning oila aʼzolari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va (yoki) “Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Voyaga yetmagan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Prokuratura organlari, ichki ishlar, milliy gvardiya va bojxona organlari xodimlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Harbiy xizmatchilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xizmatni oʻtash vaqtida qoʻriqlash boʻlinmalarining harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining xodimlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Chet el fuqarolari — xorijiy davlatlar vakolatli organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali ularning fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishini taqiqlash boʻyicha soʻrovlari asosida.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3642/0581-son; 07.03.2026-y., 10/26/3642-1/0217-son)