19.08.2005 yildagi PQ-158-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY XIZMATCHILARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida keyingi yillarda Qurolli Kuchlarni islohotlashtirish, zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan jihozlangan, turli vaziyatlarda mamlakat xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash boʻyicha murakkab vazifalarni bajara oladigan son jihatidan ixcham, harakatchan va mukammal boʻlinmalarni tashkil etish borasida miqyosi va mazmuniga koʻra katta ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuning bilan birga harbiy xizmat nufuzini va harbiy xizmatchilarning kasb mahoratini oshirish, ularning ijtimoiy muhofazasi masalalari doimo davlatning diqqat markazida boʻlib, Vatan himoyachilari toʻgʻrisidagi alohida gʻamxoʻrligining asosini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlarni isloh etishdan iborat mana shu gʻoyat muhim vazifalarni hal qilishda mamlakat hukumati tomonidan armiyani modernizatsiyalashtirish jarayonida boʻshaydigan resurslar izlanmoqda va yoʻnaltirilmoqda. Chunonchi, 2002-yildan boshlab 20 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilindi va ularga muvofiq harbiy unvonlar boʻyicha maoshlar 2 baravardan koʻproq oshirildi, turli toifalardagi harbiy xizmatchilar uchun mansab maoshlarining yangi miqdorlari belgilandi. Qurolli Kuchlarning har xil turlari harbiy xizmatchilarining kasb mahorati oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida aʼlo xizmat, malaka darajalari uchun pul mukofotining qoʻshimcha turlari hamda iqlim sharoitlari ogʻir boʻlgan joylardagi xizmat uchun hududiy koeffitsiyentlar toʻlash belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning oylik pul taʼminoti 2 baravardan ortiq koʻpaytirildi, ular zaxiraga boʻshatilganida beriladigan nafaqa eng kam ish haqining 0,4 qismidan 8 baravarigacha oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil etish, ularni oziq-ovqat bilan taʼminlashning zamonaviy meʼyor va talablari belgilandi. Turarjoylar ijarasi uchun kompensatsiya miqdorlari oʻrta hisobda 50 foiz oshirildi. Harbiy qismlarning infratuzilmasini takomillashtirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun zamonaviy ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha turli dasturlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatning nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish vazifalarini amalda hal etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2005-yilning 1-sentabridan boshlab muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich nulinchi razryadga nisbatan 1,30dan 1,81gacha koeffitsiyentlar oʻrnatilgan holda mansab maoshlari miqdori 1,2 baravar;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi PF-5390-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlari hamda kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarining mansab maoshlariga mavjud 15 foizli oylik ustama haq bekor qilinib, ilovaga* muvofiq harbiy unvonlar boʻyicha maoshlarning yangi miqdorlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yilning 1-sentabridan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlari va kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarining pul taʼminotiga belgilangan xizmat muddatini oʻtaganlik uchun oylik foizli ustama haq miqdorlari quyidagicha belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 yildan 5 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 15 %;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 yildan 10 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 25 %;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 yildan 20 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 30 %;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 yildan ortiq xizmat muddatini oʻtaganda — 30 %.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mudofaa vazirligi (Q. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Subanov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) Moliya vazirligi (S. Rahimov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda pul taʼminoti tuzilmasini maqbullashtirishni, harbiy xizmatchilarning kasb mahorati oʻsishini ragʻbatlantirmaydigan toʻlovlarni bekor qilishni nazarda tutgan holda tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratiladigan davlat resurslaridan, moddiy-texnika vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, Qurolli Kuchlarni mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika va qurol-aslahalar bilan jihozlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun zamonaviy ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish borasidagi maqsadli vazifalarni hal etish uchun moddiy va moliyaviy resurslarning qoʻshimcha manbalarini aniqlash boʻyicha boshlangan ishlarni davom ettirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar xizmatdan boʻshatilganida beriladigan pul miqdorini oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruv zaxirasi mablagʻlari” Maxsus hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu qarorni bajarish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur qarorning talablarini hisobga olgan holda koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va idoralarning xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 19-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-158-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 245-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)