23.05.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2920-6
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.05.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2920-6]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 265-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 934-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. TASHKULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 19-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Mazkur Nizom talablarining attestatsiya qismi boʻyicha amal qilishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yuridik xizmatlari xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari va uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir kotibiyatining tarkibiy boʻlinmalari hamda Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlarining boshqaruv xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasi va ish stajiga muvofiq, egallab turgan lavozimini, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni, shuningdek qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlarini hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boʻlinmalari yuridik xizmat xodimlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining tavsiyanomalariga koʻra, shuningdek oʻz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyati rahbarining tavsiyanomasiga asosan Bosh vazir kotibiyati rahbarining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan oʻrinbosarlariga, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 va 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi martaba darajalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“13. Martaba darajalarini berish uchun davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga tavsiyanoma bilan murojaat qilinadi (xodim Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga koʻra martaba darajalariga tavsiya etilgan hollar bundan mustasno). Mazkur tavsiyanomaga xodimning kasbiy faoliyati, ishchanlik va axloqiy jihatlari aks ettirilgan maʼlumot-tavsifnoma, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat, malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi, attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (qonunchilikka koʻra attestatsiyadan oʻtkazilmaydigan xodimlar bundan mustasno), oldingi ish yoki xizmat joyida maxsus unvonlar berilganligini tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi (agar maxsus unvonlar berilgan boʻlsa) ilova qilinadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 14-banddagi “Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar” degan soʻzlar “Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 17-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur buyruq asosida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasi “Yurist-adliya” elektron tizimiga avtomatik tarzda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 20-banddagi “Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar” degan soʻzlar “Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)