23.05.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2919-3
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.05.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2919-3]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 264-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2919, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 933-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartib toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. TASHKULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 19-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 12-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yuridik xizmatlari xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari va uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir kotibiyatining tarkibiy boʻlinmalari hamda Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlarining boshqaruv xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga tatbiq etilmaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. Martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilari tomonidan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilari tomonidan koʻrib chiqiladi hamda tegishli takliflar bilan attestatsiya oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish uchun attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2919-3/0468-son)