Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.01.2004 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 01.01.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QarorI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI RESPUBLIKA ORGANLARINING BOShQARUV XODIMLARI SONINI MAQBULLAShTIRISh VA QISQARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son va “Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-son Farmonlariga muvofiq hamda boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish va ular faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga* muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari oʻrinbosarlari lavozimlarini qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari apparatlari hamda ularga qarashli muassasalar va tashkilotlar boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 2 va 3-ilovalarga* muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1—3 ilovalar rus tiladgi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshqaruv samaradorligini oshirish manfaatlari yoʻlida aʼzolik badallari va xayriya faoliyati hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan jamgʻarmalar, ijodiy va kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlariga Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining takliflari asosida oʻz apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch kun muddatda boshqaruv apparatining boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha tegishli komissiyalar tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda markaziy ijro etuvchi apparatlarda va tegishli tarkibiy boʻlinmalarda qisqartiriladigan lavozimlar roʻyxatini aniqlasinlar hamda qisqartiriladigan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2004-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot, shuningdek xodimlarning belgilangan cheklangan soniga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish uchun yilning har choragi asosida boshqaruv xodimlari, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni toʻgʻrisida axborot taqdim etilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda ishdan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar va bu borada koʻmaklashsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yildan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet muassasalari va tashkilotlarining shtat jadvallari va xarajatlari smetalarini mazkur qaror bilan belgilangan boshqaruv apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga hamda xizmat koʻrsatadigan va texnik xodimlar soni nisbatining belgilangan hisoblab chiqilgan normativlariga qatʼiy muvofiq holda roʻyxatdan oʻtkazsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soniga hamda xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan normativlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin. Monitoring natijalari toʻgʻrisida har yili 25-yanvargacha va har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan yuqori malakali xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (R.S. Azimov) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv apparati xodimlari sonining mazkur qarorga muvofiq qisqartirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin hamda natijalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2004-yil 1-fevralgacha axborot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 10-modda, 3-son, 33-modda, 12-son, 143-modda, 19-son, 220-modda, 29-son, 333-modda, 31-son, 353-modda, 31-son, 356-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda; 2006-y., 14-son, 116-modda, 22-son, 195-modda, 31-32-son, 322-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2017-y., 35-son, 929-modda)