Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarning 8-bandiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3413-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 6-dekabrdagi 3-2022-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3413, 2023-yil 13-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 10/23/3413/0023-son) bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarning 8-bandida:
birinchi xatboshi “yozma” degan soʻzdan keyin “(qogʻozda yoki elektron)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektron shakldagi mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida rasmiylashtiriladi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktorning birinchi oʻrinbosari A. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-aprel,
1-2025-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2025-yil 1-aprel
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 27-mart
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2025-y., 10/25/3413-1/0337-son)