02.04.2025 yildagi PQ-134-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazish davrida aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambagʻal oilalar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestrlar) kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli boʻyicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha — oyiga bazaviy meʼyordan 150 kVt soatgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha — isitish mavsumida oyiga bazaviy meʼyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meʼyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “mahalla yettiligi” tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi shaxslar hamda yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) qoʻshimcha ravishda shakllantiriladigan roʻyxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar “mahalla yettiliklari” tomonidan respublika boʻyicha har bir mahalla kesimida qoʻshimcha roʻyxatlar shakllantirilishini taʼminlasin. Bunda hokimliklar tegishli tuman (shahar) boʻyicha Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmagan holda ehtiyojmand oilalar soniga mahallalar kesimida oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Moliyaviy resurslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror bilan belgilanayotgan moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlarini hamda ushbu toʻlovlar boʻyicha AT “Xalq banki” xizmatiga haq toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlarni ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiq qoʻshimcha roʻyxatlarni shakllantirish hamda kompensatsiya va moddiy yordam toʻlovlarini toʻlash tartibini tasdiqlasin. Bunda tuman (shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda “mahalla yettiligi”ning vazifalari aniq belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) AT “Xalq banki” bilan birgalikda joriy yil noyabr oyida bir martalik moddiy yordam toʻlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi bir hafta muddatda aholi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali energiya resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)ning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) kambagʻal oilalar va ehtiyojmand aholini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari bilan toʻliq qamrab olish maqsadida mahallalarda manzilli targʻibot ishlarini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) aholiga moddiy yordam ajratishda mahalla raislari tomonidan shaffoflik va adolatlilik taʼminlanishini kafolatlashi va shaxsiy javobgarligi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bir martalik moddiy yordamni toʻlash boʻyicha qoʻshimcha roʻyxatlarning toʻgʻri shakllantirilishiga hamda toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bosh prokuratura (I. Adxamov) ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 2-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-134-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 07/25/134/0306-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)