Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.05.1990 yildagi PF-5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JUMHURIYAT AHOLISI ShAXSIY XOʻJALIGIDAGI MOLLAR VA PARRANDALARNI EM-XAShAK BILAN TAʼMINLASh HAMDA ULARDA ChORVAChILIK MAHSULOTINI KOʻPAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat programmasini roʻyobga chiqarishda aholi shaxsiy xoʻjaliklari muhim oʻrin egallashini hisobga olib va chorvachilik mahsuloti yetishtirishni koʻpaytirish uchun ularni yem xashak bilan taʼminlash maqsadida quyidagilarni zarur deb hisoblayman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1990-yilning 1-iyulidan boshlab kolxoz va sovxozlarning tayyor planini bajarishda ular aholiga sotadigan xashak va shirali yem xashak hisobga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Davlat kooperativ qishloq xoʻjaligi qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qoʻmitalari, kolxozlar va sovxozlar aholining shaxsiy xoʻjaliklariga 1990-yilda har bir shartli bosh mol hisobiga 250 kilogramm xashak va 150 kilogramm shirali yem xashak, 1991-yilda 550 kilogramm xashak va 300 kilogramm shirali yem xashak sotishini taʼminlasinlar. Har yilgi planlarda aholiga yem-xashak sotish ana shu normalarga nisbatan koʻpaytirilishi koʻzda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1990-yilda aholining shaxsiy xoʻjaliklariga sotish uchun davlat resurslaridan har bir shartli bosh molga oʻrta hisobda (har bir sigirga)_ kamida 150 kilogramm aralash yem, 30 kilogramm shulxa, 50 kilogramm kunjara va shrot; 1991-yilda 160 kilogramm omixta yem, 60 kilogramm shulxa hamda 50 kilogramm kunjara va shrot ajratilsin. Kelgusi yillarda ana shu normalarni keskin oshirish imkoniyati qidirib topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har bir posyolka, qishloq va ovul Soveti huzurida xalq deputatlari va faollardan iborat komissiyalar tashkil etilib, ularning zimmasiga davlat resurslaridan beriladigan yem-xashaklarni, shuningdek kolxozlar va sovxozlar aholining shaxsiy xoʻjaliklari uchun ajratadigan xashak va shirali yem-xashakni taqsimlash vazifasi yuklatilsin. Em-xashak kelishib olingan narxlarda sotilsin, ayrim xoʻjalik, rayon va umuman regionning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, shaxsiy xoʻjaliklar bilan shartnomalar tuzish ragʻbatlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari hamda rayon va shahar ijroiya qoʻmitalari davlat resurslaridan aholiga ajratiladigan yem-xashak jamgʻarmalarining egalari ekanligi belgilab qoʻyilsin, ular posyolka, qishloq va ovul Sovetlariga ana shu yem-xashakni sotish uchun taqsimlab, ayni vaqtda talonlar bilan taʼminlaydilar. Posyolka, qishloq va ovul Sovetlarining komissiyalari aholi shaxsiy xoʻjaliklariga davlat resurslaridan, Oʻzbekbirlashuv bazalari va savdo tarmoqlari orqali kuchli yem-xashak, shuningdek shaxsiy xoʻjaliklarda roʻyxatga olingan har bosh mol hisobidan kolxoz va sovxozlar ajratadigan xashak va shirali yem-xashak sotish uchun talonlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston SSR Davlat kooperativ qishloq xoʻjalik qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qoʻmitalarining shaxsiy xoʻjaliklariga boshqa regionlardan keltirilayotgan nasldor qoramollar, shuningdek respublika kolxoz va sovxozlarida yetishtirilayotgan nasldor va nasli yaxshilangan mollar hisobidan yosh buzoqlar va parrandalar sotishni koʻpaytirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1990-yil mobaynida har bir posyolka, qishloq va ovul Sovetida fuqarolarning shaxsiy xoʻjaliklaridagi mollarga zooveterinariya xizmati koʻrsatadigan xoʻjalik hisobidagi punktlar tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston agrosanoat banki aholiga ular mol va parranda sotib olishlarida yordam koʻrsatish uchun kolxoz va sovxozlarning talabnomalariga muvofiq kreditlar ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir qaror qabul qilsin, unda kolxoz va sovxozlarni yem-xashakni koʻpaytirishga ragʻbatlantirish va yem-xashak aholi xoʻjaliklarini ustun darajada taʼminlash, mahsulot yetishtirishni koʻpaytirganlik uchun yem-xashak bilan natura tarzida haq toʻlashni keng joriy etish yuzasidan tadbirlar turkumi koʻzda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Farmonni bajarish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin va yarim yilda bir marta sistemali ravishda uning roʻyobga chiqarilishi toʻgʻrisida maʼlumot berilsin, tekshirish materiallari matbuotda yoritilsin va televideniye orqali eshittirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1990-yil 10-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5-son
(Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 25-27-son, 319-modda)