Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 07.02.1998 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishning samaradorligini taʼminlash va qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan sanatsiya qilinadigan barcha qishloq xoʻjaligi korxonalarida tashqi boshqaruvchilar tayinlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi boshqaruvni oʻtkazish uchun tijorat banklarida sanatsiya qilinadigan barcha qishloq xoʻjaligi korxonalarining maxsus schyotlari ochilganligi hamda barcha pul tushumlari va xarajatlar faqat maxsus schyot orqali amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar uchun, shu jumladan mehnatga haq toʻlash uchun, shuningdek, budjet bilan va budjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblari maxsus schyotdan faqat toʻlov topshiriqlari boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga normativ xarajatlar doirasida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashqi boshqaruvchilar qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha mintaqaviy komissiyalar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanatsiya qilinadigan korxonalarning tovar-moddiy boyliklari qoldigʻi va mol-mulkini, qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarishlarini, yer maydonlarini, tuzilgan shartnomalarini 1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra bir oy muddatda xatlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar va moddiy vositalarning ortiqcha qoldiqlarini sotish chora-tadbirlarini koʻrsinlar, shuningdek, zarurat boʻlsa ilgari tuzilgan shartnomalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari debitor qarzlarni undirishda sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻmaklashsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlarini toʻlash, shu jumladan penya, 2000-yilgacha kechiktirilsin. Toʻlov muddati kechiktirilgan mablagʻlar sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 2000-yil mobaynida toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi va Yoʻl jamgʻarmasidan penya qoʻshilmagan holdagi qarzlarini toʻlash 2000-yilgacha kechiktirilsin. Keyinchalik ular 2001-yildan boshlab 2 yil davomida teng ulushlarda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra toʻlov manbalari bilan taʼminlanmagan kreditorlik qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli vazirliklar va idoralarga imtiyozli foizsiz kreditiga qayta rasmiylashtirilsin, ushbu kredit sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 2003-yildan boshlab 3 yil davomida teng ulushlarda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar korxonalari va tashkilotlarining budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar boʻyicha qarzlari sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining koʻrsatib oʻtilgan idoralardan kreditor qarzi miqdoridagi qayta rasmiylashtirilgan kredit summasiga hisobdan chiqarilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalaridan 1996-yil uchun sugʻurta toʻlovlari toʻlash boʻyicha qarzlarni 1998-yil 1-aprelgacha toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1996-yil uchun sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarzlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1997-yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosini qayta ishlashni 1998-yil 1-martgacha tugallasin hamda xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan paxta va paxta tolasi uchun uzil-kesil hisob-kitob qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi sanatsiya qilinadigan xoʻjaliklar yonidan oʻtuvchi xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tizimlari ahvolini ikki hafta muddatda tekshirib chiqsin hamda 1998-yilga ajratilgan mablagʻlar doirasida ularni tozalashni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi aholi foydalangan elektr energiyasi va gaz uchun 1998-yil 1-martdan boshlab bevosita xoʻjaliklar aholisi bilan hisob-kitob qilinishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda xoʻjalik ichki suv quvurlari tizimlaridan foydalanishni tashkil etish va qishloq aholisi tomonidan ichimlik suvdan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalarining, ijaraga berilgan bogʻlar, uzumzorlar, issiqxonalar va boshqa obyektlarning ahvolini oʻrganib chiqsinlar hamda xoʻjaliklarning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazilgan hollarda shartnomalarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sanatsiya qilinadigan paxta va don yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga ishlab chiqarish boʻlinmalari va mazkur xoʻjalikdagi oilalar bilan xoʻjalik ichki pudrat shartnomalari, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga esa yer uchastkalarining xoʻjalik ichki ijarasi shartnomalarini tuzish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarining xoʻjalik ichki ijarasi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish yuzasidan xoʻjalik ichki pudrati namunaviy shartnomalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashqi boshqaruvchilar bilan birgalikda sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining ortiqcha xodimlarini boʻshatish, shuningdek, ushbu xodimlarni ishga joylashtirish boʻyicha bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga qishloq xoʻjaligida qonun hujjatlariga rioya etilishi, shu jumladan qishloq xoʻjaligi korxonalarining faoliyati, shuningdek, shartnoma intizomi taʼminlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-yanvardagi 21-son qarori bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi korxonalarining sanatsiya qilinishi uchun (1998-1999-yillarda) shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi va mintaqaviy komissiyalar sanatsiya qilinadigan xoʻjaliklarni moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalarining bajarilishini yilning har choragida tahlil qilsinlar va hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-aprelda qabul qilingan 169-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi va korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha mintaqaviy komissiyalar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishni yoritishga doir maxsus eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-aprelda qabul qilingan 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 7-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-son