28.02.2025 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim olish sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmonida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2025-yil 1-apreldan Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida pilot loyiha sifatida, 2025-yilning yakuniga qadar esa respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) loyiha doirasida quyidagi taʼlim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatida taʼlim-tarbiya oluvchi koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) transport xizmatlarini koʻrsatish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari;
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.

v) ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanganlik uchun umumiy miqdori har bir oʻquvchiga bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan oshmaydigan miqdorda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi oʻquvchilar uchun har bir qatnov toʻlovining 100 foizini;
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalardagi oʻquvchilar uchun har bir qatnov toʻlovining 60 foizini subsidiya shaklida qoplash;
(2-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) subsidiya shaklidagi toʻlovlarni Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq loyiha doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi agregatorlar (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati faqat Agentlik tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida elektron shaklda yuritiladigan Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanish boʻyicha buyurtmalar Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining mobil ilovalari orqali beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatining oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishi Agentlik huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasining Call-markazi tomonidan ushbu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali monitoring qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatining subsidiya xarajatlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi alohida gʻazna hisobvaragʻidan tadbirkorlik subyektlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati doirasida SMS-xabarnoma yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar hamda ularning qonuniy vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanish boʻyicha elektron modul ishlab chiqilishini hamda Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestri joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq oʻquvchilarni ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish boʻyicha murojaat qilish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ushbu murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 132-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini (keyingi oʻrinlarda — transport xizmati) koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Transport xizmati qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi taʼlim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) taʼlim-tarbiya oluvchi koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) taʼlim tashkilotiga yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan manzilga borishi va undan kelishi uchun koʻrsatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va ulardagi “Gʻamxoʻrlik” guruhlari, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

a) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) transport xizmatidan foydalanuvchi oʻquvchilar hamda ularning qonuniy vakillari (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiy va homiylar, tutingan ota-onalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxati) shakllantirib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) transport xizmati quyidagi kasalliklarga chalingan va “Ijtimoiy himoya” ATning Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya va yoki Tibbiy-ijtimoiy-ekspert komissiya elektron modullarida roʻyxatda turgan oʻquvchilarga koʻrsatiladi:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3-4-5 daraja);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻir darajali aqliy zaiflik (F72);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chuqur aqliy zaiflik (F73);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar autizmi (aqliy zaiflik stereotip harakatlar bilan birga keluvchi giperaktiv buzilish) (F84.4);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dyushen miopatiyasi (mustaqil yurmaydi) (G71);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar (mustaqil yurmaydi) (G12.0);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Spina bifida (umurtqa kanalining toʻliqsiz yopilishi (Q05)), jarohatlar va boshqa kasalliklar natijasida kelib chiqqan pastki paraplegiya (mustaqil yurmaydi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkala koʻzning koʻrligi (amovroz) (ikkala koʻzi — OU) (N54.0);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anoftalm (ikkala koʻzi — OU) (Q11);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrish nervining atrofiyasi (ikkala koʻzi — OU) (N47.2);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrish nervi diski tugʻma anomaliyasi (ogʻir darajadagi) (ikkala koʻzi — OU) — koʻzi ojiz boʻlgan bolalar koʻrish oʻtkirligi 0,01 — 0,04 doirasida korreksiyadan soʻng 0,01 dan 0,05 gacha (Q14.2);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
preretinopatiya (ikkala koʻzi — OU) — koʻzi ojiz boʻlgan bolalar koʻrish oʻtkirligi 0,01 — 0,04 doirasida korreksiyadan soʻng 0,01 dan 0,05gacha (N35.1);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻr pardaning ajralishi, yirtilishi bilan (ikkala koʻzi — OU) (N33.0);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) transport xizmati faqat ushbu xizmat tatbiq etilgan shahar va tumanlarda amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda transport xizmati tatbiq etiladigan shahar va tumanlar roʻyxati Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Xizmat koʻrsatuvchilar reyestri) kiritilgan yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi agregatorlarning (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) mobil ilovalari (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) xizmatlari tatbiq etilgan hududlardan (shahar va tumanlar) kelib chiqib shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi 126-son qaroriga muvofiq tarbiyalanuvchining kelib-ketishiga transport xizmatini yoʻlga qoʻyganligi uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil qilgan xususiy sherikka kompensatsiya toʻlanayotgan boʻlsa, ushbu tarbiyalanuvchi uchun mazkur Nizom talablari asosida transport xizmatidan foydalanish xarajatlarini qoplashga subsidiya ajratilmaydi.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xizmat koʻrsatuvchilar reyestri hamda transport xizmati tatbiq etilgan shahar va tumanlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda elektron shaklda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Transport xizmati koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xizmat koʻrsatuvchilar reyestrini shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Transport xizmatini koʻrsatish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida yagona identifikatsiya tizimi (One ID) orqali avtorizatsiyadan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlari elektron ofertani tasdiqlagandan soʻng koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi “Ijtimoiy himoya” ATda idoralararo axborot hamkorligi orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmaganligi aniqlangan taqdirda, Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritiladi va ular uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Transport xizmatini koʻrsatish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari Xizmat koʻrsatuvchilar reyestrida roʻyxatdan oʻtish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti va uning filiali yuridik manzillari, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari, ishonchli vakil haqida maʼlumotlar hamda uning telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining mobil ilovasi nomi va ushbu ilova orqali xizmat koʻrsatadigan hududlar (shaharlar va tumanlar kesimida) nomi. Bunda xizmat koʻrsatadigan hududlar roʻyxati oʻzgarganda, ushbu oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar avtomatik ravishda “Ijtimoiy himoya” ATga taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti faoliyati boʻyicha soliq organlaridan roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi shartlar bajarilishini oʻz zimmasiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil ilovada transport xizmati modulini shakllantirish hamda shu orqali transport tarifi boʻyicha buyurtmalarni berish va qabul qilish imkoniyatini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi yoki uning qonuniy vakili uchun mobil ilovada transport tarifi boʻyicha monitoring maʼlumotlarini (oy boshidan qatnovlar soni va qiymati, shuningdek, subsidiya orqali qoplangan hamda oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlangan mablagʻlar miqdori, joriy buyurtmaning qoplanadigan va oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan miqdorlari koʻrsatilgan holda qatnovning umumiy qiymati, oʻquvchi oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi va boshqalar) real vaqt rejimida koʻrib borish imkoniyatini yaratish;
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari bilan haydovchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomada (ofertada), belgilangan talablardan tashqari, oʻquvchilarni taʼlim tashkilotlariga yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan manzilga olib borish va olib kelish, shuningdek, avtomobilga chiqarish yoki tushirishda yordam berish, oʻquvchining kreslo-aravachasi hamda boshqa yuklarini (zarur hollarda) avtomobil yukxonasiga ortish va tushirish, oʻquvchilar bilan birga hamrohlik qiluvchi shaxsni (agar mavjud boʻlsa) ham birgalikda olib borish talablarini nazarda tutish;
(6-bandi “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil ilovada haydovchi uchun transport xizmatiga doir zarur maʼlumotlarni (qatnovning umumiy summasi, shundan haydovchiga tadbirkorlik subyekti orqali toʻlanadigan subsidiya summasi va boshqalar) aks ettirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport xizmati uchun tariflarni bozor konyunkturasidan kelib chiqib shakllantirish, shuningdek, tariflarni tegishli asoslarsiz oshirmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi, shu jumladan, unga hamrohlik qiluvchi shaxslarning shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga tegishli mobil ilovada maʼmuriy panel ochish va u orqali Agentlikka transport xizmati monitoringi boʻyicha onlayn maʼlumotlar hamda elektron hisobotlarni taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan tadbirkorlik subyekti Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Xizmat koʻrsatuvchilar reyestridan chiqarish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki bankrot deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yil davomida ayni bir tadbirkorlik subyektining mobil ilovasi orqali besh va undan koʻp marotaba mazkur Nizomga muvofiq transport xizmatini koʻrsatishga buyurtma olinib, haqiqatda xizmatlar koʻrsatilmagan yoki sifatsiz koʻrsatilgan taqdirda, shuningdek, mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomalarida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari muttasil uch marotaba bajarilmaganda (tadbirkorlik subyektiga tegishli avtotransport vositalarining nosozligi tufayli xizmat koʻrsatilmagan holatlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Transport xizmatidan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻquvchining qonuniy vakili transport xizmatidan foydalanish maqsadida Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kirish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi yoxud “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻquvchining qonuniy vakili davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchi nomidan markaz xodimi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchi nomidan bevosita ularning roziligi bilan “Ijtimoiy himoya” AT orqali ushbu markazlarning ijtimoiy xodimlari, YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish boʻyicha murojaatni koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat xizmatlari markazi xodimi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidagi ijtimoiy xodim oʻquvchi qonuniy vakilining murojaatini “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda murojaatda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining tugʻilgan sanasi, tugʻilganlik guvohnomasi seriyasi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi qonuniy vakilining mobil telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining yashash manzili hamda uning xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat YIDXP orqali kelib tushganda oʻquvchi yashash manzilining xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi) “Ijtimoiy himoya” ATda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidagi ijtimoiy xodim tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, oʻquvchiga tegishli quyidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” AT orqali avtomatik ravishda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan kasalliklarga chalinganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi oʻqiydigan taʼlim tashkiloti yoki kunduzgi parvarish xizmati;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻquvchining ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan oʻquvchilar toifasiga kirishi tasdiqlanganda, oʻquvchi hamda uning qonuniy vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritiladi va bu toʻgʻrisida murojaat muallifiga SMS-xabarnoma yuboriladi. SMS-xabarnomada oʻquvchi yashaydigan hududda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining mobil ilovalari roʻyxati ham joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchining mazkur toifaga kirmasligi aniqlanganda, oʻquvchi va uning qonuniy vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish rad etiladi va bu toʻgʻrisida murojaat muallifiga sabablari koʻrsatilgan holda, SMS-xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻquvchini Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish quyidagi sabablarga koʻra rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan kasalliklarga chalinmaganligi aniqlanganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola taʼlim tashkiloti yoki kunduzgi parvarish xizmati oʻquvchisi boʻlmaganida;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi yashaydigan va taʼlim tashkiloti yoki kunduzgi parvarish xizmati joylashgan hudud transport xizmati tatbiq etilgan hududlar roʻyxatiga kiritilmaganda.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchini Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchilarning qonuniy vakillari transport xizmatidan foydalanish uchun Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektining mobil ilovasi orqali buyurtma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bir oʻquvchining qonuniy vakili bir kalendar oyi davomida faqat bitta tadbirkorlik subyektining mobil ilovasidan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Transport xizmatidan foydalanish boʻyicha buyurtmani qabul qilgan avtotransport vositasi haydovchisi ushbu buyurtmada koʻrsatilgan manzilga yetib borgach, buyurtma bajarilganligini mobil ilova orqali tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haydovchi tomonidan buyurtma bajarilganligi tasdiqlangandan soʻng, bu toʻgʻrisidagi maʼlumot (olib ketilgan va olib borilgan manzil, bosib oʻtilgan masofa, transport xizmati qiymati va boshqalar) mobil ilova orqali “Ijtimoiy himoya” ATga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Transport xizmatidan foydalanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq buyurtma bajarilganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushishi bilan “Ijtimoiy himoya” AT tomonidan transport xizmati qiymati ajratiladigan subsidiyaning bir oylik cheklangan miqdoridan oshmaganligi elektron nazoratdan oʻtkazilib, subsidiyani tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimiga avtomatik ravishda topshiriqnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi tartibda qoplanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya shaklida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi oʻquvchilar foydalanganligi uchun har bir qatnov toʻlovining 100 foizi, biroq bir kalendar oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(18-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalardagi oʻquvchilar foydalanganligi uchun har bir qatnov toʻlovining 60 foizi, biroq bir kalendar oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(18-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻquvchining qonuniy vakili hisobidan — Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalardagi oʻquvchilar foydalanganligi uchun har bir qatnov toʻlovining 40 foizi hamda barcha toifadagi oilalardagi oʻquvchilar uchun bir kalendar oyda ajratiladigan subsidiya summasidan (bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan) oshgan qismi.
(18-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda toʻlovlar faqat tadbirkorlik subyektining mobil ilovasiga biriktirilgan oʻquvchi qonuniy vakilining bank kartasidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Quyidagi hollarda transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi taʼlim tashkilotini tugatganda yoki kunduzgi parvarish xizmatidan chiqarilganida;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi doimiy yashash uchun xizmat koʻrsatiladigan hududdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Quyidagi hollarda transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish vaqtincha toʻxtatib turiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi ozodlikdan mahrum etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining qonuniy vakili tomonidan transport xizmatidan foydalanishni toʻxtatib turish haqida ariza berilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi bedarak yoʻqolganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilib, oʻquvchining qonuniy vakili tomonidan qayta murojaat qilinganda transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish qayta tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Transport xizmatini koʻrsatish hamda ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻquvchining qonuniy vakili tomonidan har oyda bir marta transport xizmatidan haqiqatda foydalanganligi ularga “Ijtimoiy himoya” AT orqali yuboriladigan SMS-xabarnomada koʻrsatilgan maxsus havolaga kirish orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Transport xizmatining oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishi Agentlik huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasining Call-markazi tomonidan ushbu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali monitoring qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Monitoring natijasida Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan sifatsiz xizmat koʻrsatilayotganligi aniqlangan taqdirda, bir ish kuni ichida bu toʻgʻrisida Agentlikka maʼlumot kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasi Call-markazining maʼlumotini oʻrganib chiqib, Xizmat koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektiga transport xizmati sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha talabnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabnoma muttasil uch marotaba bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti mazkur Nizomning 8-bandiga asosan Xizmat koʻrsatuvchilar reyestridan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur Nizomning 4-bobiga muvofiq mablagʻlarni ajratish tartiblariga rioya etilishi yoki ulardan maqsadli foydalanilishi Agentlikning ichki audit xizmati hamda Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻquvchilarning qonuniy vakillari ushbu Nizomga muvofiq transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan Agentlikka yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Nizomga muvofiq transport xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar transport xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan shaxsga doir maʼlumotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi (oʻquvchining qonuniy vakili)

Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxati) kirish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi yoxud “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

1. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) roʻyxatdan oʻtkaziladi.

1. Real vaqt rejimida.

2. Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi.

2. Davlat xizmatlari markazi xodimi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimi murojaatni “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtkazadi.

2. Oʻn daqiqada.

3-bosqich

“Ijtimoiy himoya” AT

1. Murojaatni koʻrib chiqish jarayonida oʻquvchiga tegishli maʼlumotlar tizim orqali aniqlanadi.

2. Oʻquvchi hamda uning qonuniy vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritiladi va bu toʻgʻrisida murojaat muallifiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Transport xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchining qonuniy vakili

Transport xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi agregatorning (keyingi oʻrinlarda — agregator) mobil ilovasi orqali buyurtma beradi.

Xohishiga koʻra

5-bosqich

Agregator

1. Oʻquvchi transport xizmatidan foydalanish boʻyicha buyurtmani qabul qilgan avtotransport vositasi haydovchisi orqali buyurtmada koʻrsatilgan manzilga olib boriladi.

1. Real vaqt rejimida.

2. Buyurtmada koʻrsatilgan manzilga yetib borgach, buyurtma bajarilganligi haydovchi tomonidan mobil ilova orqali tasdiqlanadi.

2. Koʻrsatilgan manzilga yetib borgach darhol.

3. Buyurtma bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (olib ketilgan va olib borilgan manzil, bosib oʻtilgan masofa, transport xizmati qiymati va boshqalar) mobil ilova orqali “Ijtimoiy himoya” ATga yuboriladi.

3. Avtomatik ravishda.

6-bosqich

“Ijtimoiy himoya” AT

Buyurtma bajarilganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushishi bilan transport xizmati qiymati ajratiladigan subsidiyaning bir oylik cheklangan miqdoridan oshmaganligi elektron nazoratdan oʻtkazilib, subsidiya agregatorga oʻtkazib beriladi.

Avtomatik ravishda

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/132/0201-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)