22.11.2024 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 22.11.2024 yildagi 25-son
Дата вступления в силу
13.12.2024
Hujjat 13.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0082-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 13-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 320]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi va “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0082-24-son SanQvaN) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais B. YUSUPALIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 22-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-son

Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazir oʻrinbosari I. QUTBIDDINOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 21-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 22-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 19-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 25-son qaroriga
1-ILOVA

Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0082-24-son SanQvaN)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu sanitariya qoidalari hayvonlarni koʻmish qabristonlari, radioaktiv, organik boʻlgan, zaharli kimyoviy, shu jumladan yaroqlilik muddati oʻtgan va ishlatish uchun yaroqsiz pestitsidlar, gerbitsidlar va toksik chiqindilar koʻmilgan joylar va sanoat chiqindi poligonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punkti — huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindi poligoni (bundan buyon matnda poligon deb yuritiladi) — qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish, zararsizlantirish va izolyatsiyalash (koʻmish) uchun moʻljallangan hamda atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishidan himoya qilinishini taʼminlovchi, kemiruvchilar, hasharotlar va kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar koʻpayishining oldini oluvchi kompleks inshoot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni zararsizlantirish — chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va koʻmib tashlash bilan bogʻliq faoliyat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aholi punktlaridan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish ushbu aholi punktlarida (shu jumladan, koʻp qavatli binolar va aholi zich joylashgan ichak infeksiyalari va gelmintoz kasalligi koʻpaygan hududlarda) ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qattiq maishiy chiqindilar uchun urnalar soni quyidagicha joylashtirilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
piyodalar serharakat boʻlgan koʻchalarda — har 50 m ga 1 ta urna;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam qatnov koʻchalarda — har 100 m ga 1 ta urna;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlarda — har 250 m2 ga 1 ta urna;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
choʻmilish havzalari sohilida — har 30 m ga 1 ta urna.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish maydonchasi va qattiq maishiy chiqindi solish tarasi turar joy derazalaridan 20 m dan 100 m gacha boʻlgan uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalashni tashkillashtirishda jamoat hojatxonalaridan qattiq maishiy chiqindilar (hojatxona qogʻozi, qogʻoz sochiqlar, salfetkalar va boshqalar) chiqishini hisobga olish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat hojatxonalari ularda hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish uchun urnalar (har bitta oʻrin uchun bir donadan va har ikkita qoʻl yuvish joyi uchun kamida bir donadan) taʼminlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat hojatxonalaridan qattiq maishiy chiqindilar bir kunda kamida bir marotaba olib chiqib ketilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qattiq maishiy chiqindilarni zararsizlantirishda biotermik, termik yoki kimyoviy usullardan foydalanish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qattiq maishiy chiqindilarni poligonga olib chiqish rejali-doimiy usulda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Poligondan foydalanishda kirish-chiqish yoʻllari va koʻmish uchun zarur boʻlgan ekskavator va buldozerlar mavjud boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Poligonda koʻmiladigan qattiq maishiy chiqindi qavatlari orasiga tuproq yotqizish, dezinfeksiya chora-tadbirlari va xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qattiq maishiy chiqindilardan tozalash inshootlarini tashkil etishda tuproqdagi kimyoviy va biologik omillar hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tuproqdagi kimyoviy va biologik omillarni oʻrganishda tuproqdan olinadigan namunalar eng kamida 500 metr masofada boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qattiq maishiy chiqindilarning tarkibi va ularni yigʻishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qattiq maishiy chiqindilarning oʻrtacha morfologik tarkibi, aholi punktida kishi boshiga hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindi toʻplanishining oʻrtacha yillik normalari, qattiq maishiy chiqindilarning oʻrtacha kimyoviy tarkibi va qattiq maishiy chiqindilar toʻplanishining qiyosiy normalari mazkur sanitariya qoidalarining 1 — 4-ilovalarida keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish maydonchasi va qattiq maishiy chiqindi solish tarasi maktabgacha va boshqa taʼlim tashkilotlari binolarining derazalaridan 20 metrdan dan 100 metrgacha boʻlgan uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish maydonchasi va qattiq maishiy chiqindi solish tarasining hududi oʻtish yoʻliga tutash boʻlishi, biroq maxsus avtotransport vositasining kirishiga xalaqit bermasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish maydonchasining oʻlchami 12 m x 12 m ni tashkil etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish maydonchasi binoning fasad tomon derazalaridan koʻrinmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish maydonchasida obodonlashgan kirish yoʻli, tungi tashqi yoritgichlar, ichimlik suv taʼminoti, shuningdek yomgʻir suvlarini oqizish kanalizatsiyasiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qattiq maishiy chiqindi solish taralarini oʻrnatish maydon yuzasi qattiq qoplamali boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish maydonchasida yogʻingarchilik suvlari toʻplanmasligi uchun joy 5 — 10 qiyalikka ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qattiq maishiy chiqindi solish taralarini yuvish va dezinfeksiya qilish bir oyda kamida bir marotaba amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Poligonlarning tuzilmasi va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Poligonlar Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr) muvofiq joylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Aholi punktlaridan poligonlar chegarasigacha boʻlgan masofa 0350-17-son SanQvaN “Oʻzbekiston Respublikasi aholi turar joy mintaqalari atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari va normalari” ga asosan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Quvvati yiliga 120000 m3 dan kam boʻlmagan qattiq maishiy chiqindini qabul qiluvchi poligonda qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish uchun transheya boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Poligon shamol yoʻnalishiga nisbatan perpendikulyar joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Transheyani kovlash natijasida hosil boʻlgan tuproq ular toʻlgandan soʻng ustini yopish uchun ishlatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Transheyaning tubi yer osti suvi chuqurligidan 0,5 metr yuqorida boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Poligondagi xoʻjalik hududi qattiq qoplamali maydonga, yoritilganlik darajasi 5 lyuksdan (lux) kam boʻlmagan yoritgichlarga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Poligondagi xoʻjalik hududida qattiq maishiy chiqindi tashish texnikalarini yuvish maydoni boʻlishi va ushbu chiqindi tashish texnikalarini yuvish havo harorati 5°C dan yuqori boʻlganda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Yiliga 360000 m3 dan ortiq qattiq maishiy chiqindilar qabul qilinadigan poligonlarda suv taʼminoti artezian quduqlari orqali amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash faqat ishchi hududlarda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Poligonning sanitariya-muhofaza zonasi 10 kunda bir marotaba tozalanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Avvalgi qattiq maishiy chiqindi poligonlaridan takroriy foydalanilganda tashqi izolyatsiyalanuvchi qavatning qalinligi 1,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Poligonlar yopilganidan soʻng, uning maydoni Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr) muvofiq rekultivatsiya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Poligon bilan aholi punkti oʻrtasidagi sanitar muhofaza zonasi 500 metrni ni tashkil etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Poligondagi xoʻjalik hududida maʼmuriy binolar, shu jumladan ovqatlanish xonasi, kiyinish xonasi, dush, sanitar tarmoq va buyumlarni saqlash xonalari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosan xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 5-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0082-24-son SanQvaN)

Qattiq maishiy chiqindilarning oʻrtacha morfologik tarkibi
(ogʻirligi boʻyicha foizda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qattiq maishiy chiqindi tarkibi

Qattiq maishiy chiqindining yil mavsumlaridagi oʻrtacha morfologik tarkibi (foizda)

Qattiq maishiy chiqindining oʻrtacha yillik morfologik tarkibi

(foizda)

qish

bahor

yoz

kuz

Qogʻoz

20,5

18,3

18,8

18,1

18,9

Oziq-ovqat chiqindilari

35,3

36,8

39,2

42,2

38,4

Daraxt

4,7

4,2

3,0

7,8

4,9

Metall

5,0

3,9

2,2

2,3

3,4

Toʻqimachilik

3,7

3,3

3,9

4,3

3,9

Teri, rezina

2,0

0,7

0,4

0,4

0,8

Shisha

4,7

4,5

0,3

1,9

3,7

Tosh

6,4

10,5

16,8

8,0

8,9

Boshqa chiqindilar, jumladan polietilen va plastmassalar

17,7

17,8

15,4

15,0

17,1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0082-24-son SanQvaN)
2-ILOVA

Aholi punktida kishi boshiga hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindi toʻplanishining oʻrtacha yillik normalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bir kishidan hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindi koʻrsatkichi

Qattiq maishiy chiqindining yil mavsumlaridagi oʻrtacha toʻplanish normalari

Qattiq maishiy chiqindi toʻplanishining oʻrtacha yillik normalari

qish

bahor

yoz

kuz

Oʻrtacha, kg/ sutka

0,8

1,0

1,3

1,6

1,17

Oʻrtacha, m3/ sutka

0,0025

0,0028

0,0030

0,0039

0,003

Oʻrtacha, kg/yil

292

401

474

584

437,7

Oʻrtacha, m3/yil

0,82

1,03

1,09

1,43

1,09

Hajmi va ogʻirligi, kg/m3

355,6

587,6

434,0

406,0

445,8

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0082-24-son SanQvaN)
3-ILOVA

Qattiq maishiy chiqindilarning oʻrtacha kimyoviy tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qattiq maishiy chiqindining asosiy koʻrsatkichlari

Qattiq maishiy chiqindining yil mavsumlaridagi oʻrtacha kimyoviy tarkibi

Qattiq maishiy chiqindining oʻrtacha yillik kimyoviy tarkibi

qish

bahor

yoz

kuz

Mutloq quruq moddadagi organik moddalar (%)

54,3

39,1

61,0

66,0

55,1

Namlik (%)

46,0

43,6

38,9

48,6

44,2

Tuzli ekstrakt (rN)

7,1

7,2

7,6

7,4

7,3

Hajmi va ogʻirligi (kg/m3)

355,6

387,6

434,0

406,0

395,8

Issiqlik chiqarish qobiliyati (kkal/kg)

1972,4

1508,4

2507,0

1647,2

1908,7

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0082-24-son SanQvaN)
4-ILOVA

Qattiq maishiy chiqindilar toʻplanishining qiyosiy normalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qattiq maishiy chiqindi toʻplanadigan obyektning nomi

Qattiq maishiy chiqindi toʻplanishining oʻrtacha normalari

Hajmi va ogʻirligi kg/m3

Oʻrtacha yillik

Oʻrtacha sutkalik

kg

l

kg

l

Shifoxona

(1 oʻrin uchun)

230

700

0,63

1,90

330

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar

(1 oʻrin)

-

-

0,01

0,04

270

Mehmonxona

(1 oʻrin)

80

400

0,22

1,10

290

Yotoqxona

(1 oʻrin)

100

330

0,28

0,93

300

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari

(1 oʻrin)

70

235

0,19

0,78

300

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari

(1 oʻquvchi)

20

90

0,06

0,30

220

Oliy taʼlim tashkilotlari

(1 talaba)

26

120

0,09

0,40

220

Teatrlar

(1 oʻrin)

20

90

0,06

0,30

220

Oshxona (1 taom)

120

-

0,03

0,08

400

Oziq-ovqat doʻkoni (1 m2)

460

0,33

1,27

260

Bozorlar (1 m2)

18

36

0,06

0,12

500

Boshqa muassasalar

(1 xodim)

50

950

0,14

0,70

200

Koʻcha suprindilari (1 m2)

Toshli qoplama

Asfalt qoplama

Chorqirra tosh qoplamasi

11,2

5,5

7,5

15,0

7,5

10,0

-

-

-

-

-

-

750

750

750

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0082-24-son SanQvaN)
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

O.P. Mirshina

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n.;

L.T. Turdiyeva

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi;

G.F. Sherqoʻziyeva

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.;

G.T. Iskandarova

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

A.M. Yusupxoʻjayeva

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedra dotsenti, t.f.n.;

H.B. Shoyusupova

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi;

Sh.O. Tillayeva

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti “Aholi punktlari, turar-joy va jamoat binolarining rejalashtirish gigiyenasi” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi;

Taqrizchilar roʻyxati:

I.A. Usmanov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi mutaxassisi, t.f.d.;

G.T. Iskandarova

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Epidemiologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

F.I. Salomova

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Atrof muhit gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 25-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 12-iyulda tasdiqlangan 0157-04-son SanQvaN “Oʻzbekiston sharoitida qattiq maishiy chiqindilarni maxsus poligonlarda saqlash sanitariya talablari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2011-yil 27-avgustda tasdiqlangan 0297-11-son SanQvaN “Oʻzbekiston sharoitida aholi yashash hududlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalashning gigiyenik normalari”.