Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moʻgʻuliston Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moʻgʻuliston Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda ularni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Moʻgʻuliston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-yanvar,
PQ-6-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2025-y., 06/25/6/0034-son)