Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026 30.12.2024 yildagi 913-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
Hujjat 03.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish talablari va shartlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida taʼlim tizimida xususiy sektorning ulushi bir necha barobarga oshishiga erishildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, hozirgi kunda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, ularning faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilayotgan ayrim byurokratik toʻsiqlarning oldini olish hamda respublikaning olis va chekka hududlarida ham nodavlat taʼlim tashkilotlari salmogʻini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, sohada litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashda pedagog kadrlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim qilish yuzasidan muqobil talablar va shartlarni belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 30-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
913-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 913-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilova (Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash pasporti)da:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v” kichik band chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni “I. Nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:” boʻlimi “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g) litsenziat tomonidan nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan soʻng bir oy muddat ichida taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron dasturi (erp.maktab.uz) va elektron platformalariga (my.maktab.uz, e-shahodatnoma.uz, emaktab.uz) kiritish va muntazam ravishda yangilab borish (maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar va “Bolalar bogʻchasi” (bbit.uz) axborot tizimiga ham ushbu maʼlumotlarni kiritib boradi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim tashkiloti oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarini boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi oʻz axborot tizimiga ega boʻlishi hamda uni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan talablar boʻyicha vazirlikning Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) integratsiya qilishi shart*”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 09/24/913/0008-son)