O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1878-1]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-son “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1878, 2008-yil 2-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 49-son, 487-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
2-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
215-son
Kelishildi:
DXX Raisi o‘rinbosari B. RASHIDOV
2024-yil 25-dekabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 19-dekabr
Advokatlar palatasi raisi Sh. SADIKOV
2024-yil 17-dekabr
Bosh prokuror N. YO‘LDOSHEV
2024-yil 13-dekabr
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
2024-yil 6-dekabr
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/1878-1/1085-son)