18.12.2024 yildagi 848-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmonida maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari zimmasiga taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalari yuklanishi belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarorida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qoʻllagan holda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish, xodimlar ish haqi, oziq-ovqat xarajatlari, bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi va boshqa toʻlovlarning avtomatlashtirilgan tarzda hisoblanishini yoʻlga qoʻyish belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — MTT) boʻsh oʻrinlar hisobini yuritish, bolalarni navbatga qoʻyish va MTTlarga joylashtirish boʻyicha yoʻllanmalarni shakllantirish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi) amalga oshirilayotganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi orqali davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy MTTlarni tashkil etish boʻyicha elektron arizalar berish, bitimlar imzolash, nodavlat MTTlarda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish, ular asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya va kompensatsiya miqdorlarini hisoblash hamda toʻlash jarayonlari raqamlashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-fevralga qadar “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimini “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi negizida oʻzaro birlashuvini hamda ularning “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yuritishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida barcha davlat MTT xodim va tarbiyalanuvchilarining elektron davomatini yuritish, ish vaqti tabelini shakllantirish, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash, bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar toʻlovi) hamda boshqa toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi, 2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha davlat MTTlarida xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish, ish vaqti tabelini shakllantirish, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash, ota-onalar toʻlovi hamda boshqa toʻlovlar “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni yaratish va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish, amaliyotga joriy etish, ularni takomillashtirish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizim operatori hisoblanadi hamda Vazirlikning buyurtmalari asosida taʼlim sohasiga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizim operatoriga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida koʻrsatgan xizmatlari uchun ota-onalar toʻlovining 2 foizi yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlar, jumladan tizim operatori tomonidan ishlab chiqilgan hamda takomillashtirilgan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar Vazirlikning mulki hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimini yuritish, unga texnik xizmat koʻrsatish va takomillashtirish tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2025-yil apreldan boshlab maktab va maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi axborot tizimlarini bosqichma-bosqich Yagona taʼlim axborot ekotizimga birlashtirish choralarini koʻrsin. Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlari xatlovdan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatlov natijalari asosida dolzarb boʻlmagan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlari faoliyati tugatiladi hamda takomillashtirish talab etiladiganlarini Yagona taʼlim axborot ekotizimi doirasida yangilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yil 1-aprelga qadar Vazirlik huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini koʻrib chiqib, uning faoliyatini tugatish choralarini koʻrsin. Bunda “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda Vazirlikka oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Vazirlikka shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomatini yuritishni yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat MTTlarni planshetlar yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa uskunalar bilan taʼminlab borish uchun har yili kamida 50 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab ota-onalar toʻlovi hamda boshqa toʻlovlar haqidagi maʼlumotlar “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

ota-onalar toʻlovlari haqidagi maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimidan “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalar toʻlovlarini fiskal belgiga ega boʻlgan kassa chekini rasmiylashtirmasdan qabul qilish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalar toʻlovlari qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali soliq organlarining axborot tizimiga taqdim etiladi hamda ushbu maʼlumotlar qonunchilikka muvofiq daromad soligʻidan imtiyoz qoʻllanilishiga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat MTTlari xodimlariga berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga elektron shaklda taqdim etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mazkur qaror va boshqa qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, nodavlat, shu jumladan, oilaviy MTTlar bilan tuzilgan bitimlarga oʻzgartirishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 18-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
848-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining 52-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“52. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oʻquv qurollari roʻyxati va sonini tasdiqlash vakolati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oʻquv qurollariga buyurtmalar (prognoz koʻrsatkichlar) har yili 1-dekabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy statistika hisoboti va Adliya vazirligining FHDY yagona elektron arxivi axborot tizimidagi maktab yoshidagi bolalar sonidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “ushbu Nizomga ilovaga” soʻzlari “qonunchilik hujjatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ilova chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 4-band quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“e) umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ochiladigan inklyuziv taʼlim guruhlarining belgilangan oʻrinlariga (3 tagacha) alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar navbatga qoʻyilmagan holda, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 41-band hamda 18-bandning oltinchi xatboshisi “kam taʼminlangan” soʻzlaridan keyin “hamda kambagʻal” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi 291-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“291. Inklyuziv taʼlim guruhlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik ishlarni amalga oshirayotgan tarbiyachi, yordamchi — tarbiyachilar hamda oʻqituvchi-defektolog (logoped)larga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga nisbatan bir nafar bola uchun 10 foiz, ikki nafar bola uchun 20 foiz, uch nafar bola uchun esa 30 foiz miqdorida qoʻshimcha haq psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi amal qilish muddati davomida toʻlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 34-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga belgilangan tartibda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan berilgan xulosani taqdim etadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi mazmundagi 361-362-bandlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“361. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish hamda ulardan chiqarish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi tarbiyalanuvchilarni inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
362. Inklyuziv taʼlim guruhlariga quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar (eshitish qobiliyatining yoʻqotilishi 60 dBgacha boʻlgan rivojlanishida qoʻshimcha buzilishlar boʻlmagan bolalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar (koʻrish qobiliyatining buzilishi 0,1 birlikkacha boʻlgan rivojlanishida qoʻshimcha buzilishlar boʻlmagan bolalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar (alaliya, rinolaliya, afaziya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojlanishidagi sustlik, duduqlik);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar (bolalar serebral falaji, skolioz, miopatiya, osteomiyelit asoratlari, amputatsion choʻltoqlik, boʻy oʻsishining yetishmovchiligi — pakanalik);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aqliy rivojlanishi saqlangan holda, tayanch-harakat tizimidagi buzilishi boʻlgan bolalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (oʻzi harakat qila oladigan yoki qoʻshimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlana oladigan bolalar serebral falaji);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xulq-atvor va ruhiyatning qoʻpol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan bolalar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 40-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangidan tashkil etiladigan guruhlar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari taklifiga koʻra, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarining buyrugʻiga asosan tashkil etiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “muassasalarining” soʻzidan keyin “(davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Mobil guruhlar bazasida maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-avgustdagi 494-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3, 4, 7-bandlardagi “Maktabgacha taʼlim” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3, 13, 16, 24, 29-bandlardagi “Maktabgacha taʼlim” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maktabgacha taʼlim” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari” soʻzlari “Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“11. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama toʻlash tartibini 2022-yil 1-fevraldan boshlab joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Ariza beruvchining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumtaʼlim maktablariga joylashish taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan oila farzandlari 1-avgustdan soʻng mikrohududdan tashqari boʻsh oʻrinlar boʻyicha umumtaʼlim maktabiga qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 37-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻqishni koʻchirish boʻyicha davlat xizmati har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar koʻrsatiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 12-bobida nazarda tutilgan xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTTga (keyingi oʻrinlarda — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT) direktor, metodist, tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa xodimlarining ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik ish rejimida ishlaydigan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan shtatlar meʼyorlari hamda mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarida”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bandning birinchi xatboshisidagi “bolalar” soʻzi “bolalarning oʻrtacha oylik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-banddagi “tugʻish taʼtiliga” soʻzlari “tugʻish hamda boshqa turdagi taʼtilga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi va “b” kichik bandining yettinchi xatboshisidagi “umumiy” soʻzi “toʻliq kunli guruhlardagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “TQS” soʻzi “RTS” soʻzi bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshidagi “umumiy” soʻzi “toʻliq kunli guruhlardagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“RTS — hisobot oyidagi har bir ish kunida axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar soni yigʻindisi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi tahrirdagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda roʻyxatdagi bola soni tashkilotning rejadagi quvvatidan ortib ketgan hollarda, rejadan ortiqcha roʻyxatga kiritilgan bolalar uchun kompensatsiya toʻlovlari hisoblanmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “TQS” soʻzi “RTS” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“UBS — tabiiy gazdan foydalanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan toʻliq kunli guruhlardagi bolalar soni”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“RTS — hisobot oyidagi har bir ish kunida NMTTBATda roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilarning soni yigʻindisi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda roʻyxatdagi bola soni tashkilotning rejadagi quvvatidan ortib ketgan hollarda, rejadan ortiqcha roʻyxatga kiritilgan bolalar uchun kompensatsiya toʻlovlari hisoblanmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Maktabgacha taʼlim” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bunda kompensatsiya toʻlovlari ariza berilgan kundan keyin keladigan ish kunidan boshlab NMTTBATda roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib hisoblab boriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“25. DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTT uchun subsidiyalar va kompensatsiyalarning qatʼiy miqdorlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2022-yilning avgust oyida — 2022-yil avgust oyidan 2023-yil mart oyigacha boʻlgan muddat uchun, keyingi yillarda esa har yili aprel oyida — joriy yil aprel oyidan keyingi yilning mart oyigacha boʻlgan muddat uchun tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yildan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari (tariflari) yuridik shaxslar uchun oshirilganda, kompensatsiyalarning qatʼiy miqdorlari ham mos ravishda oshirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan qayta tasdiqlanadi hamda narxlar (tariflar)ning yangi miqdorlari qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar kuchga kirgan sanadan boshlab hisoblab boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruratdan kelib chiqib, 2024-yildan soʻng kompensatsiyalarning qatʼiy miqdorlari ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidagi “va toʻlanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“DXSH asosidagi MTTlarga subsidiyalar va kompensatsiyalar yakka tartibdagi tadbirkorlik guvohnomasi, faoliyatini boshlaganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoki nodavlat taʼlim tashkiloti litsenziyasi, tegishlicha ijara shartnomasi amal qilish muddatlarda hisoblanadi va toʻlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 331-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“331. DXSH asosidagi barcha nodavlat MTTlar tomonidan NMTTBATdagi maʼlumotlarni boshqa tashqi elektron dasturlar yoki ilovalar yordamida oʻzgartirishlar kiritish holatlari aniqlanganda DXSH asosidagi barcha nodavlat MTTlar bilan tuzilgan bitimlar davlat sherigi tomonidan bir tomonlama bekor qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ularni moliyalashtirish uchun talabnomalarni oʻz vaqtida taqdim etilishida Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi masʼul hisoblanadi;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“19. Soʻrovlarga asosan joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan oʻrganishlar jarayonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy MTT uchun ajratilgan xonalar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga mosligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar yoki noturar joyning manzili va oilaviy MTT uchun ajratiladigan maydonning (kvadrat metrda aks ettiriladi) arizada toʻgʻri koʻrsatilganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan meʼyorlarga muvofiq oilaviy MTTda ajratilgan maydonda taʼlim va tarbiya olishi imkoniyati mavjud boʻlgan bolalarning maksimal sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy MTTni tashkil etish uchun ajratilgan binolar sanitariya-himoya zonasiga ega boʻlgan obyektlardan zarur darajada uzoqlikda joylashuvini oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijasida xulosa shakllantiriladi va unga oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, hojatxonasi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosurati (kamida 4 ta fotosurat) majburiy tartibda ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oilaviy MTTda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar talablariga rioya etilmagan taqdirda, ushbu manzilda oilaviy MTTni tashkil etish rad etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organlari oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilgan turar yoki noturar joy sharoitlari va uning yon atrofi yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi yoki bermasligini belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijasida xulosa shakllantiriladi va unga oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, isitish tizimi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosurati (kamida 4 ta fotosurat) majburiy tartibda ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oilaviy MTTda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilmagan taqdirda, ushbu manzilda oilaviy MTTni tashkil etish rad etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisi, “v”, “g” va “d” kichik bandlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“e) oilaviy MTTni tashkil etmoqchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor bir vaqtning oʻzida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimining boshqaruv organi xodimi yoki davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yoxud maktabda rahbarlik lavozimda ishlaganida”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Mazkur Nizom kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar oʻz huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilganda hamda tadbirkorlik subyektlari oʻz xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida oʻzi faoliyat yuritadigan hududda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyganda, ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarining ish haqini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“101. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarining farzandlarini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining tavsiyasiga asosan qoplanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi “umumtaʼlim tashkilotiga” soʻzlaridan keyin “va umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshi “umumtaʼlim muassasasiga” soʻzlaridan keyin “va umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 37-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoki inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlim axborot tizimining maxsus ishlab chiqilgan xizmati orqali”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 1-ilovaning 5-bosqichi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoki inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlim axborot tizimining maxsus ishlab chiqilgan xizmati orqali”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-bandi “v” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi “1,7 — 10, 14 — 16-bandlaridagi” soʻzlari “7 — 10, 14 — 16-bandlaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 10.01.2025-y., 09/25/1/0020-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)