29.11.2024 yildagi PQ-409-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash, suv resurslarini tejash, qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki qiymati 160 mln AQSh dollari boʻlgan “Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish” hamda dastlabki qiymati 60 mln AQSh dollari boʻlgan “Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish” loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish uchun Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki va yirik kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi — buyurtmachi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Xitoy Xalq Respublikasi Eksport-import bankining imtiyozli krediti — moliyalashtirish manbasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning ishchi va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha “OʻzGIP” MChJ — bosh loyihachi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istisno tariqasida, Xitoy Xalq Respublikasining “CITIC Construction Co.Ltd” kompaniyasi — bosh pudratchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning ishchi va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha “Suvloyiha” MChJ — bosh loyihachi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istisno tariqasida, Xitoy Xalq Respublikasining “CITIC Construction Co.Ltd” kompaniyasi hamda “China CAMC Engineering Co., Ltd.” kompaniyasi — bosh pudratchilar etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki bilan muzokaralar oʻtkazib, Loyihalarni sugʻurta toʻlovisiz imtiyozli shartlarda moliyalashtirish boʻyicha shartlarni kelishsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) “OʻzGIP” MChJ (B. Roʻziboyev), “Suvloyiha” MChJ (Q. Bobojonov), Buxoro viloyati (B. Zaripov), Namangan viloyati (Sh. Abdurazakov), Surxondaryo viloyati (U. Qosimov), Qashqadaryo viloyati (M. Azimov) hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida ekspertizadan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash yuzasidan tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Bosh prokuratura (S. Samadov) Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mazkur Loyihalarning loyiha hujjatlari (texnik-iqtisodiy asoslari, tender hujjatlari)ni ishlab chiqishda mahalliy kontentlarni inobatga olish hamda obyektlar qurilishiga ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish va ortiqcha xarajatlarni qisqartirish orqali mablagʻlarni iqtisod qilish boʻyicha zarur choralar koʻrib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangandan soʻng Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki bilan qarz bitimlari 2025-yildan boshlab bajariladigan ish hajmlaridan kelib chiqib, qismlarga boʻlgan holda imzolanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15 foiz avans toʻlovi uchun 2025-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar mahalliy budjetlarida melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash ishlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 120 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangandan soʻng, qarz bitimi shartlaridan kelib chiqib, 2025-yil uchun Davlat budjeti parametrlariga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Buxoro viloyati (B. Zaripov), Namangan viloyati (Sh. Abdurazakov), Surxondaryo viloyati (U. Qosimov), Qashqadaryo viloyati (M. Azimov) hokimliklari Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda Loyihalarni amalga oshirish jarayonida bosh pudratchilarga yetarli ish sharoitlarini yaratish uchun tasdiqlangan suv ochish va yopish grafiklariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev, Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov, Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazakov, Surxondaryo viloyati hokimi U. Qosimov, Qashqadaryo viloyati hokimi M. Azimov Loyihalar boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan sharoitlarni taʼminlashga, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki tartib-taomillari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobot va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim etishni tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Loyihalar doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Loyihalar doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatilishiga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 29-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-409-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 07/24/409/0984-son)