26.10.1961 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro Rim Konvensiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochilar, fonogrammalar tayyorlovchilar va eshittirish olib boruvchi tashkilotlar huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi davlatlar, ijrochilar, fonogrammalar tayyorlovchilar va eshittirish olib boruvchi tashkilotlar huquqlarini himoya qilish istagida, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
[Asl mualliflik huquqini buzmaslik kafolati
*]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Konvensiya bilan taqdim etilayotgan muhofaza adabiy va badiiy asarlarga boʻlgan mualliflik huquqlariga daxldor emas hamda ularga hech qanday ziyon yetkazmaydi. Tegishincha, mazkur Konvensiyaning biron-bir qoidasi bunday muhofazaga ziyon yetkazadi deb talqin qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
[Konvensiya taqdim etayotgan muhofaza. Milliy rejim tushunchasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun milliy rejim muhofaza soʻralayotgan Ahdlashuvchi davlatning ichki qonunchiligi taqdim etayotgan tartibni anglatadi, bunda muhofaza quyidagilarga soʻraladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat fuqarolari boʻlgan ijrochilarga, uning hududida amalga oshirilayotgan ijrolar, efirga uzatuvlar yoki birinchi yozuvlarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat fuqarolari yoki yuridik shaxslari boʻlgan fonogramma tayyorlovchilarga, uning hududida birinchi marta yozilgan yoki birinchi marta nashr qilingan fonogrammalarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) shtab-kvartiralari davlat hududida joylashgan eshittirish olib boruvchi tashkilotlarga, uning hududida joylashgan uzatgichlar yordamida amalga oshiriladigan efirga uzatuvlarga nisbatan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy rejim mazkur Konvensiyada koʻzda tutilgan maxsus kafolatlangan muhofaza va cheklashlarga nisbatan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 modda
[Tushunchalar: (a) ijrochilar; (b) fonogramma; (c) fonogrammalarni ishlab chiqaruvchilar; (d) nashr etish; (e) takrorlash; (f) efirga uzatish; (g) retranslyatsiya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “ijrochilar” deganda, aktyorlar, qoʻshiqchilar, musiqachilar, raqqoslar yoki rol ijro etadigan, qoʻshiq aytadigan, sheʼr oʻqiydigan, ifodali oʻqiydigan, ijro etadigan yoki boshqa biron holatda adabiy yoki badiiy asar ijrosida ishtirok etadigan boshqa shaxslar tushuniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “fonogramma” ijro etiladigan tovushlarning yoki boshqa tovushlarning toʻgʻridan-toʻgʻri tovushli yozuvini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) “fonogramma tayyorlovchi” ijro etiluvchi tovushlar yoki boshqa tovushlarni birinchi boʻlib yozib oladigan shaxs yoki yuridik shaxsni anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “nashr etish” fonogramma nusxalarini jamoaga yetarli miqdorda taqdim etilishini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) “takrorlash” yozuvning bitta yoki bir nechta nusxasini tayyorlashni anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) “efirga uzatish” tovushlarni yoki tasvirlar va tovushlarni simsiz aloqa vositalari bilan jamoaga yetkazib berishni anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “retranslyatsiya” bir vaqtning oʻzida bir eshittirish olib boruvchi tashkilot tomonidan eshittirishning boshqa eshittirish olib boruvchi tashkilot efiriga uzatilishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
[Muhofaza qilinadigan ijrolar. Ijrochilarga milliy rejimni taqdim etish shartlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir Ahdlashuvchi davlat ijrochilarga quyidagi shartlarning istalganiga rioya qilingan holda milliy rejimni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ijro boshqa Ahdlashuvchi davlatda amalga oshirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijro mazkur Konvensiyaning 5-moddasiga muvofiq muhofaza qilinayotgan fonogrammaga kiritilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) ijro, fonogrammaga yozilmagan boʻlsada, mazkur Konvensiyaning 6-moddasiga muvofiq muhofaza qilinayotgan efirga uzatish yoʻli bilan tarqatilayotgan boʻlsada.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
[Muhofaza qilinadigan fonogrammalar: 1. Fonogramma ishlab chiqaruvchilariga milliy rejimni taqdim etish shartlari; 2. Bir vaqtda nashr etish; 3. Muayyan mezonlarni qoʻllamaslik huquqi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi davlat quyidagi shartlarning istalganiga rioya qilingan holda milliy rejimni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fonogramma tayyorlovchisi boshqa Ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi boʻlib hisoblansa (milliy mansublik mezoni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovushning birinchi yozuvi boshqa Ahdlashuvchi davlatda amalga oshirilgan boʻlsa (yozib olish mezoni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) fonogramma birinchi marta boshqa Ahdlashuvchi davlatda nashr qilingan boʻlsa (birinchi nashr mezoni).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar fonogramma mazkur Konvensiya qatnashchisi boʻlmagan davlatda birinchi marta nashr qilingan boʻlsa, biroq bunda u birinchi nashr qilingan kunidan eʼtiboran oʻttiz kun davomida Ahdlashuvchi davlatda ham nashr qilingan boʻlsa (bir vaqtdagi nashr), u Ahdlashuvchi davlatda birinchi marta nashr qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har qaysi Ahdlashuvchi davlat, Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnomani saqlash uchun topshirish yoʻli bilan, u nashr qilish mezonini yoki, muqobil tartibda, tovush yozish mezonini qoʻllamasligini maʼlum qilishi mumkin. Bunday bildirishnoma ratifikatsiya qilishda, qabul qilish yoki qoʻshilishda yoki shundan keyingi har qanday vaqtda saqlashga topshirilishi mumkin, oxirgi holatda bildirishnoma u saqlashga topshirilgan sanadan olti oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
[Muhofaza qilinadigan efirga uzatuvlar: 1. Eshittirish olib boradigan tashkilotlarga milliy rejimni taqdim etish shartlari; 2. Qoʻshimcha shartlarga huquq]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi davlat quyidagi shartlarning istalganiga rioya qilinganda eshittirish olib boruvchi tashkilotlarga milliy rejimni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) eshittirish olib boruvchi tashkilotning shtab-kvartirasi boshqa Ahdlashuvchi davlatda joylashgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) efirga uzatish boshqa Ahdlashuvchi davlatda joylashgan uzatuvchi moslama yordamida amalga oshirilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir Ahdlashuvchi davlat, Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnomani saqlash uchun topshirish yoʻli bilan, eshittirish olib boruvchi tashkilotning shtab-kvartirasi boshqa Ahdlashuvchi davlatda joylashgan va eshittirish xuddi oʻsha davlatda joylashgan uzatuvchi moslama yordamida amalga oshirilgan holdagina u efirga uzatish muhofazasini taʼminlashini maʼlum qilishi mumkin. Bunday bildirishnoma ratifikatsiya qilishda, qabul qilish yoki qoʻshilishda yoki shundan keyingi har qanday vaqtda saqlashga topshirilishi mumkin, oxirgi holatda bildirishnoma u saqlashga topshirilgan sanadan olti oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
[Ijrochilar huquqlarining minimal muhofazasi: 1. Alohida huquqlar; 2. Ijrochilar va eshittirish olib boruvchi tashkilotlar oʻrtasidagi munosabatlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Konvensiyaga muvofiq ijrochilarga taqdim etiladigan muhofaza quyidagilarning oldini olish imkoniyatini oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ularning ijrosini oʻzlarining roziligisiz efirga uzatish va hammaga maʼlum qilish uchun xabarlash, bunda efirga uzatish va hammaga maʼlum qilish uchun xabarlashda foydalanilgan ushbu ijro oʻz-oʻzidan efirga uzatib boʻlingan yoki yozuv yordamida amalga oshirilgan holatlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ularning yozib olinmagan ijrosini oʻzlarining roziligisiz yozish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) ularning yozib olingan ijrosini oʻzlarining roziligisiz takrorlash, agar bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) birlamchi yozuv ularning roziligisiz amalga oshirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ii) takrorlash ijrochilar oʻz roziliklarini bergan maqsadlardan boshqa maqsadlarda amalga oshirilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iii) birlamchi yozuv 15-modda qoidalariga binoan amalga oshirilgan boʻlib, takrorlash esa mazkur qoidalarda koʻrsatilgandan boshqa maqsadlarda amalga oshirilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1) Agar efirga uzatish ijrochilar roziligi bilan amalga oshirilayotgan boʻlsa, retranslyatsiya qilish, efirga uzatish maqsadida yozuvni amalga oshirish va bunday yozuvni efirga uzatish maqsadida takrorlash borasidagi muhofaza, muhofaza soʻralayotgan Ahdlashuvchi davlatning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Eshittirish olib boruvchi tashkilotlar tomonidan efirga uzatish maqsadida amalga oshirilgan yozuvlardan foydalanishni tartibga soluvchi qoidalar va shartlar muhofaza soʻralayotgan Ahdlashuvchi davlatning ichki qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Biroq mazkur bandning 1 va 2-kichik bandlarida aytib oʻtilgan ichki qonunchilik ijrochilarni eshittirish olib boruvchi tashkilotlar bilan oʻzlarining munosabatlarini shartnoma boʻyicha nazorat qilish imkoniyatidan mahrum qilmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
[Ijroda qatnashuvchi bir nechta ijrochilar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitta ijroda bir nechta ijrochi qatnashayotgan boʻlsa, har qaysi Ahdlashuvchi davlat oʻzining ichki qonunchiligi va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarida ijrochilar oʻz huquqlarini amalga oshirishlari bilan bogʻliq holda qay tarzda taqdim etilishlarini qoʻshimcha ravishda belgilab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
[Estrada va sirk artistlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qaysi Ahdlashuvchi davlat oʻzining ichki qonunchiligi va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlari vositasida mazkur Konvensiya bilan taqdim etilayotgan muhofazani adabiy va badiiy asarlarni ijro etmaydigan artistlarga nisbatan tatbiq qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
[Fonogramma ishlab chiqaruvchilarning ularni takrorlashga boʻlgan huquqi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fonogramma tayyorlovchilar oʻz fonogrammalarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita takrorlashga ruxsat berish yoki taqiqlash huquqiga egalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
[Fonogrammalar boʻyicha rasmiyatchiliklarga rioya qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligi fonogramma tayyorlovchilar yoki ijrochilar yoki har ikkisining ham huquqlarini muhofaza qilish sharti sifatida maʼlum rasmiyatchiliklarga rioya qilinishini talab qilsa, bu holda, agar nashr qilingan fonogrammaning sotuvda boʻlgan hamma nusxalari yoki ularning upakovkasi birinchi nashr yili koʻrsatilgan ℗ belgidan tashkil topgan, fonogramma muhofaza qilinayotgani toʻgʻrisida aniq maʼlumot berilishi taʼminlangan holda joylashtirilgan bildirish xatiga ega boʻlsa, ushbu rasmiyatchiliklar bajarilgan hisoblanadi; va, agar nusxalar yoki ularning upakovkasi fonogramma tayyorlovchisi yoki litsenziya egasini (uning ismi, tovar belgisi yoki boshqa tegishli belgilarni koʻrsatish yoʻli bilan) aniqlab bermasa, bu holda bildirish xati fonogramma tayyorlovchi huquqiga ega boʻlgan shaxs ismini ham oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak; va, bundan tashqari, agar nusxalar yoki ularning upakovkasi asosiy ijrochilarni aniqlab bermasa, bu holda bildirish xati yozuv amalga oshirilgan mamlakatda shunday ijrochilar huquqlariga ega boʻlgan shaxs ismini ham oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
[Fonogrammalardan ikkilamchi foydalanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tijorat maqsadlarida nashr qilingan fonogramma, yoki bunday fonogrammani takrorlash bevosita efirga uzatish yoki har qanday usul bilan barchaga xabar qilish uchun istifoda qilinayotgan boʻlsa, foydalanuvchi ijrochilarga yoki fonogramma tayyorlovchilarga yoki har ikkoviga bir martalik adolatli haq toʻlaydi. Ushbu tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, bunday haqning taqsimlanish shartlari ichki qonunchilik bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
[Eshittirish olib boruvchi tashkilotlarning minimal huquqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eshittirish olib boruvchi tashkilotlar quyidagilarga ruxsat berish yoki taqiqlash huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻz eshittirishlarini efirga retranslyatsiya qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻz eshittirishlarini efirga yozishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) i) oʻzlarining roziligisiz amalga oshirilgan eshittirishlarining yozuvlarini efirda takrorlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ii) 15-modda qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan oʻz eshittirishlarining efirga yozuvlarini takrorlashga, agar takrorlash ushbu qoidalarda koʻrsatilgandan boshqa maqsadlarda amalga oshirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oʻz televizion eshittirishlarini hammaning eʼtiboriga havola qilish uchun xabar qilishga, agar bunday xabar tomoshabinlarning kirishi uchun qulay boʻlgan joylarda kirish haqi evaziga amalga oshirilayotgan boʻlsa; bunday xabar qilish amalga oshirilishi mumkin boʻlgan shartlar ushbu huquq muhofazasi soʻralayotgan davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
[Minimal muhofaza muddati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Konvensiyaga muvofiq taqdim qilinadigan muhofaza muddati kamida yigirma yillik davrgacha davom etadi, bunda ushbu davr:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fonogrammalar va ularga kiritilgan ijrolar uchun — yozuv amalga oshirilgan,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fonogrammalarga kiritilmagan ijrolar uchun — ijro boʻlib oʻtgan,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) efirga uzatishlar uchun — efirga uzatish boʻlib oʻtgan yilning oxiridan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
[Ruxsat berilgan istisnolar: 1. Maxsus cheklashlar; 2. Mualliflik huquqining muhofaza qilinishiga nisbatan cheklashlarga tenglashtirilgan cheklashlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har qaysi Ahdlashuvchi davlat oʻzining ichki qonunchiligi va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarida mazkur Konvensiya bilan kafolatlanadigan muhofazadan quyidagilarga nisbatan istisnolarni koʻzda tutishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shaxsiy maqsadlar uchun foydalanishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qisqa parchalardan joriy voqealar toʻgʻrisida xabar berish maqsadida foydalanishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) eshittirish olib boruvchi tashkilot tomonidan oʻzining uskunalarida va oʻzining xususiy eshittirishlari uchun amalga oshiriladigan qisqa muddatli yozishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) faqat oʻquv yoki ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandidan qatʼiy nazar, har qaysi Ahdlashuvchi davlat oʻzining ichki qonunchiligi va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarida fonogrammalarning ijrochilari, tayyorlovchilari va eshittirish olib boruvchi tashkilotlar huquqlarini muhofaza qilishda oʻzining ichki qonunchiligi va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarida adabiy va badiiy asarlarga mualliflik huquqini muhofaza qilishga nisbatan qanday cheklovlar koʻzda tutilgan boʻlsa, aynan shunday cheklovlarni koʻzda tutishlari mumkin. Biroq majburiy litsenziyalar faqat mazkur Konvensiyaga muvofiq hajmda koʻzda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
[Qoʻshimcha shartlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har qanday davlat, mazkur Konvensiya ishtirokchisi boʻlar ekan, undan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi va undan kelib chiqadigan barcha imtiyozlardan foydalanadi. Biroq har qanday vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladigan bildirish xati orqali u quyidagilarni xabar qilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 12-moddaga tegishli holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) u mazkur modda qoidalarini qoʻllamasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ii) u mazkur modda qoidalarini foydalanishning maʼlum turlariga nisbatan qoʻllamasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iii) u tayyorlovchisi boshqa Ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi boʻlmagan fonogrammaga nisbatan mazkur moddani qoʻllamasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iv) u, tayyorlovchisi boshqa Ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi boʻlgan fonogrammalarga nisbatan mazkur moddaga muvofiq taqdim etiladigan muhofazani, tegishli bayonot berayotgan davlat fuqarosi yoki yuridik shaxsi tomonidan birinchi marta yozib olingan fonogrammalarga nisbatan ushbu davlat taqdim etadigan muhofaza hajmi va shartlari doirasida cheklashini; biroq, fonogramma tayyorlovchisi oʻzining fuqarosi yoki yuridik shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi davlat benefitsiar yoki benefitsiarlarga bayonot berayotgan davlat tomonidan taqdim etilgan muhofazani taqdim etmaslik holati muhofaza hajmidagi farqlar sifatida olib qaralmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 13-moddaga tegishli holda, u ushbu moddaning “d”-bandini qoʻllamasligini; agar Ahdlashuvchi davlat bunday bayonot bersa, u holda boshqa Ahdlashuvchi davlatlar shtab-kvartirasi ushbu davlatda boʻlgan eshittirish olib boruvchi tashkilotlarga 13-moddaning “d”-bandida koʻzda tutilgan huquqni taqdim etishga majbur emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan bildirish ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilish haqidagi hujjat saqlashga topshirilgan sanadan keyin yuborilgan boʻlsa, bu holda ariza u saqlashga topshirilgandan olti oy oʻtib kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
[Faqat “birinchi yozish joyi” mezonini qoʻllaydigan ayrim davlatlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1961-yil 26-oktabr holatiga koʻra, fonogrammalar tayyorlovchilari huquqlarining muhofazasini faqat yozish mezoni asosida taqdim etuvchi har qanday davlat, ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibiga saqlash uchun topshirilayotgan bildirishnomada 5-modda maqsadlari yoʻlida u faqat yozib olish mezonini, 16-moddaning 1 “a” “iii” va “iv” bandlari maqsadlari yoʻlida esa — milliy mansublik mezoni oʻrniga yozib olish mezonini qoʻllashini maʼlum qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
[Qoʻshimcha shartlarni olib tashlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-moddaning 3-bandi, 6-moddaning 2-bandi, 16-moddaning 1-bandi va 17-moddaga muvofiq bildirish xatini saqlashga topshirgan har qaysi davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibiga saqlash uchun topshiriladigan navbatdagi bildirish orqali uning hajmini cheklashi yoki chaqirib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
[Filmlar ijrochilarining huquqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Konvensiyaning har qanday qoidalariga qaramay, agar ijrochi oʻz ijrosining videoyozuvga yoki audiovizual yozuvga kiritilishiga rozilik bergan boʻlsa, 7-modda qoʻllanishdan toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
[Orqaga qaytish kuchning mavjud emasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Konvensiya har qanday Ahdlashuvchi davlatda mazkur Konvensiya ushbu davlatga nisbatan kuchga kirgan sanaga qadar ega boʻlingan huquqlarga ziyon yetkazmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bironta Ahdlashuvchi davlat mazkur Konvensiya qoidalarini mazkur Konvensiya ushbu davlatga nisbatan kuchga kirguniga qadar amalga oshirilgan ijrolarga yoki efirga uzatishlarga, yoki yozib olingan fonogrammalarga nisbatan qoʻllashga majbur emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
[Boshqa muhofaza turlarining saqlanishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan muhofaza ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilari va eshittirish olib boruvchi tashkilotlarga taqdim etilgan hech qanday boshqa muhofazaga ziyon yetkazmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
[Maxsus bitimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi davlatlar oʻzaro maxsus bitimlar tuzish huquqini saqlab qoladilar, agar bunday bitimlar ijrochilar, fonogrammalar tayyorlovchilari va eshittirish olib boradigan tashkilotlarga mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan huquqlardan koʻra kengroq huquqlar taqdim etilishini koʻzda tutgan boʻlsa, yoki mazkur Konvensiyaga zid boʻlmagan boshqa qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
[Imzolash va saqlash uchun topshirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibiga saqlash uchun topshiriladi. U Butunjahon mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyaning qatnashchisi yoki Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro ittifoq aʼzosi boʻlgan, Xalqaro ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilari va eshittirish olib boruvchi tashkilotlar huquqlarini muhofaza qilish boʻyicha Diplomatik konferensiyada qatnashish uchun taklif qilingan har qanday davlat tomonidan imzolash uchun 1962-yilning 30-iyunigacha ochiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda
[Konvensiyada qatnashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Konvensiya uni imzolagan davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi yoki qabul qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Konvensiya 23-moddada aytib oʻtilgan Konferensiyada qatnashish uchun taklif qilingan har qanday davlatning va Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi boʻlgan har qanday davlatning qoʻshilishi uchun, ikkala holatda ham davlat Butunjahon mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyaning qatnashchisi yoki Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro konvensiya aʼzosi boʻlishi sharti bilan ochiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilish tegishli hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibiga saqlash uchun topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda
[Kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Konvensiya ratifikatsiya, qabul qilish yoki qoʻshilish haqidagi oltinchi hujjat saqlashga topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Keyinchalik mazkur Konvensiya har bir davlatga nisbatan uning ratifikatsiya, qabul qilish yoki qoʻshilish haqidagi hujjati saqlashga topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda
[Konvensiyaning ichki qonunchilik qoidalari orqali qoʻllanishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi davlat oʻz Konstitutsiyasiga muvofiq mazkur Konvensiyaning qoʻllanishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrish majburiyatini zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir davlat oʻzining ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilish haqidagi hujjatini saqlashga topshirishda mazkur Konvensiya qoidalarining amalga oshirilishini oʻz ichki qonunchiligiga muvofiq taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda
[Konvensiyaning baʼzi hududlarga nisbatan qoʻllanishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har qaysi davlat ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilish paytida yoki bundan keyingi har qanday vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborilgan bildirish xatida, mazkur Konvensiya xalqaro ishlari uchun davlatning oʻzi masʼul boʻlgan barcha hududlar yoki istalgan hududlardan birida qoʻllanishini bildirishi mumkin, bunda ushbu hudud yoki hududlarda Butunjahon mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyaning yoki Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro konvensiyaning amal qilishi koʻzda tutilishi shart. Ushbu bildirish xati u qabul qilib olingan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 5-moddaning 3-bandi, 6-moddaning 2-bandi, 16-moddaning 1-bandi hamda 17- va 18-moddalarda aytib oʻtilgan bildirishlar mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan barcha hududlarda yo ularning istalganida joriy qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda
[Konvensiyani denonsatsiya qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi davlat mazkur Konvensiyani oʻz nomidan yoki 27-moddada aytib oʻtilgan barcha hududlar yo ularning istalgani nomidan denonsatsiya qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Denonsatsiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborilgan bildirishnoma orqali amalga oshiriladi, va olingan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Denonsatsiya huquqi mazkur Konvensiya Ahdlashuvchi davlatga nisbatan kuchga kirgan sanadan eʼtiboran besh yillik davr muddati tugagunga qadar ushbu davlat tomonidan amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi davlat Butunjahon mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyaning qatnashishni ham, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro konvensiyaga aʼzolikni ham toʻxtatishi bilan mazkur Konvensiya qatnashchisi boʻlmay qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Konvensiyaning 27-moddada aytib oʻtilgan hududlarning istalganiga nisbatan qoʻllanishi Butunjahon mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyaning ham, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro konvensiyaning ham ushbu hududlarga nisbatan ham qoʻllanishi toʻxtatilgan vaqtdan eʼtiboran toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda
[Konvensiyani qayta koʻrib chiqish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirgandan keyin besh yil oʻtgach, har qaysi Ahdlashuvchi davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bildirishnoma yuborish yoʻli bilan Konvensiyani qayta koʻrib chiqish maqsadida konferensiya chaqirishni soʻrashi mumkin. Bosh kotib bunday iltimos haqida barcha Ahdlashuvchi davlatlarga xabar beradi. Agar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi maʼlumot bergan sanadan eʼtiboran olti oy mobaynida Ahdlashuvchi davlatlarning kamida yarimi ushbu iltimosni qoʻllab-quvvatlashlari toʻgʻrisida xabar qilsalar, Bosh kotib bu haqda Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Bosh direktori va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq Byurosi Direktoriga axborot beradi, ular 32-moddada koʻzda tutilgan Hukumatlararo komitet bilan hamkorlikda mazkur Konvensiyani qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyani chaqiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Konvensiyaga har qanday oʻzgartish kiritish uchun qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyada ishtirok etayotgan davlatlarning uchdan ikki qismidan koʻproq ovozlari talab qilinadi, bunda ushbu koʻpchilik qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyani oʻtkazish paytida Konvensiya ishtirokchilari boʻlgan davlatlarning uchdan ikki qismini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar mazkur Konvensiyani toʻliq yoki qisman oʻzgartiradigan Konvensiya qabul qilinsa, va agar qayta koʻrib chiqilgan Konvensiyada boshqa narsa koʻzda tutilmagan boʻlsa, u holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Konvensiya qayta koʻrib chiqilgan Konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran ratifikatsiya qilish, qabul qilish va qoʻshilish uchun ochiq boʻlmay qoladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mazkur Konvensiya qayta koʻrib chiqilgan Konvensiya ishtirokchilari boʻlmagan davlatlar, yoki ushbu davlatlar orasidagi munosabatlarga nisbatan oʻz kuchini saqlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda
[Nizolarni tartibga solish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkita yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlatlar oʻrtasida ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllanilishiga nisbatan vujudga kelishi mumkin boʻlgan va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinmagan har qanday bahs, bahslashuvchi tomonlardan birining talabiga binoan, agar ular bahsni hal qilishning boshqa tartibi haqida kelisha olmasalar, bahs boʻyicha qaror chiqarish uchun Xalqaro Sudga uzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda
[Qoʻshimcha shartlarga nisbatan cheklovlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-moddaning 3-bandi, 6-moddaning 2-bandi, 16-moddaning 1-bandi hamda 17-modda qoidalariga shikast yetkazmasdan, ushbu Konvensiyaga nisbatan hech qanday qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda
[Hukumatlararo qoʻmita]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukumatlararo qoʻmita taʼsis etiladi va uning majburiyatlari quyidagilardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Konvensiyaning qoʻllanishi va amal qilishiga taalluqli masalalarni oʻrganish; va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) takliflar yigʻish va mazkur Konvensiyaning ehtimoliy qayta koʻrib chiqilishi uchun hujjatlarni tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻmita tarkibiga Ahdlashuvchi davlatlarning adolatli jugʻrofiy taqsimot yetarli darajada hisobga olingan holda tanlangan vakillari kiradi. Qoʻmita Ahdlashuvchi davlatlar soni oʻn ikkidan oshmagan taqdirda, oltita aʼzodan, Ahdlashuvchi davlatlar soni oʻn uchtadan oʻn sakkiztagacha boʻlgan taqdirda, toʻqqizta aʼzodan, Ahdlashuvchi davlatlar soni oʻn sakkizdan oshgan taqdirda, oʻn ikkita aʼzodan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻmita Konvensiya kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy oʻtgach, har biri bir ovozga ega boʻlgan Ahdlashuvchi davlatlar oʻrtasida Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Bosh direktori va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq Byurosi Direktori tomonidan tashkil etilgan saylovlar yoʻli bilan, Ahdlashuvchi davlatlarning koʻpchiligi tomonidan oldinroq maʼqullangan qoidalarga muvofiq taʼsis etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoʻmita oʻz raisini va mansabdor shaxslarini saylaydi. U oʻziga tegishli protsedura qoidalarini oʻrnatadi. Bu qoidalar, xususan, Qoʻmitaning kelajakdagi ishini va turli Ahdlashuvchi davlatlar rotatsiyasini taʼminlash uchun uning keyingi aʼzolarini saylash tartibini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoʻmita Kotibiyati Xalqaro mehnat byurosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha komissiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro ittifoq Byurosining, mos ravishda ikkita Bosh direktor va Direktori tomonidan tayinlanadigan xodimlaridan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoʻmitaning koʻpchilik aʼzolari zarur deb topgan har bir paytda chaqiriladigan majlislari navbatma-navbat Xalqaro mehnat byurosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha komissiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofazalash boʻyicha Xalqaro ittifoq Byurosi shtab-kvartiralarida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoʻmita aʼzolarining xarajatlari tegishli hukumatlar tomonidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda
[Tillar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Konvensiya ingliz, ispan va fransuz tillarida tuzilgan, bunda uchta matn teng hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bundan tashqari, mazkur Konvensiyaning rasmiy matnlari italyan, nemis va portugal tillarida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda
[Bildirishnomalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi 23-moddada aytib oʻtilgan Konferensiyada qatnashish uchun taklif qilingan davlatlarni hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan har bir davlatni, shuningdek Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Bosh direktori, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro ittifoq Byurosi Direktorini quyidagilarni haqida xabardor qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ratifikatsiya qilish, qabul qilish va qoʻshilish haqidagi har bir hujjatning saqlashga topshirilganligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mazkur Konvensiyaning kuchga kirgan sanasi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) mazkur Konvensiyada koʻzda tutilgan hamma bildirishnomalar, arizalar yoki xabarlar toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 28-moddaning 4- va 5-bandlarida aytib oʻtilgan vaziyatlarning yuzaga kelganligi toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ham Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Bosh direktori, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro ittifoq Byurosi Direktorini 29-moddaga muvofiq oʻziga yuborilgan iltimoslar, shuningdek Konvensiyani qayta koʻrib chiqish xususida Ahdlashuvchi davlatlardan olingan har qanday boshqa maʼlumotlar haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbuni tasdiqlash uchun zarur vakolatlarga ega boʻlganlar mazkur Konvensiyani imzoladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rimda 1961-yilning 26-oktabrida ingliz, ispan va fransuz tillarda bir nusxada tuzildi. Tasdiqlangan asl nusxalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi tomonidan 23-moddada aytib oʻtilgan Konferensiyada qatnashish uchun taklif qilingan hamma davlatlarga va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo har bir davlatga, shuningdek Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Bosh direktoriga, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro ittifoq Byurosi Direktoriga topshiriladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Moddalar ularning identifikatsiyasini osonlashtirish uchun sarlavhalar bilan taʼminlandi. Konvensiyaning imzolangan matnida sarlavhalar yoʻq.