Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.03.16-23 “Sovuq holda bukilgan rux qoplamali profillar va gofrali listlardan yupqa devorli poʻlat konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 24-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 307]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.03.16-23 “Sovuq holda bukilgan rux qoplamali profillar va gofrali listlardan yupqa devorli poʻlat konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 242, 2024-yil 2-aprel) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v. b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-sentabr,
1-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi A. KULDASHEV
2024-yil 23-sentabr
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruv raisi v.b. B. BOBOKULOV
2024-yil 13-sentabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 11-sentabr
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (kim-bio) Sh. TURDIKULOVA
2024-yil 20-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 26-sentabrdagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 2.03.16-23 “Sovuq holda bukilgan rux qoplamali profillar va gofrali listlardan yupqa devorli poʻlat konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimaning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yupqa devorli sovuq holda bukilgan rux qoplamali profillar va gofrali listlardan qurilgan bino va inshootlarning konstruksiyalarini hisoblash va ularni loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari sovuq holda bukilgan rux qoplamali profillar va gofrali listlardan yupqa devorli poʻlat konstruksiyalardan quriladigan hamda minus 40°C dan kam boʻlmagan va plyus 100°C dan koʻp boʻlmagan haroratli noagressiv yoki kam agressiv muhitda foydalaniladigan, shuningdek QMQ 2.01.03-19 ga muvofiq masʼullik toifasi V boʻlgan bino yoki inshootlarni loyihalashga nisbatan tatbiq etiladi.”.
2. 1-bandda:
1) uchinchi xatboshidagi “SHNQ 2.03.05-13 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash meʼyorlari” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) beshinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.07-96 “Yuklar va taʼsirlar” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21 “Yuklamalar va taʼsirlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-bandda:
1) “SHNQ 2.03.05-13da” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.05-23da” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu SHNQnng talablari asosida bino va inshootlarni seysmik hududlarda loyihalash va qurishni QMQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
4. 6-banddagi “SHNQ 2.03.05-13, QMQ 2.01.07-96 larga” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.05-23, SHNQ 2.01.07-21 larga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 12-bandning birinchi xatboshisi, 32, 35, 42 va 186-bandlardagi “SHNQ 2.03.05-13” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.05-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 15-bandning birinchi xatboshisi, 23, 58-bandlar va 200-bandning beshinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.03.05-13ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.05-23ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 30-bandning beshinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.07-96 hamda SHNQ 2.03.05-13” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21 hamda SHNQ 2.03.05-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 70-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi hamda 229-banddagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 242-bandning toʻqqizinchi, oʻninchi hamda oʻn beshinchi xatboshilari va 264-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.03.05-13 ning” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.05-23 ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 14-ilovaning matnidagi “QMQ 2.01.07-96 va SHNQ 2.03.05-13 ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21 va SHNQ 2.03.05-23 ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.