22.10.2024 yildagi O‘RQ-980-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 21-sentabrda ma’qullangan

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, qulay investitsiya muhitini yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish hisobidan xususiy mulkchilikni kengaytirish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, ularning faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etish, ularni ichki va tashqi bozorlarda raqobatlashishga qodir bo‘lgan samarali korxonalarga bosqichma-bosqich aylantirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar negizida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni amaldagi huquqiy hujjatlar bilan uyg‘unlashtirish orqali ularning ijrosi samarali tashkil etilishini ta’minlash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonunda davlat mulkini garovga qo‘yish, baholash va ommaviy savdolarga chiqarish, davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibini bekor qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarning homiylikka sarflanadigan xarajatlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bilan bog‘liq normalar nazarda tutilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun davlat mulkini boshqarish sohasini takomillashtirish hamda maxsus vakolatli organning vakolatlari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash orqali xususiy mulkchilikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 11, 1062-modda) 8-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat mulkida bo‘lgan va hech kimga xo‘jalik yuritish huquqida biriktirilmagan mulk garovi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini garovga berishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda) sakkizinchi bo‘limining o‘ninchi xatboshisidagi “ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti” degan so‘zlar “ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq bo‘lgan yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xo‘jalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan ko‘p bo‘lgan tijorat tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi 811-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda) 11-moddasiga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi “davlat tasarrufidan chiqarish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat tashkiloti xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda baholash talab etilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuniga asosan 4-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi 712-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan O‘RQ-483-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 214-modda, № 4, 337-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 21-moddasi birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “shu jumladan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-96-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 5-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar ular biznes-rejasining o‘tgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi ko‘rsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan O‘RQ-387-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 3-moddaning qirqinchi xatboshisidagi “davlat depozitariysi” degan so‘zlar “tashkilot” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda” degan so‘zlar “aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda o‘z” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari jamiyat ustavida belgilangan uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda; 2023-yil, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 8-modda birinchi qismining 30-bandidagi “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan so‘zlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 9-modda birinchi qismining 10-bandidagi “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan so‘zlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 10-modda birinchi qismining 102-bandidagi “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan so‘zlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) 34-moddasi beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nol” xarid qiymati bo‘yicha” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 64-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“investitsiya loyihalarini va xususiylashtirilgan tashkilotlarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish, foydalanilmayotgan xonalarni va binolarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun investitsiya majburiyatlari hamda ijtimoiy majburiyatlar sharti bilan realizatsiya qilish va davlat mulki obyektlarini ijaraga berish munosabati bilan zarur ish o‘rinlari sonini aniqlash asosida hisob-kitob qilinadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-martda qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-821-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 183-modda; 2024-yil, № 2, 107-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 22-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda dividend siyosatini belgilaydi” degan so‘zlar “davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosati yuritilishini muvofiqlashtiradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan so‘zlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 48-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi davlat korxonasining” degan so‘zlar “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi aksiyadorlik jamiyatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 22-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-980-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)