O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 21-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan
Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan
Mamlakatimizda bandlik sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, mazkur sohani raqamlashtirish vositasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish, ishsiz shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni kasbga o‘qitish hamda aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan bir qator islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga bandlik sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga va uning bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada tartibga solish maqsadida qonunchilikda yangi normalarni aks ettirish, shuningdek ma’muriy islohotlar doirasida bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini o‘zgartirish hamda qonun hujjatlariga ushbu organlarning va ular tasarrufidagi tashkilotlarning rasmiy nomlarini aniqlashtirishga taalluqli tegishli o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmasligini, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi, shuningdek ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xodimlarning ishdan bo‘lg‘usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlarini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilmoqda, shuningdek oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda.
Ushbu Qonun ishga joylashtirish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga, shu yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga tegishli axborotni taqdim etish jarayonini soddalashtirishga, mahalliy mehnat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab etilishining oldini olishga, shuningdek xodimlarning ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini kuchaytirishga hamda aholining davlat organlariga nisbatan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnat organlari — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy mehnat organlari deb yuritiladi), tumanlarning (shaharlarning) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari (bundan buyon matnda mahalliy mehnat organlari deb yuritiladi)”;
2) 6-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlari” degan so‘zlar “kollejlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 8-modda:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 9-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 10-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 11-modda:
nomidagi “Davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
ikkinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 12-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlari” degan so‘zlar “kollejlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
9) 13-modda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda, shuningdek xodimlarning ishdan bo‘lg‘usi ozod etilishi to‘g‘risidagi axborotni har bir xodimni ko‘rsatgan holda, ular ishdan ozod etilishidan kamida ikki oy oldin “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda mahalliy mehnat organlariga taqdim etish”;
sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga ko‘ra “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etiladi. Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasiga kiritiladi”;
10) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 18-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo‘linmasini) tugatish;
b) xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:
o‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning;
oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning;
to‘qson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi”;
12) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Subsidiya bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun vazirliklar va idoralarning mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moliyaviy ko‘makdir.
Subsidiyalarning turlari va ularni taqdim etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi”;
13) 22-moddaning birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 23-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek mahalliy ijro hokimiyati organlari ish o‘rinlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojning dastlabki parametrlari asosida ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini har yili 1-noyabrdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi”;
oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 24-modda:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ssuda berilishini quyidagi hollarda rad etishga haqli:
ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
Ssuda berish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan xabarnoma bir ish kuni ichida yuboriladi”;
yettinchi qismi to‘qqizinchi qism deb hisoblansin;
16) 25-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 29-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish mahalliy mehnat organining mas’ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organiga pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Ish qidirayotgan shaxslarning ish staji, ma’lumoti (mavjud bo‘lgan taqdirda), ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda boshqa ma’lumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organlariga kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni yoki uning ko‘chirma nusxasini (kasbi yoki kasbiy malakasi mavjud bo‘lgan taqdirda) taqdim etishi mumkin.
Zarur bo‘lganda, mahalliy mehnat organi elektron so‘rov yuborish orqali mas’ul tashkilotlardan quyidagi ma’lumotlarni olishi mumkin:
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalaridan — tavsiya etilayotgan mehnatning xususiyati va sharoitlari to‘g‘risidagi xulosani (nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan);
sog‘liqni saqlash muassasalaridan — tibbiy xulosalarni va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat faoliyatida cheklovlar mavjud bo‘lgan shaxslarga nisbatan);
jazoni ijro etish muassasalaridan — shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan);
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan — bolalarining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning ko‘chirma nusxalarini (qaramog‘ida bolalari bo‘lgan shaxslarga nisbatan);
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan — boqimandalar mavjudligi hamda qonunchilikda belgilangan nafaqa va pensiyalarni olmayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (bolalaridan tashqari boshqa boqimandalari bo‘lgan shaxslarga nisbatan).
Zarur bo‘lganda, mahalliy mehnat organi murojaat etgan shaxs haqiqatan fermer (dehqon) xo‘jaligi a’zosi ekanligi to‘g‘risida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan axborot so‘rab olishi mumkin”;
18) 30-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar olganda”;
19) 32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat tashkilotlariga” degan so‘zlardan keyin “(bundan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining birinchi qismida va ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan lavozimlar mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
20) 34-moddaning ikkinchi qismi “Tashkilot” degan so‘zdan keyin “(bundan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining birinchi qismida va ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan lavozimlar mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
21) 36-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 37-moddaning yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23) 38-moddaning ikkinchi qismi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota yoki ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)”;
uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlarini” degan so‘zlar “kollejlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar”;
o‘ninchi xatboshisi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin;
24) 39-modda sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota yoki ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun — bolalarni tarbiyalash majburiyatlari va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rinlari”;
25) 47-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalarni olish imkoniyatini”;
26) 48-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya olganda”;
27) 49-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat shartnomasi quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko‘pi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganligi;
xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holati bo‘yicha o‘ziga qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan boshqa ishga o‘tishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi;
texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish o‘zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganligi;
tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) o‘z ta’sischilari (ishtirokchilari) qaroriga ko‘ra tugatilganligi yoxud ta’sis hujjatlari bilan shunga vakolatli bo‘lgan yuridik shaxs organining qaroriga ko‘ra tugatilganligi;
bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi;
sudning tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi”;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashkilotlardan ishdan bo‘shatilgan hamda mahalliy mehnat organining yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir xarajatlarni kompensatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ish beruvchiga har bir xodim uchun olti oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravarigacha miqdorda subsidiya ajratilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasini ish beruvchi o‘quv kursi yakunlanganidan keyin besh ish kuni ichida mahalliy mehnat organiga taqdim etmagan hollarda, mahalliy mehnat organi xodimni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va uning malakasini oshirishga doir xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun ajratilgan hamda ish beruvchi tashkilotga to‘lab berilgan subsidiyalarni qaytarish choralarini ko‘radi”;
yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi qismidagi “Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlari qisqarganligi” degan so‘zlar “Texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish o‘zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
28) 55-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya olganda”;
29) 59-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30) 60-moddaning:
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
31) 61-moddaning:
birinchi — to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun kamida ikki haftalik, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga muddatli mehnat shartnomalari tuziladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda, jamoat ishlarida ishtirok etish uchun o‘n bir oygacha muddatga mehnat shartnomalari tuzilishi mumkin.
Budjet tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shu jumladan jamoatchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha), shuningdek ko‘p kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari tomonidan (tutash hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash bo‘yicha) tashkil etiladigan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida mahalliy mehnat organining yo‘llanmalariga ko‘ra haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashga oid xarajatlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplanadi. Bunda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi va mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan ko‘p bo‘lishi mumkin emas hamda mahalliy mehnat organi tomonidan yuborilgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarning o‘rni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan yuz foiz qoplanadi.
Tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan (bundan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari mustasno) tashkil etiladigan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarning ellik foizigacha bo‘lgan qismining o‘rni ish beruvchi bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan bir shaxs mehnatiga to‘langan haqning o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan qoplashning har oylik miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga har oyda haq to‘lash mehnat shartnomasi asosida belgilanadi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan mehnatga haq to‘lash o‘rnini qoplashning har oylik miqdorini mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining to‘rt baravarigacha miqdorda belgilashi mumkin”;
32) 63-modda:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlari” degan so‘zlar “kollejlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
33) 64-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
34) 65-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
35) 72-moddaning matnidagi “davlat boshqaruvi organining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
36) 73-modda:
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Stipendiya ishsiz deb e’tirof etilmagan shaxslarga to‘lanmaydi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘ninchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Stipendiya ishsiz shaxsga buyruq asosida ta’lim muassasasiga qabul qilingan kundan e’tiboran ta’lim muassasasi tomonidan hisoblanadi va to‘lanadi.
Joriy oydagi stipendiya to‘lovi o‘tgan oy uchun amalga oshiriladi.
To‘liq bo‘lmagan kalendar oy uchun stipendiyani to‘lash chog‘ida stipendiya mazkur stipendiya to‘lanishi kerak bo‘lgan ushbu kalendar oydagi kunlar soniga va to‘liq kalendar oydagi o‘qish kunlari soniga mutanosib miqdorda to‘lanadi.
To‘liq kalendar oy uchun stipendiya to‘lovi ushbu kalendar oydagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda, agar o‘qish davri kalendar oy tugaguniga qadar tamomlangan bo‘lsa, stipendiya ta’lim muassasasining o‘qishni tamomlash yoki o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan sanagacha hisoblanadi va to‘lanadi.
Stipendiyani olish davrida ishsiz shaxs kasal bo‘lgan taqdirda stipendiyani ishsiz shaxsning qarindoshlari (otasi, onasi, eri (xotini), voyaga yetgan bolalari) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga asosan ishsiz shaxsning boshqa ishonchli shaxslari tomonidan olishga yo‘l qo‘yiladi”;
37) 75-modda:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
38) 76-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi nizom hamda uning faoliyati Reglamenti O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlanadi”;
yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
39) 80-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
40) 82-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “ishonchsiz yoki noto‘g‘ri” degan so‘zlar “noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ariza beruvchi akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega”;
41) 83-moddaning yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
42) 84-moddaning:
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
43) 85-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
44) 86-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
45) 87-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan talablar va shartlar malakani baholash markazi tomonidan buzilganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi ular tomonidan bajarilmaganligi faktlari aniqlangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi malakani baholash markazining akkreditatsiyasi amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish yoxud uning akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli”;
beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
46) 88-moddaning uchinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, ish beruvchilar birlashmalari bilan birgalikda” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, ish beruvchilar birlashmalari bilan birgalikda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
47) 89-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tanlagan tashkilotlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan buyurtmasiga muvofiq”;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
48) 90-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi”;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
49) 91-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
50) 92-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
51) 93-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
52) 94-moddaning:
beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yigirma birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi — o‘ttizinchi xatboshilari tegishincha yigirma birinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“qonunchilikka muvofiq aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida boshqa turdagi subsidiyalar berish”;
y igirma to‘qqizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
53) 95-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
54) 97-moddaning:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining, Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
55) 98-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
56) 99-moddaning:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining, Moliya vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining, Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
57) 103-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
58) 104-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
59) 114-modda:
ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
60) 117-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
61) 121-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
62) 122-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-sentabr,
O‘RQ-967-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)