12.09.2024 yildagi 569-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.09.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda respublikamizda ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ayrim ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida unda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan jamoat xavfsizligiga va fuqarolar xavfsizligiga xavf soluvchi turli xatti-harakatlarni sodir etish holatlari koʻpaymoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatlar ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda, ayniqsa yopiq turdagi obyektlarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilashni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash tizimini takomillashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini tanlashda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, ularga tahdid soluvchi holatlarda fuqarolarning evakuatsiyasini samarali tashkil etish sharoitlarini mavjudligini hisobga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar roʻy berganda evakuatsiya qilish tartibi, yoʻllari hamda yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilinishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektga kirish-chiqish xavfsizligini, obyektga borish va kirish joylarida avtotransport vositalarini harakatini cheklaydigan fizik toʻsiqlar oʻrnatilishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 12-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
569-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 569-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 38-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Zarurat boʻlganda, komissiya tomonidan ommaviy tadbirni tashkil etish va oʻtkazish davrida muhandis-texnik kommunikatsiyalar xavfsiz ishlashini, energiya taʼminoti va yongin xavfsizligini, yoʻl harakati xavfsizligini, ishtirokchilarning evakuatsiya qilinishini, favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini taʼminlash guruhlari tashkil etilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“39. Tadbirning xususiyati, ob-havo sharoitlari, xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar yuzaga kelishi prognozi hamda ommaviy tadbirni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillarga bogʻliq holda, ishchi guruh uning oʻtkazilishidan oldin ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini tekshiradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv yakunlari boʻyicha ommaviy tadbirning oʻtkazilish imkoniyati yuzasidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi “ob-havo sharoitlarini,” soʻzlaridan keyin “xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar yuzaga kelishi ehtimolini,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 40-band “murakkablashtiruvchi holatlar” soʻzlaridan keyin “shu jumladan, prognoz qilingan xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar roʻy berishi ehtimoli yuqoriligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 61-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektini tanlashda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, ularga tahdid soluvchi holatlarda fuqarolarning evakuatsiyasini samarali tashkil etish sharoitlarini mavjudligini hisobga olish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“favqulodda vaziyatlarda vahima koʻtarmaslik, fuqarolarni evakuatsiya qilishga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining evakuatsiyaga doir qonuniy talablarini bajarish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi “ularning huquq va majburiyatlari” soʻzlaridan keyin “favqulodda vaziyatlar roʻy berganda evakuatsiya qilish tartibi, yoʻllari va yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“fuqarolarni evakuatsiya qilishni samarali tashkil etish maqsadida vahima koʻtarilishini va evakuatsiyani qiyinlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlar amalga oshirilishining (oʻtish joylarida, eshiklar oldida, zinalarda va boshqa joylarda fuqarolarning toʻplanib qolishi) oldini olishga qaratilgan matn ishlab chiqilishini hamda favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimi orqali uzatib borilishini taʼminlash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) 69-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan birgalikda tomoshabinlar hamda boshqa ishtirokchilarning ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga kirish-chiqish xavfsizligini, shuningdek, obyektga borish va kirish joylarida transport vositalarining harakatini cheklaydigan fizik toʻsiqlar oʻrnatilishini taʼminlash”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 11-ilovaning 9-pozitsiyasida “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g) muhandis-texnik, kommunikatsiya, yonginga qarshi, evakuatsiya va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari hamda tizimlari, borish yoʻllari va transport vositalarining toʻxtash joylari, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish punktlari, shuningdek, obyektga borish va kirish joylarida transport vositalari harakatini cheklash, xavfli tabiiy hodisalar, texnogen avariyalar, yongʻin hamda boshqa favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan texnik uskuna va maxsus vositalar, ularning hisob-kitob qilingan zaxirasi va turlarining mavjudligi hamda ishga soz holatda boʻlishini taʼminlash”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son)