|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ni tasdiqlash haqida [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3548] Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Vazir D. KUCHKAROV Toshkent sh., 2024-yil 14-iyun, 141-son Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 141-son buyrugʻiga 1-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi. 2. Mazkur BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektlar va asosiy faoliyati budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. 3. Quyidagilar inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi: mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash; haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan solishtirish; majburiyatlar buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirish. 4. Tashkilotning joylashgan joyidan qatʼi nazar barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi. Ishlab chiqarish zaxiralari va tashkilotga qarashli boʻlmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan boshqa turdagi mol-mulklar (masʼul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan), shuningdek biror-bir sababga koʻra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak. Mol-mulkni inventarizatsiyadan oʻtkazish uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs boʻyicha oʻtkaziladi. 5. Quyidagi hollarda inventarizatsiyadan oʻtkazish majburiy hisoblanadi: mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat mulkini xususiylashtirishga tayyorlashda; (5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 302-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3548-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3548-1/1130-son) yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan hisobot yilining 1-oktabridan keyin inventarizatsiyadan oʻtkazilgan mol-mulk mustasno. Tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarizatsiyadan oʻtkaziladi. Asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiyadan oʻtkaziladi. Pul mablagʻlari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qatʼiy hisobdagi blanklari oyda bir marta, yonilgʻi-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, qimmatbaho metallar qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda inventarizatsiyadan oʻtkaziladi. Ishlab chiqarish zaxiralari quyidagi hollarda inventarizatsiyadan oʻtkaziladi: asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralar qayta baholanganda; moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida); oʻgʻirlik yoki suiisteʼmol qilish, shuningdek qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda; tabiiy ofatlar, yongʻinlar, falokatlar yoki gʻayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; tashkilot tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda. 6. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida jamoa rahbari oʻzgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq aʼzolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta aʼzolari talabi bilan inventarizatsiya oʻtkaziladi. 2-bob. Inventarizatsiyani oʻtkazishning asosiy qoidalari 7. Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni oʻtkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar roʻyxati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur BHMSning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. 8. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun tashkilotlarda quyidagi tarkibda doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi: tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari (komissiya raisi); buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (bundan buyon matnda bosh buxgalter deb yuritiladi). Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga tashkilotning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin. Ishlar hajmi katta boʻlganda, aktivlar va majburiyatlarni bir vaqtda inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun quyidagi tarkibda ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi: inventarizatsiyani tayinlagan tashkilot rahbarining vakili (komissiya raisi); mutaxassislar (tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi va boshqalar); buxgalteriya hisobi xizmati (bundan buyon matnda buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) xodimi. Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlangʻich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. Ayni bir xodimni ayni bir shaxslar moddiy javobgar boʻlgan aktivlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. Tashkilot rahbari doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini mazkur BHMSning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlaydi. Inventarizatsiyani oʻtkazishda inventarizatsiya komissiyasining aʼzosi (aʼzolari) ishtirok etmasa, mazkur holat inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. 9. Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari: qiymatliklar saqlanishini taʼminlashga doir profilaktika ishlarini oʻtkazadi, zarurat boʻlganda oʻz majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari boʻyicha sex, boʻlim, shuʼbalar rahbarlarining maʼlumotlarini tinglaydi; inventarizatsiya oʻtkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari aʼzolariga koʻrsatmalar berishni amalga oshiradi; inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganligi boʻyicha nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylaridagi tovar-moddiy zaxiralarni tanlab inventarizatsiyadan oʻtkazadi; inventarizatsiya natijalari toʻgʻriligini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylaridagi qiymatliklarni qayta tasniflash boʻyicha oʻzaro hisobga olish takliflari asosli ekanligini tekshiradi; zarur hollarda (inventarizatsiya oʻtkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) tashkilot rahbarining topshirigʻiga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni oʻtkazadi; qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek boshqa buzilishlarga yoʻl qoʻygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni koʻrib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda qiymatliklarni buzilishidan koʻrilgan yoʻqolishlarni tartibga solish boʻyicha taklif beradilar. 10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari: saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablagʻlarini inventarizatsiyadan oʻtkazadi; tashkilotning buxgalteriya xizmati bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yoʻqolish meʼyorlari doirasida kamomadlarni hisobdan oʻchirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek meʼyordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi; quyidagi holatlar uchun javobgar boʻladi: a) tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq inventarizatsiyani oʻz vaqtida oʻtkazish va uni oʻtkazish tartibiga rioya qilish; b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari va toʻlov vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatga toʻliq va aniq qayd etish; v) tovar-moddiy zaxiralarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilarini (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant boʻyicha tartib raqami, artikuli va boshqalar) roʻyxatda toʻgʻri koʻrsatish; g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallarini toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng soʻnggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarni olishi kerak. Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb koʻrsatgan holda viza qoʻyadi, bu esa buxgalteriya xizmatiga hisob maʼlumotlari boʻyicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi kerak. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya xizmati yoki komissiyaga topshirilganligi va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha qiymatliklar kirim qilinganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan oʻchirilganligi toʻgʻrisida tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilish uchun pul mablagʻlari berilgan yoki ularni olish uchun ishonchnomalari boʻlgan shaxslar ham shunday mazmunda tilxat beradilar. 11. Inventarizatsiyani oʻtkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari aʼzolariga inventarizatsiyani oʻtkazish boʻyicha buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish davri davomida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarizatsiyani oʻtkazish boʻyicha ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi. Agar mol-mulkni inventarizatsiya qilish bir necha kun mobaynida oʻtkazilsa, moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xona inventarizatsiya komissiyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarizatsiya komissiyalari ishida tanaffus boʻlganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga koʻra), roʻyxatlar inventarizatsiya oʻtkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart. Buyruqlar buxgalteriya xizmati tomonidan mazkur BHMSning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq yuritiladigan Inventarizatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish kitobida roʻyxatga olinadi. 12. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni amalga oshiradi: yordamchi binolar, yertoʻlalar va qiymatliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari boʻlgan boshqa joylarni plombalash; ogʻirlikni oʻlchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirish va ularni tamgʻalashning belgilangan muddatlariga rioya qilish. 13. Kutilmaganda oʻtkaziladigan inventarizatsiyalarda barcha tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida tayyorlanadi, qolgan hollarda esa oldindan tayyorlab qoʻyiladi. Qiymatliklar guruhlarga boʻlinishi, navlarga ajratilishi va ularning sonini sanash uchun qulay boʻlgan maʼlum tartibda nomlari, navlari, hajmlari boʻyicha joylashtirilishi kerak. 14. Asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablagʻlari va boshqa qiymatliklarni inventarizatsiyadan oʻtkazish ularning har bir joylashgan joyi va ana shu qiymatliklarni saqlayotgan javobgar shaxs boʻyicha amalga oshiriladi. Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xoʻjalik, savdo tashkiloti, omborxona, tayyorlov punkti mudirlari va boshqa moddiy javobgar shaxslar) majburiy ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi. Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish, oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi. Mol yetkazib beruvchining ochilmagan oʻramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar boʻyicha ushbu qiymatliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida ushbu qiymatliklar bir qismini naturada (tanlab olib) majburiy tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Idishsiz uyulgan mahsulotlar ogʻirligini (yoki hajmini) oʻlchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi, shuningdek oʻlchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar roʻyxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan koʻp miqdordagi tovarlar inventarizatsiya qilinganda, tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarizatsiya komissiyasining aʼzolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar maʼlumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarizatsiya roʻyxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari roʻyxatga ilova qilinadi. 15. Inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori roʻyxatlarda nomenklatura boʻyicha va hisobda qabul qilingan oʻlchov birliklarida koʻrsatiladi. 16. Roʻyxatlar ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Roʻyxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya qiymatliklarni ularning ishtirokida tekshirganini, komissiya aʼzolariga nisbatan hech qanday daʼvolar yoʻqligi va roʻyxatda keltirilgan qiymatliklar masʼul saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxat beradi. Qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishda moddiy javobgar shaxslar oʻzgargan holda inventarizatsiya roʻyxatlarini qiymatliklarni qabul qilgan shaxs ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzolaydilar. Tashkilotga tegishli boʻlmagan, biroq unda saqlanayotgan qiymatliklarga alohida roʻyxatlar tuziladi. 17. Inventarizatsiyada mazkur BHMSning 3 — 16-ilovalaridagi boshlangʻich hisob hujjatlarining namunaviy shakllari qoʻllaniladi. Inventarizatsiyada inventarizatsiya boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlariga aktivlar va majburiyatlar xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadigan qoʻshimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin. Ishchi va mahsuldor hayvonlar, parranda va asalari oilalari, koʻp yillik oʻsimliklar, koʻchatzorlar inventarizatsiya qilinganda, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan tasdiqlangan roʻyxat shakllari qoʻllaniladi. 18. Inventarizatsiya roʻyxatlari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qogʻozda shaklda toʻldirilishi mumkin. Qogʻoz shaklda tuziladigan inventarizatsiya roʻyxatlari aniq va tushunarli qilib toʻldiriladi. Hech qanday boʻyash va oʻchirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Inventarizatsiya roʻyxatining har bir sahifasida soʻz bilan tovar-moddiy zaxiralar tartib raqamlari soni va ushbu qiymatliklar qanday oʻlchov birliklarida koʻrsatilganidan qatʼi nazar mazkur sahifada yozilgan barcha qiymatliklar miqdorining umumiy yakuni koʻrsatiladi. Roʻyxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish notoʻgʻri yozuvlar ustiga chizish va chizilganlari ustiga toʻgʻri yozuvlarni qoʻyish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar izoh berilgan va inventarizatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Inventarizatsiya roʻyxatlarida toʻldirilmagan satrlarni qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Roʻyxatlarning oxirgi varaqlarida toʻldirilmagan satrlar ustiga chizib qoʻyiladi. 19. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan keyin inventarizatsiya roʻyxatlarida xatolarni aniqlagan hollarda, ular tezda (ombor, omborxona, shuʼba va boshqalar ochilguniga qadar) buni ishchi inventarizatsiya komissiyasiga maʼlum qilishlari kerak. Moddiy javobgar shaxslarning qiymatliklarning kamomadi yoki ortiqcha chiqishi tovar-moddiy zaxiralar nomidagi xato, oʻtkazib yuborish, yanglishish va boshqalar tufayli yuz berganligi haqidagi tushuntirishlari ombor, omborxona, shuʼba ochilguniga qadar qabul qilinadi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi koʻrsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan holda aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi. 20. Tashkilotlar rahbarlari tovar-moddiy zaxiralar va pul mablagʻlari toʻgʻri hamda oʻz vaqtida inventarizatsiyadan oʻtkazilishi va ularning kutilmaganda inventarizatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash uchun javobgardir. Tashkilotlar rahbarlari ishchi inventarizatsiya komissiyasiga qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda toʻliq va aniq tekshirishni taʼminlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart. Bosh buxgalter tegishli boʻlinmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarizatsiya oʻtkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur. 21. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish bilan bir vaqtda tashkilotning buxgalteriya xizmati barcha tegishli hisobvaraqlar boʻyicha yozuvlarni korrespondensiyalanuvchi hisobvaraqlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy vositalar boʻyicha (kapital qoʻyilmalarning tegishli hisobvaraqlari bilan qiyoslagan holda) foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olinganligi, tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha barcha kelib tushgan qiymatliklar kirim qilinganligi va hisobda aks ettirilganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan chiqarilganligi, tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotga hisobdan chiqarilganligi va boshqalar aniqlanishi zarur. 22. Inventarizatsiya tugaganidan keyin inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganini nazorat tariqasida tekshirish oʻtkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya komissiyalari aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarizatsiya oʻtkazilgan ombor, omborxona, shuʼba va boshqalar ochilishiga qadar oʻtkazish kerak. Inventarizatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilganligini nazorat tariqasida tekshirish natijalari mazkur BHMSning 17-ilovasida keltirilgan shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va mazkur BHMSning 18-ilovasida keltirilgan shakldagi inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish kitobida roʻyxatga olinadi. 3-bob. Alohida turlardagi aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 1-§. Asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 23. Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur: inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki roʻyxatlarining mavjudligi va holati; texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati; tashkilot tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalar hujjatlarining mavjudligi. Mazkur hujjatlar mavjud boʻlmasa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini taʼminlash zarur. Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar yoxud noaniqliklar topilgan taqdirda, ularga tegishli tuzatishlar va aniqliklar kiritilishi kerak. 24. Asosiy vositalar inventarizatsiyadan oʻtkazilayotganda, inventarizatsiya komissiyasi majburiy tartibda obyektlarni naturada koʻzdan kechiradi va inventarizatsiya roʻyxatlariga ularning toʻliq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish koʻrsatkichlarini qayd etadi. Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek hisob registrlarida ularni tavsiflaydigan maʼlumotlar boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan obyektlar aniqlanganda, inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya roʻyxatiga ana shu obyektlar boʻyicha yetishmaydigan yoki toʻgʻri maʼlumotlarni va texnik koʻrsatkichlarni kiritishi kerak. Masalan: binolar boʻyicha ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan oʻlchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yertoʻla, yarim yertoʻla va boshqalarsiz), qurilgan yili va boshqalar; kanallar boʻyicha uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi boʻyicha), sunʼiy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari; koʻpriklar boʻyicha joylashgan yeri, materiallar turi va asosiy oʻlchamlari, yoʻllar boʻyicha yoʻl turi (tosh yoʻl, profilli yoʻl), uzunligi, qoplash materiallari hamda mashina qatnaydigan eni va boshqalar koʻrsatilishi kerak. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat boʻyicha amalga oshirilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati boʻyicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak. Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi kerak. Asosiy vositalar roʻyxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari boʻyicha qayd etiladi. Agar obyekt qayta tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijasida uning asosiy vazifasi oʻzgargan boʻlsa, u roʻyxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi. Agar inventarizatsiya komissiyasi kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va boshqalar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar boʻyicha obyekt boshlangʻich qiymatining koʻpayish yoki kamayish summasini aniqlashi va roʻyxatda qilingan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keltirishi kerak. Inventarizatsiya komissiyasi tegishli obyektlarni konstruktiv oʻzgartirish hisob registrlarida aks ettirilmaganligining sabablarini aniqlashi shart. 25. Mashinalar va uskunalar inventarizatsiya roʻyxatlariga yakka tartibda, inventar raqami, tayyorlagan zavodi, chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va boshqalar koʻrsatilgan holda kiritiladi. Bir vaqtda bir sex yoki boʻlimga kelib tushgan va guruh hisobining namunaviy inventar kartochkasida qayd etiladigan bir xil qiymatdagi xoʻjalik inventarlari, asboblar, dastgohlar va boshqa bir turdagi buyumlar inventarizatsiya roʻyxatlarida mazkur buyumlar miqdori koʻrsatilib nomlari boʻyicha keltiriladi. Asosiy vositalarning inventar obyektlariga berilgan raqamlar, qoida tariqasida, oʻzgarmasligi kerak. Obyektlar oʻzlarining texnik-ishlab chiqarish vazifasiga koʻra kiritilishi kerak boʻlgan asosiy vositalar guruhidan boshqa guruhga xato ravishda kiritilgan hollarda, shuningdek notoʻgʻri raqam qoʻyilganligi aniqlangan hollarda raqamlar oʻzgartirilishi mumkin. 26. Inventarizatsiya paytida tashkilotdan tashqarida boʻlgan asosiy vositalar obyektlari (uzoq reyslarda boʻlgan dengiz va daryo kemalari, temir yoʻl harakatdagi tarkibi, avtomashinalar, kapital taʼmirlashga yuborilgan mashina va uskunalar va boshqa) doimiy ishlaydigan yoki ishchi komissiya tomonidan ular xoʻjalikdan vaqtincha chiqib ketishi paytiga qadar inventarizatsiya qilinishi kerak. 27. Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklab boʻlmaydigan asosiy vositalar inventarizatsiya roʻyxatiga kiritilmaydi. Bunday obyektlarga inventarizatsiya komissiyasi alohida roʻyxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (buzulishi, toʻliq eskirish va boshqalar) koʻrsatiladi. Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 28. Tashkilotga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan va masʼul saqlashda boʻlgan asosiy vositalar ham tekshiriladi. Koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha alohida roʻyxat tuziladi, unda mazkur obyektlar masʼul saqlash yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarga havola beriladi. 2-§. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 29. Nomoddiy aktivlar inventarizatsiyadan oʻtkazilganda, quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda toʻgʻri va oʻz vaqtida aks ettirilganligi. 3-§. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 30. Moliyaviy investitsiyalar inventarizatsiyadan oʻtkazilganda, qimmatli qogʻozlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarga qilingan haqiqatdagi xarajatlar tekshiriladi. 31. Qimmatli qogʻozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi: qimmatli qogʻozlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligi; qimmatli qogʻozlar saqlanishi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslash orqali); qimmatli qogʻozlar boʻyicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida oʻz vaqtida va toʻliq aks ettirilishi. 32. Qimmatli qogʻozlar tashkilotda saqlanganda, ularni inventarizatsiyadan oʻtkazish kassadagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 33. Qimmatli qogʻozlar alohida emitentlar boʻyicha inventarizatsiyadan oʻtkazilib, inventarizatsiya dalolatnomasida qimmatli qogʻozlarning nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy summasi koʻrsatiladi. Har bir qimmatli qogʻozlarning rekvizitlari tashkilot roʻyxatlari (reyestrlari, kitoblari) maʼlumotlari bilan taqqoslanadi. 34. Maxsus tashkilotlarga (qimmatli qogʻozlarni saqlaydigan depozitariy, investitsiya vositachisi va boshqalar) saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish tashkilot buxgalteriya hisobining tegishli hisobvaraqlarida qayd etilgan summalar qoldiqlarini ushbu maxsus tashkilotlar koʻchirmalari maʼlumotlari bilan solishtirishdan iborat boʻladi. 35. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy investitsiyalar, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar inventarizatsiyada hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. 4-§. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 36. Tovar-moddiy zaxiralar, qoidaga tariqasida, obyektning har bir xonasidagi qiymatliklarning joylashish tartibi boʻyicha inventarizatsiyadan oʻtkazilishi kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy zaxiralardan boshqasiga tartibsiz oʻtishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Tovar-moddiy zaxiralar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda saqlanganda, inventarizatsiya saqlash joylari boʻyicha ketma-ketlikda oʻtkaziladi. Qiymatliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga oʻtadi. 37. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiya roʻyxatiga nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va miqdori koʻrsatilgan holda har bir nom boʻyicha kiritiladi. 38. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra komissiya aʼzolari ombor (omborxona) mudiri va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini ularni majburiy sanash, tarozida tortish yoki qayta oʻlchash yoʻli bilan tekshiradilar. Roʻyxatlarga qiymatliklar qoldigʻi haqidagi maʼlumotlarni moddiy javobgar shaxslar tomonidan berilgan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob maʼlumotlari boʻyicha qayd etish qatʼiyan taqiqlanadi. 39. Inventarizatsiya vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy zaxiralar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari ishtirokida qabul qilinadi va inventarizatsiyadan soʻng reyestr yoki tovar hisoboti boʻyicha kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy zaxiralar “Inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar” nomi bilan alohida roʻyxatga kiritiladi. Roʻyxatda ular qachon, kimdan kelib tushganligi, kirim hujjatining sanasi va raqami, nomi, miqdori, narxi va summasi koʻrsatiladi. Kirim hujjatida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu qiymatliklar qayd etilgan roʻyxat sanasiga havola qilgan holda “inventarizatsiyadan keyin” belgisi qoʻyiladi. 40. Inventarizatsiya uzoq vaqt oʻtkazilganda va faqat tashkilot rahbari va bosh buxgalterining yozma ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-moddiy zaxiralar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari ishtirokida berilishi mumkin. Ushbu qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida berilgan tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan alohida inventar roʻyxatiga kiritiladi. Mazkur roʻyxat inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarga oid hujjatlarga oʻxshash shaklda rasmiylashtirilishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qoʻyiladi. 41. Boshqa tashkilotlarga tegishli boʻlgan va masʼul saqlashda boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar oʻzining tovar-moddiy zaxiralari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi. Ushbu qiymatliklarga alohida inventarizatsiya roʻyxati tuziladi va unda ushbu qiymatliklarni masʼul saqlashga qabul qilinganligi tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi. 42. Yoʻlda boʻlgan, yuklab joʻnatilgan, xaridorlar tomonidan haqi muddatida toʻlanmagan, boshqa tashkilotlar omborlarida boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish tegishli hisobvaraqlarda koʻrsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishni oʻz ichiga oladi. Ushbu tovar-moddiy zaxiralarni (yoʻldagi, yuklab joʻnatilgan va boshqa tovarlar) hisobga oluvchi hisobvaraqlarda tegishlicha rasmiylashtirilgan quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan summalar qolishi mumkin: yoʻlda boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha — mol yetkazib beruvchilarning hisobvaragʻi (toʻlov talabnomalari) yoki ularning oʻrnini bosadigan hujjatlar; yuklab joʻnatilgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha — xaridorlarga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar nusxalari va toʻlov talabnomalari nusxalari; toʻlash muddati oʻtgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha — bankning kartotekalaridagi toʻlov talabnomalari; boshqa tashkilotlarning omborlarida joylashgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha — inventarizatsiya sanasiga yaqin boʻlgan sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar; bitta shahardagi mol yetkazib beruvchilarning omborlaridagi tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha — inventarizatsiyani oʻtkazish sanasida qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar. Ushbu hisobvaraqlar boshqa korrespondensiyalanuvchi hisobvaraqlar bilan oldindan solishtirilishi kerak. Xaridorlar yoki buyurtmachilarga realizatsiya qilingan tovarlar va mahsulotlar (ish, xizmat) uchun haq toʻlashda uzoq vaqt kechikish yuz berganda, ushbu kechikishning sabablari aniqlanadi va inventarizatsiya komissiyasining bayonnomasida qayd etiladi. Kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar kirim qilinmaganligi faktlari aniqlanganda, ularni olgan shaxslarning tushuntirishlari talab qilinishi kerak. 43. Yoʻlda boʻlgan, yuklab joʻnatilgan, xaridorlar tomonidan muddatida toʻlanmagan va boshqa tashkilotlarning omborlarida boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarga alohida inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) tuziladi. Yoʻlda boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarga doir roʻyxatlarda har bir joʻnatma boʻyicha quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: nomi (hujjatga muvofiq); miqdori va qiymati (hisob maʼlumotlariga binoan); yuklab joʻnatish sanasi, shuningdek ushbu qiymatliklar tegishli hisobvaraqlarda hisobga olinishiga asos boʻlgan hujjatlarning roʻyxati va raqamlari. Bunda belgilangan muddatda kelib tushmagan hamda hisobda yoʻldagi materiallar va tovarlar sifatida qayd etilgan yuklar boʻyicha ularni qidirib topish uchun qanday choralar koʻrilganligini tekshirish zarur. 44. Yuklab joʻnatilgan va xaridorlar haqini muddatida toʻlamagan tovar-moddiy zaxiralarga doir roʻyxatlarda har bir alohida joʻnatma boʻyicha xaridorning nomi, tovar-moddiy zaxiralarning nomi, yuklab joʻnatish sanasi, hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan sana, hisobvaraq-fakturaning raqami va hisobvaraq-fakturaga doir summa keltiriladi. 45. Boshqa tashkilotlarning omborlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar roʻyxatlarga ushbu qiymatliklarni masʼul saqlashga topshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida kiritiladi. Ushbu qiymatliklarga doir roʻyxatlarda ularning nomi, miqdori, navi, haqiqatdagi qiymati (hisob hujjatlari boʻyicha), yukni saqlashga qabul qilish sanasi, saqlash joyi, hujjatlarning raqamlari va sanasi koʻrsatiladi. Ushbu qiymatliklar masʼul saqlashida boʻlgan tashkilotlardan inventarizatsiya roʻyxatlarining nusxalari olinganda, komissiya qiymatliklarning haqiqatdagi mavjudligini inventarizatsiya roʻyxatlari nusxalarining maʼlumotlar bilan tashkilotning oʻzidagi hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqqoslash orqali aniqlaydi. 46. Boshqa tashkilotlarda qayta ishlashda boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarga doir roʻyxatlarda qayta ishlovchi tashkilotning nomi, qiymatliklar nomi, miqdori, hisob maʼlumotlari boʻyicha haqiqatdagi qiymati, qiymatliklarni qayta ishlashga berish sanasi, hujjatlarning raqamlari va sanasi koʻrsatiladi. 47. Foydalanishda boʻlgan inventar va xoʻjalik jihozlari ular joylashgan joyi va masʼul saqlashda boʻlgan shaxslar boʻyicha inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya har bir buyumni koʻzdan kechirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Inventarizatsiya roʻyxatlariga inventar va xoʻjalik jihozlari buxgalteriya hisobida qabul qilingan nomenklaturaga muvofiq nomlari boʻyicha kiritiladi. Xodimlarga yakka tartibda foydalanish uchun berilgan inventar va xoʻjalik jihozlari inventarizatsiya qilinganda, guruh boʻyicha inventarizatsiya roʻyxatlarini tuzishga yoʻl qoʻyiladi. Inventarizatsiya roʻyxatlarida ana shu jihozlar uchun masʼul boʻlgan va shaxsiy kartochkalar ochilgan shaxslar koʻrsatilib, ular inventarizatsiya roʻyxatlaridagi tilxatni imzolaydi. Roʻyxatlarda inventar va xoʻjalik jihozlarining boshlangʻich qiymati koʻrsatiladi. Yuvish va tuzatishga yuborilgan maxsus kiyim (korjoma) va sochiq-dasturxonlar inventarizatsiya roʻyxatiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining qaydnoma-yukxatlari yoki kvitansiyalari asosida yozilishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilmagan inventar va xoʻjalik jihozlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan foydalanish vaqti, yaroqsiz boʻlish sabablari, ushbu buyumlardan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari koʻrsatilib dalolatnomalar tuziladi. 48. Idish roʻyxatlarga turlari, maqsadli vazifasi va sifat holatiga (yangi, ishlatilgan, tuzatishni taqozo etadigan va boshqa) binoan kiritiladi. Tekshirish oldidan boʻsh idish (tara) turlari boʻyicha tanlanishi kerak, yaʼni: yogʻoch idishlar (yashiklar, bochkalar); karton idishlar; metall idishlar (flyagalar, barabanlar); toʻqimachilik idishlari (qoplari). Yaroqsiz holga kelgan idishlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan sabablari va idish uchun masʼul shaxslar koʻrsatilib dalolatnoma tuziladi. 5-§. Tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davrlar xarajatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish 49. Tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiyadan oʻtkazish uning hajmlari va haqiqiy tannarxini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va uning asosida ishlab chiqilgan qonunchilik hujjatlariga (tarmoq yoʻriqnomalari) muvofiq belgilash maqsadida amalga oshiriladi. Sanoat korxonalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: ishlab chiqarishda boʻlgan buyumlarga doir zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yigʻilishi tugallanmagan buyumlarning haqiqatda mavjudligini aniqlash; hisobga olinmagan yaroqsiz mahsulotni aniqlash; tugallanmagan ishlab chiqarishning (zaxiralar) haqiqatda toʻliqligi va yigʻishning qismlar bilan taʼminlanganini aniqlash; bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek bajarilishi toʻxtatib qoʻyilgan buyurtmalar boʻyicha tugallanmagan ishlab chiqarish qoldigʻini aniqlash; ishlab chiqarishda boʻlgan zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yigʻilishi tugallanmagan buyumlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash. 50. Inventarizatsiya boshlanishidan oldin omborlarga sexlar uchun zarur boʻlmagan barcha materiallar, xarid qilingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek ishlov berilishi mazkur bosqichda tugallangan barcha detallar, uzellar va agregatlar topshirilishi lozim. Sexlarda boʻlgan tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini toʻgʻri va qulay usulda sanashni taʼminlaydigan tartibga keltirilishi kerak. 51. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari (detallar, uzellar, agregatlar) qoldigʻini tekshirish haqiqatda sanash, tarozida tortish, oʻlchash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Roʻyxatlar har bir sex (uchastka, boʻlim) boʻyicha zaxiralar nomi, ularning tayyorlik bosqichi yoki darajasi, miqdori yoxud hajmi koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Qurilish-montaj ishlari boʻyicha inventarizatsiya roʻyxatlari esa ish hajmi boʻyicha tuziladi. Ish joylarida boʻlgan, ishlov berilmagan xom ashyo, materiallar va xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish roʻyxatiga kiritilmaydi, balki alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida roʻyxatlarda qayd etiladi. Yaroqsizga chiqarilgan detallar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi. 52. Bir xildagi massa boʻlmagan yoki aralashma boʻlgan (tegishli sanoat tarmoqlarida) tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha inventarizatsiya roʻyxatlarida, shuningdek solishtirish qaydnomalarida ikkita miqdoriy koʻrsatkich keltiriladi (masalan, ushbu massa yoki aralashma miqdori va uning tarkibiga kiradigan xom ashyo yoxud materiallar (alohida nomlar boʻyicha) miqdori). Xom ashyo yoki materiallar miqdori qonunchilik hujjatlarida (tarmoq yoʻriqnomalarida) belgilangan tartibda texnik hisob-kitoblar bilan aniqlanadi. 53. Tugallanmagan kapital qurilishning mavjudligi va hajmi inventarizatsiya paytida uning toʻlangan qismini naturada tekshirish yoʻli bilan belgilanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida obyekt nomi va mazkur obyekt boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi har bir alohida ish turi, konstruktiv unsurlar, uskunalar va boshqalar boʻyicha koʻrsatiladi. Inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshirishi kerak: tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji boshlanmagan uskuna yoʻqligini; konservatsiyalangan va vaqtincha qurilishi toʻxtatilgan obyektlarning holatini. Mazkur obyektlar boʻyicha ularni konservatsiyalash uchun sabablar va asosni aniqlash zarur. 54. Qabul qilinishi va foydalanishga topshirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallangan, haqiqatda toʻliq yoki qisman foydalanishga topshirilgan obyektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Tugallangan, lekin foydalanishga topshirilmagan obyektlarga ham alohida dalolatnomalar tuziladi. Dalolatnomalarda koʻrsatilgan obyektlarni foydalanishga topshirishni rasmiylashtirishning kechikishi sabablarini ham koʻrsatish lozim. 55. Qurilishi tugallangan obyektlarga, shuningdek amalga oshirilmagan, balansdan oʻchirilishi kerak boʻlgan qurilish boʻyicha loyihalash-tadqiqot ishlariga dalolatnomalar tuziladi va ularda qurilishni toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan holda bajarilgan ishlar xarakteri va ularning qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlarni topshirish dalolatnomalari, qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlardan foydalanilishi kerak. 56. Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik qurilmalar va boshqa obyektlarning tugallanmagan kapital taʼmirlashni inventarizatsiyadan oʻtkazish naturada ishlar holatini tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tugallanmagan kapital taʼmirlanayotgan obyekt nomi, ishlar nomi va bajarish foizi, bajarilgan ishlarning smetadagi va haqiqiy qiymatlari koʻrsatiladigan dalolatnoma tuziladi. 57. Inventarizatsiya komissiyasi hujjatlar boʻyicha kelgusi davr xarajatlari hisobvaragʻida aks ettirilishi kerak boʻlgan summani aniqlaydi va roʻyxatga kiritadi. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 3593, 2024-yil 27-dekabr) muvofiq amalga oshiriladi. (57-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 302-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3548-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3548-1/1130-son) 6-§. Hayvonlar va yosh hayvonlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 58. Katta yoshli mahsuldor va ish hayvonlari inventarizatsiya roʻyxatlarida qayd etiladi va ularda hayvonning raqami (birka, tamgʻasi), hayvonning laqabi, tugʻilgan yili, nasli, semizligi, hayvonning tirik vazni (ogʻirligi) (vazni (ogʻirligi) koʻrsatilmaydigan otlar, tuyalar, xachirlar, bugʻulardan bundan mustasno) hamda boshlangʻich qiymati koʻrsatiladi. Hayvonning nasli uning veterinariya pasporti maʼlumotlari asosida koʻrsatiladi. Qoramollar, ish hayvoni, choʻchqalar (urgʻochi va erkak choʻchqalar), qoʻy va boshqa hayvonlarning alohida qimmatli nusxalari (nasldor oʻzagi) roʻyxatlarga yakka tartibda kiritiladi. Guruh tartibida hisobga olinadigan asosiy podaning boshqa hayvonlari roʻyxatlarga yosh va jins guruhlari boʻyicha kiritilib, har bir guruh boʻyicha boshlar soni va tirik vazni (ogʻirligi) koʻrsatiladi. 59. Yosh qoramollar, yosh nasldor otlar va ish hayvonlari inventarizatsiya roʻyxatlariga yakka tartibda inventar raqamlari, laqablari, jinsi, nasli va boshqalar koʻrsatilgan holda kiritiladi. Boquvdagi hayvonlar, yosh choʻchqalar, qoʻy va echkilar, parranda hamda guruh tartibida hisobga olinadigan boshqa tur hayvonlar roʻyxatlarga hisob registrlarida qabul qilingan nomenklaturaga koʻra har bir guruh boʻyicha boshlar soni va tirik vazn (ogʻirlik) koʻrsatilgan holda kiritiladi. Roʻyxatlar hayvon turlari boʻyicha sexlar, fermalar, boʻlimlar, brigadalar boʻyicha, hisob guruhlari va moddiy javobgar shaxslar kesimida tuziladi. 7-§. Pul mablagʻlari, qiymatliklar va qatʼiy hisobdagi blanklarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 60. Kassa inventarizatsiya qilinganda, pul mablagʻlari va kassada boʻlgan boshqa qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qatʼiy hisobot blanklari ham tekshiruvdan oʻtkaziladi. Kassada pul mablagʻlarining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda, pul belgilari, pochta markalari hisobga olinadi. (60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 302-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3548-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3548-1/1130-son) Hech qanday hujjat yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldigʻiga kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur tashkilotga tegishli boʻlmagan pul mablagʻlari va boshqa qiymatliklar borligi toʻgʻrisidagi bayonotlari eʼtiborga olinmaydi. 61. Naqd pul mablagʻlari inventarizatsiya dalolatnomasida qiymatliklar qoldigʻi inventarizatsiya kunida naturada va hisob maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatiladi va inventarizatsiya natijasi aniqlanadi. Qatʼiy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari boʻyicha u yoki bu blanklarning boshlangʻich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus roʻyxat bilan rasmiylashtiriladi. 62. Yoʻldagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan summalarni bank, pochta boʻlimi va boshqalarning kvitansiyalari maʼlumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. 63. Bankda hisob-kitob va joriy hisobvaraqlar, akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tashkilot buxgalteriya xizmatining maʼlumotlari boʻyicha tegishli hisobvaraqlarda qayd etilgan summalar qoldigʻini bank koʻchirmasidagi maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. 8-§. Hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan oʻtkazish 64. Ssudalar boʻyicha banklar, budjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan oʻtkazish tegishli hujjatlar boʻyicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya hisobvaraqlarda debitor va kreditor qarzdorliklarning paydo boʻlish muddatlari, ularning haqiqiyligi hamda daʼvo etish muddatlarini oʻtkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar boʻyicha joriy (6000) hamda uzoq muddatli majburiyatlar (7000) hisobvaraqlarining yoʻldagi tovarlar va faktura qilinmagan mollar boʻyicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar summalariga doir qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak. Mazkur maʼlumotlar hujjatlar va korrespondensiyalanuvchi hisobvaraqlar bilan qiyoslash orqali tekshiriladi. Bunda, faktura qilinmagan yetkazib berishlar tarkibida majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki olinadigan hisobvaraqlar aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda toʻlangan va olingan, lekin yoʻlda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilmaganligi aniqlashtiriladi. (60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 302-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3548-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3548-1/1130-son) Mol yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlarida faktura qilinmagan mollar boʻyicha qolgan summalarga ushbu hisobvaraq buxgalteriya xizmati tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar xaridorlarga hisobvaraq-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini maʼlum qilishlari kerak. Agar mol yetkazib beruvchida qarz boʻlmasa, u buni xaridorga maʼlum qilishi kerak. 65. Ishchi va xizmatchilarga qarzlar boʻyicha oʻz vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar hisobvaragʻiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan ish haqi summalari, shuningdek ishchi va xizmatchilarga ortiqcha toʻlovlar summalari va yuzaga kelish sabablari aniqlanishi kerak. 66. Hisobdor shaxslarga berilgan summalar inventarizatsiya qilinganda, maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarga berilgan boʻnaklar boʻyicha hisobotlar, shuningdek har bir hisobdor shaxs boʻyicha berilgan boʻnaklar summalari, ularni berish sanalari va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi. 67. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi hujjatli tekshirish yoʻli bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak: banklar va tashkilot bilan hisob-kitoblarning muvofiqligi; balans boʻyicha qayd etilgan kamomad va oʻgʻirliklarga doir qarz summalari toʻgʻriligi va asosliligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar; balans boʻyicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlari summalarining toʻgʻriligi va asoslanganligi, shuningdek debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga daʼvolar taqdim etilganligi; muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari. 4-bob. Inventarizatsiya boʻyicha solishtirish qaydnomalarini tuzish 68. Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiyada hisob maʼlumotlaridan tafovutlar aniqlangan qiymatliklar boʻyicha tuziladi. Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, yaʼni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatkichlar va inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutlar aks ettiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning ortiqcha va kamomad qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi. Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining koʻrsatkichlari birlashtirilgan yagona registrlar qoʻllanilishi mumkin. Tashkilotga tegishli boʻlmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (masʼul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) qiymatliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi. Solishtirish qaydnomalari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qogʻoz shaklda tuzilishi mumkin. 5-bob. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish 69. Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlarda aniqlangan haqiqatda mavjud qiymatliklar va ularning buxgalteriya hisobi maʼlumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi: ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi hamda tegishlicha tashkilotning moliyaviy natijalariga yoki budjet tashkilotini moliyalashtirishni (fondlarni) koʻpaytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak; oʻrnatilgan meʼyorlar doirasida qiymatliklarning yoʻqolishi tashkilotlar rahbarlarining farmoyishiga koʻra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yoʻqolish meʼyorlari haqiqatda kamomad aniqlangan hollardagina qoʻllanishi mumkin. Bunda, oʻrnatilgan meʼyorlar doirasida qiymatliklarning yoʻqolishi qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga eʼtibor beriladi. Agar qayta navlarga ajratish boʻyicha hisobga olingandan keyin ham qiymatliklar kamomadi mavjud boʻlsa, tabiiy yoʻqolish meʼyorlari kamomad aniqlangan qiymatliklar nomi boʻyichagina qoʻllanishi mumkin. Qiymatliklarni yoʻqolishi boʻyicha tasdiqlangan meʼyorlar boʻlmagan taqdirda, mazkur yoʻqolish kamomad sifatida qaraladi. Kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, qiymatliklarning yoʻqolish meʼyorlaridan ortiqcha kamomadi va qiymatliklar buzilishidan yoʻqolishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarish va davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yoki budjet tashkilotida moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga aks ettirilishi mumkin. Bunda, qiymatliklarni yoʻqolish meʼyorlaridan ortiqcha kamomadini va qiymatliklarni buzilishidan yoʻqolishlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda shunday kamomad va yoʻqolishlarning oldini olish boʻyicha qabul qilingan choralar koʻrsatilishi kerak. Qiymatliklar buzilishi holati toʻgʻrisidagi xulosalar texnik nazorat boʻlimi yoki sifat boʻyicha tegishli inspeksiyalardan olinishi mumkin. 70. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik inventarizatsiya natijalari esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak. 71. Hisobot yilida oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari maʼlumotlari mazkur BHMSning 5-ilovasida keltirilgan inventarizatsiyada aniqlangan natijalar qaydnomasida umumlashtiriladi. 72. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qiymatliklar bilan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi takliflar koʻrib chiqish uchun tashkilot rahbariga taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 3-ILOVA Inventarizatsiyada aniqlangan natijalar QAYDNOMASI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 4-ILOVA ____-sonli asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 5-ILOVA _______-sonli INVENTARIZATSIYA YORLIGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 6-ILOVA ____- sonli Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 7-ILOVA ____-sonli Yuklangan tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 8-ILOVA ____- sonli Masʼul saqlashga qabul qilingan (topshirilgan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 9-ILOVA _______-sonli Yoʻldagi tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 10-ILOVA ___-sonli Taʼmirlanishi tugallanmagan asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish DALOLATNOMASI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 11-ILOVA _______-sonli Kelgusi davr xarajatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 12-ILOVA Naqd pul mablagʻlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishning _____ son dalolatnomasi “____” ____________ 20__ yil
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 13-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 14-ILOVA ______ — sonli XARIDORLAR, MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA BOSHQA DEBITORLAR VA KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLARNI INVENTARIZATSIYADAN OʻTKAZISH DALOLATNOMASI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 15-ILOVA _____-sonli Asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalarini solishtirish QAYDNOMASI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 16-ILOVA ____- sonli Tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasi natijalarini solishtirish QAYDNOMASI
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 17-ILOVA
* Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida qimmatliklarni inventarlashni nazorat tekshiruvidan oʻtkazilganda toʻldiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga 18-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 141-son buyrugʻiga 2-ILOVA Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ROʻYXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” (roʻyxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr). 2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 5-yanvardagi 2-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 833-1, 2018-yil 25-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 10/18/833-1/0620-son). (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3548/0604-son; 09.12.2025-y., 10/25/3548-1/1130-son) |
Приказ Министра экономики и финансов Республики Узбекистан Об утверждении Национального стандарта бухгалтерского учета Республики Узбекистан (НСБУ № 19) «Организация и проведение инвентаризации» [Зарегистрирован Министерством юстиции Республики Узбекистан 12 августа 2024 г. Регистрационный № 3548] В соответствии с Законом Республики Узбекистан «О бухгалтерском учете» приказываю: 1. Утвердить Национальный стандарт бухгалтерского учета Республики Узбекистан (НСБУ № 19) «Организация и проведение инвентаризации» согласно приложению № 1*. * Приложению № 1 приводится на узбекском языке. 2. Признать утратившими силу некоторые ведомственные нормативно-правовые акты согласно приложению № 2. 3. Настоящий приказ вступает в силу со дня его официального опубликования. Министр Д. КУЧКАРОВ г. Ташкент, 14 июня 2024 г., № 141 ПРИЛОЖЕНИЕ № 2 к приказу министра экономики и финансов Республики Узбекистан от 14 июня 2024 года № 141 Перечень ведомственных нормативно-правовых актов, признаваемых утратившими силу 1. Национальный стандарт бухгалтерского учета Республики Узбекистан (НСБУ №19) «Организация и проведение инвентаризации», утвержденный Министерством финансов Республики Узбекистан 19 октября 1999 года № ЭГ/17-19-2075 (рег. № 833, 2 ноября 1999 года) 2. Приказ министра финансов Республики Узбекистан от 5 января 2018 года № 2 «О внесении изменений и дополнения в Национальный стандарт бухгалтерского учета Республики Узбекистан (НСБУ № 19) «Организация и проведение инвентаризации» (рег. № 833-1, 25 января 2018 года) (Национальная база данных законодательства, 25.01.2018 г., № 10/18/833-1/0620). (Национальная база данных законодательства, 12.08.2024 г., № 10/24/3548/0604) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||