27.05.1998 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.06.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida kichik biznes subyektlari uchun kafolatlarning 1-ilovaga muvofiq keng tizimi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik biznes subyektlarini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyati tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlarni chiqarish, Hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotnomalar va hujjatlarni talab qilish taqiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari, sugʻurta tashkilotlariga va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarga 2-ilovaga muvofiq kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun masʼuliyat yuklanishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining, shuningdek ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyati ular kichik biznes, xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishiga qanchalik samarali koʻmaklashayotganliklariga qarab baholanishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining respublika kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari buyurtmalarini shakllantirish hamda xorijiy kredit liniyalariga tanlov asosida kiritish uchun respublika mintaqalarida chet el kichik texnologiyalari va ixcham asbob-uskunalarining, ularni yetkazib bergan va namoyish etgan holda, koʻrgazma-taqdimotlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika mintaqalarida 1998-yilning sentabri — 1999-yilning fevralida koʻrgazma-taqdimotlarni oʻtkazishning aniq muddatlarini ikki oy muddatda belgilasin, koʻrgazmalarni oʻtkazishning tashkiliy-texnik shart-sharoitlarini, ularda tadbirkorlik subyektlarini qatnashishga keng jalb etishni, ommaviy axborot vositalarida tegishli reklamalar berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, kichik texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda xorijiy kredit liniyalari boʻyicha namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining vakolatli ijrochi banklarining kredit berish shartlaridan kelib chiqqan holda “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki bir oy muddatda, boshqa tijorat banklari ularda xorijiy kredit liniyalari ochilishiga qarab kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ularning namunaviy loyihalar uchun tegishli kreditlar olishi boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsinlar hamda ularni Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolariga yetkazsinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyihalarni tanlab olish tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kreditlar berish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijiy kreditlardan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tijorat banklariga yuklanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan xorijiy kredit liniyasi boʻyicha garovni sugʻurtalash yuzasidan sugʻurta mukofotining 50 foizi sugʻurta kompaniyalariga Fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan toʻlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xorijiy kredit liniyalari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xorijiy kredit liniyalarining vakolatli ijrochi banklariga kichik biznes subyektida garov taʼminoti yetarli boʻlmagan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusi hosil uchun fyuchers kontraktlarini yoki kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarilgan mahsulotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit hisobiga sotib olinadigan, keyinchalik kimoshdi savdosida sotiladigan yoki oʻzining garov egasi huquqini sotish chogʻida lizingga beriladigan xorijiy ixcham asbob-uskunalarni garov sifatida qabul qilish tavsiya etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Oʻzbekiston banklar uyushmasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning “Madad” sugʻurta agentligining ustav jamgʻarmasiga har biri 25,0 million soʻmdan va “Biznes-fond” ustav jamgʻarmasiga 75,0 million soʻmdan ulush qoʻshishlari toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan kichik va oʻrta korxonalarga xorijiy kredit liniyalariga kiritish uchun investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tanlab olish boʻyicha bepul xizmatlar koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi tashabbuslari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 1998-yilning ikkinchi yarmidan boshlab har chorakda kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va tugatishning ahvolini, shuningdek hududlar va tarmoqlar boʻyicha ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini aks ettiruvchi statistik axborotni belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kreditlar berishni tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 7-fevraldagi 67-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-may 1998-y.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
232-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida kichik biznes subyektlari uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlar
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r‎

Kafolatlar mazmuni‎

Qonun hujjatlari‎

1.‎

Soliq haqidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday oʻzgarishlar kuchga kirgungacha amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. Bunda soliq solish tizimining va soliq solishni indeksatsiya qilish bilan bogʻliq soliqlar stavkasining oʻzgarishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga qatiy belgilangan soliq joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun birmuncha noqulayroq sharoitlar yaratadigan oʻzgartirishlar hisoblanmaydi. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (16-modda, 2-qism).

2.‎

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi aʼzolari boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. ‎ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (39-modda).

3.‎

Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarga muvofiq, nazorat organlari tomonidan mulkchilik shakllaridan qati nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini barcha tekshirishlar faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
‎Tekshirishlarni Respublika kengashi bilan kelishmasdan amalga oshiradigan markazda va joylardagi nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmoni (3-band)‎

4.‎

Belgilab qoʻyilsinki, asosan xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik qoʻshma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish yoʻli bilan raqobatbardosh va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatishni koʻzda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablagʻlari hisobiga birinchi navbatda pul bilan taʼminlanadi. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni (2-band)

5.‎

Belgilab qoʻyilsinki:
‎Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon-fermer xoʻjaliklarini ham qoʻshgan holda, investitsiya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yigʻimlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim; xorijiy kredit yoʻnalishlari boʻyicha olingan kreditlarni toʻlash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoni (7-band). ‎

6.‎

2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralarini faqat sud orqali qoʻllanish tartibi joriy etilsin:
‎faoliyatni tugatish;
‎faoliyatni toʻxtatib qoʻyish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni koʻpi bilan oʻn ish kunigacha toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno;
‎banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno;
‎moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash. Soliq va yigʻimlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya qoʻshish, shuningdek tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda toʻlash hollari bundan mustasno;
‎huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni oʻn ish kunidan koʻproq muddatga toʻxtatib qoʻyish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (1-band va Farmonga ilova).‎

7.‎

Quyidagilar belgilansin:
‎tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
‎nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini oʻz vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruvlar oʻtkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham boʻladilar;
‎faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yuzasidan tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki tekshiruvlarni oʻtkazish toʻgʻrisida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qarori mavjud boʻlgandagina qonunda koʻzda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektining tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlarinigina muqobil tarzda tekshirishga yoʻl qoʻyiladi.
‎Muqobil tekshirishlarni oʻtkazish chogʻida tadbirkorlik subyektlariga borish va ulardan tekshirishga taalluqli boʻlmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (2-band)

8.‎

Quyidagilar belgilansin:
‎davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sud qarori asosida toʻla hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (3-band). ‎

9.‎

Tadbirkorlik subyektlaridan:
‎davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qoʻshimcha ravishda har qanday maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlarni oʻtkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno); boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday axborotni, shu jumladan hisobot, maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yoʻl qoʻyilmaydigan tartib oʻrnatilsin. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaxsan javobgar boʻlishlari toʻgʻrisida qattiq ogohlantirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarori (7-band).‎
Keyingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: * mazkur moddalarda korxonalar, shu jumladan kichik biznes subyektlari uchun boshqa imtiyozlar ham nazarda tutilgan.
(1-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Organning nomi‎

Kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi ‎

‎‎Kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash.
‎Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish:
‎investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash uchun kredit resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlariga va imtiyozlariga rioya qilish.
‎Monitoringni tashkil etish va investitsiya loyihalarini va takliflarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini ishlab chiqish.
‎Investitsiya loyihalarini va takliflarini mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish, kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish, bunda sansalorlik, buyruqbozlik va salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatishni taʼminlash.
‎Mablagʻ bilan taʼminlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda tahlil qilish. ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari‎ ‎‎Kichik biznes subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
‎Kichik biznes subyektlari uchun mahalliy soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar belgilash.
‎Kichik biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish.
‎Kichik biznes korxonalari uchun turar-joy boʻlmagan binolarni ijaraga berish va ularni sotuvga qoʻyish. ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmak berish.
‎Xorijiy sheriklar bilan amaliy muzokaralar va aloqalarni kengaytirishda, eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnik jihatdan qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilishda tadbirkorlarga yordam koʻrsatish.
‎Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari hamda tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.
‎Tadbirkorlarga keng xizmat turlarini koʻrsatish, jumladan axborot taʼminoti va konsultativ yordam berish, Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari toʻgʻrisida axborotlar, shuningdek salohiyatli sheriklari va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan biznes-kataloglar nashr etilishini tashkil qilish.
‎Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, biznes yuritishning umum qabul qilingan xalqaro huquq va normalari tajribasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
‎Tadbirkorlarni ifodalash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida, shuningdek sudda himoya qilish. Tadbirkorlik faoliyati uchun taʼlim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda, tadbirkorlar oʻqishini tashkil etish hamda malakasini oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlash .
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka banki”,
‎“Mikrokreditbank”, kredit beruvchi va kredit liniyalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari‎
Kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb etish.
‎Oʻz mablagʻlari va jalb qilingan kredit resurslari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish.
‎Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish.
‎Kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Keng koʻlamda bank xizmatlari koʻrsatish (faktoring, lizing, kredit, kafolatlar berish va boshqalar).‎‎
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar ‎ ‎‎Kichik biznes subyektlariga kreditlar berish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish.
‎Kichik korxonalarning ustav kapitalida qatnashish.
‎Maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatish shaklida texnik yordam koʻrsatish.
‎Infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashish.
‎Olinadigan kreditlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish.‎‎
“Madad”, “Kafolat”,
‎“Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyalari va boshqalar‎
‎‎Kichik biznes subyektlari tavakkalchiliklarini, shu jumladan, tuzilgan kontraktlarga oid tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish.
‎Kreditlar olish, shu jumladan, xorijiy tijorat banklari kreditlarini olish uchun zarur boʻlgan sugʻurta kafolatlari berish. ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi‎ ‎‎Qoʻshma korxonalar tashkil etish, eksport mahsulotlarini sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilgʻor texnologiyalari toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash uchun xorijiy sheriklar izlab topishda koʻmaklashish.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi‎ ‎‎Kichik tadbirkorlik subyektlariga ularning soliqlarni toʻgʻri hisoblashida va buxgalteriya hisobini yuritishida yordam koʻrsatish.
‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmonining kichik biznes subyektlarini tekshirishlarni muvofiqlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni asossiz ravishda koʻp martalab tekshirishlar tufayli korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatidan uzoq vaqt chalgʻitilishiga yoʻl qoʻymaslikka oid qismida qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ‎‎Kichik tadbirkorlik subyektlarini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ‎‎Yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarini davlat registriga kiritish va ularga davlat roʻyxatidan oʻtkazishning tegishli raqamini berish.
‎Kichik biznes subyektlari boʻyicha davlat statistika hisobotini yuritish.
‎Tashkiliy-huquqiy shakllari va hududlar hamda tarmoqlar boʻyicha kichik biznes korxonalarini tashkil etish, tugatish dinamikasini ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda tahlil qilish.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ‎ ‎‎Tijorat banklarida kichik biznes subyektlarining hisob-kitob schyotlarini ochishning, naq pul tushumi sifatida kichik biznes korxonalariga tushadigan naqd valyutalarni inkassatsiya qilishning umumiy tartibini belgilash.
‎Kichik biznes korxonalarini kreditlashning umumiy qoidalarini belgilash.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi‎ ‎‎Adliya vazirligida, uning joylardagi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kichik tadbirkorlik masalalariga oid meʼyoriy hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
‎‎Kichik biznes sohasidagi qoʻshma korxonalarni va aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. Qonunchilikning, shu jumladan, kichik biznesni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi ‎ ‎‎Xususiy, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini, shuningdek ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
‎Investitsiya va bozor tuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika resurslari olishlari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bozorlariga kirib borishlari uchun teng shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirish. Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini monopoliyaga qarshi qonunchilikni, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, reklama faoliyati, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzayotgan nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan oʻz vakolatlari doirasida himoya qiladi ‎
Keyingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-iyundagi 117-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 24-son, 219-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlarni berish
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan xorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash mexanizmini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlashning ustuvor huquqiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— eksportga moʻljallangan mahsulotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va boshqa mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kundalik ehtiyojdagi xalq isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investitsiya loyihalari ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar kichik biznes subyektlari: kichik firmalarga, kichik korxonalarga beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash tadbirkorlik subyekti tanloviga koʻra namunaviy yoki yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit olish uchun zarur boʻlgan texnik-iqtisodiy va yuridik hujjatlarning toʻliq paketini ishlab chiqish va tanlab olish boʻyicha xizmatlarning toʻliq kompleksini taqdim etish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— namunaviy loyihalar boʻyicha — “Oʻzinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va tijorat banklari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha — “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyihani ekspertiza qilish, tanlov oʻtkazish va loyihani tegishli kredit liniyasiga kiritish ushbu kredit liniyasi berilgan vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILADIGAN INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN XORIJIY KREDITLARNI BERISH
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xorijiy kredit liniyalari boʻyicha kichik texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining ijrochi vakolatli banklarining kreditlash shartlaridan kelib chiqqan holda “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namunaviy loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilinadigan asbob-uskunalarning texnik-iqtisodiy parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbob-uskunalardan foydalanish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha samaradorligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani qarzga olingan mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash va qarzni uzishning asosiy shartlari.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli bank ikki hafta muddatda namunaviy loyihalarni ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi. Dastlabki ekspertiza natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda namunaviy loyihalar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Namunaviy loyiha tasdiqlangandan keyin vakolatli bank namunaviy loyihalar toʻgʻrisidagi axborotlarni va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar berilishi yuzasidan tanlov (tender) oʻtkazish shartlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi yoki kichik biznes subyektlariga yetkazadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchi (kichik tadbirkorlik subyekti) loyiha maqsadini koʻrsatgan holda oʻz buyurtmanomasini yoki oʻzi tanlagan namunaviy loyihani xorijiy kredit liniyasi berilgan vakolatli bank boʻlinmasiga beradi. Buyurtmanomaga bank belgilagan talablarga muvofiq kreditni taʼminlash boʻyicha hujjatlar paketi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari qarz oluvchiga tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kredit olishga buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va tender gʻolibini aniqlash uchun vakolatli bank muassasasida Savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligida doimiy ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi, uning tarkibiga quyidagilarning hujjatlarni imzolash vakolatiga ega boʻlgan vakillari kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli bank (ikki ovozga ega);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta agentliklari (“Oʻzbekinvest”, “Madad”, “OʻzinvestAIG”, “OʻzAIG”, “Oʻzagrosugʻurta”);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa manfaatdor tashkilotlar.
(11-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vakolatli bank manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, undagi mavjud ishlab chiqarish bazasining aytilgan maqsadlarga va belgilangan ustuvorliklarga muvofiqligini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kreditni berish, undan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlashning texnik va tashkiliy tartibini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) eksport xulosalari bilan birga, kreditlar olishga buyurtmanomalarni tanlov komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tanlov komissiyasi tanlovni yakunlaydi va uning gʻolibini eʼlon qiladi, unga loyihaning qisqacha tavsifnomasi, kreditorlarning barcha talablarini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar qayd etilgan tegishli xulosani beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tanlov komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolangan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan xulosa bankning kredit qoʻmitasi koʻrib chiqishi va kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchi tomonidan vakolatli bankka hujjatlar toʻliq paketi bilan buyurtmanoma berilgan sanadan to tegishli kredit shartnomasini imzolashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan mulkini sugʻurtalash, mazkur Tartibning 11-bandida koʻrsatilgan sugʻurta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. YAKKA TARTIBDAGI LOYIHALARNI ISHLAB CHIQISH
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kichik tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi loyihani mablagʻ bilan taʼminlashni olish istagida u tegishli buyurtmanoma bilan “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasiga yoki banklarda tashkil etilgan, xorijiy kredit liniyalarga xizmat koʻrsatuvchi injiniring kompaniyalariga texnik-iqtisodiy asoslanishni ishlab chiqish, biznes-reja va xorijiy bankning kredit liniyasiga kiritish uchun zarur boʻlgan boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida murojaat qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hujjatlarning toʻliq paketini tayyorlash tugagach “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi (tegishli injiniring kompaniyasi) quyidagilarni tuzadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kreditorlarning barcha talablarini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar, loyihaning qisqacha tavsifnomasi berilgan xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tegishli kredit liniyasini ijro etish vakolatiga ega boʻlgan bankka tavsiyanoma, mazkur loyihani ushbu liniyaga kiritish uchun batafsil asoslar bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) korxonaning tavsiyanomani tayyorlash paytida tuzilgan texnik pasporti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga ularni bankka joʻnatishda quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakllangan ustav kapitalining miqdori toʻgʻrisida xizmat koʻrsatadigan bankdan koʻchirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi, agar u talab qilinsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial tasdiqlangan sugʻurta polisi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasining, tijorat banklaridagi tegishli injiniring kompaniyalarining yakka tartibdagi loyihalarni tayyorlash boʻyicha xizmatlari qiymati kichik biznes subyekti xohishiga koʻra unga berilayotgan kredit summasiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishga buyurtmanoma berilgan sanadan to “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasida (tegishli injiniring kompaniyasida) hujjatlar toʻliq paketi tayyorlashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchining yakka tartibdagi loyihani mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan buyurtmanomasini tijorat bankida koʻrib chiqish namunaviy loyihalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-dekabrdagi 563-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 240-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Madad” agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 26-iyuldagi 292-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-band “subyektlarini” soʻzlaridan keyin “(shu jumladan kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan olinadigan kreditlarni taʼminlash uchun qoʻyilgan garovlarni)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-ilovadagi matnda “Biznes-fond” soʻzlari “kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1998-y., 5-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 2003-y., 1-2-son, 11-modda, 24-son, 240-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 249-modda, 24-son, 219-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda, 17-son, 130-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda, 37-son, 485-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son,27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)