17.07.2024 yildagi PQ-263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.07.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning, shu jumladan, tibbiyot chiqindilarining atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy taʼsirini kamaytirish, shuningdek, ularni qayta ishlash sohasida zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Sayar LLC” kompaniyasi (Amerika Qoʻshma Shtatlari) (keyingi oʻrinlarda — Investor) tomonidan “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) doirasida “Sayar green” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Investor, Loyiha kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida 2024-yil 13-aprelda investitsiya shartnomasi imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda, 2024-2025-yillar davomida 7 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etib, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarining barcha turdagi tibbiyot muassasalarida yiliga hosil boʻladigan 6 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlab, 20 GVt soat/yil quvvatga ega uskunalarni ishga tushirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda, 2026 — 2030-yillar davomida 108 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etib, respublikaning qolgan hududlarida joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida yiliga hosil boʻladigan 90 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlab, 300 GVt soat/yil quvvatga ega uskunalarni ishga tushirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investorning takliflariga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) tegishli maishiy chiqindi poligonlari hamda maxsus tashkil etiladigan joylarda farmatsevtika, biologik, veterinariya chiqindilarini yuqori haroratda, termik qayta ishlash markazlarini tashkil etish majburiyatini olishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investor, Loyiha kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil boʻladigan tibbiyot chiqindilari Loyiha kompaniyasiga toʻliq yetkazib berilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlash hisobiga ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan davlat tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati tugagandan soʻng ushbu loyiha doirasida xarid qilingan asbob-uskunalar, qurilma va jihozlar tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda, mahalliy hamkor tashkilotlarga bepul oʻtkazib berilishini nazarda tutuvchi shartnoma imzolanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil boʻladigan tibbiyot chiqindilari toʻliq hajmda Loyiha kompaniyasiga topshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha kompaniyasiga 2048-yilga qadar Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan davlat tibbiyot muassasalari hududidan tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlash hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish qurilma va inshootlarini qurish uchun yer maydonlari jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga berilishi taʼminlanadi. Bunda, yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara haqi yer soligʻiga tenglashtirilgan miqdorda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi taʼminlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil boʻladigan tibbiyot chiqindilarini Loyiha kompaniyasiga toʻliq yetkazib berish boʻyicha talabga rioya etmaslik sanitar osoyishtalik va chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish davomida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrdan boshlab har yili respublika va mahalliy budjetlar parametrlari tasdiqlanishidan avval Loyiha kompaniyasi tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni (tariflarni) qayta koʻrib chiqish amaliyotini mazkur qarorga ilovada belgilangan sxemaga muvofiq joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Ekologiya vazirligi bilan birgalikda barcha turdagi tibbiyot muassasalarida tibbiyot chiqindilarining hosil boʻlish normalari va morfologik tarkibini aniqlashni, shuningdek, ularni utilizatsiya qilish korxonalariga topshirish boʻyicha talablarning tibbiy faoliyatni litsenziyalash talablariga kiritilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan davlat tibbiyot muassasalarining hududlaridagi tegishli joylarni ijara asosida Loyiha kompaniyasiga berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Loyiha kompaniyasiga Investitsiya loyihasining birinchi bosqichi doirasida belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda, parallel loyihalash bilan qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrdan boshlab har yili tibbiyot muassasalarida hosil boʻladigan tibbiyot chiqindilarining Loyiha kompaniyasiga toʻliq yetkazib berilganligi hamda issiqlik energiyasining davlat tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinganligi uchun toʻlanadigan mablagʻlarning Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlab borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Investitsiya loyihasi doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligi jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi Loyiha kompaniyasi va jalb qilingan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini (muddati uzaytirilishini);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Loyiha kompaniyasi arizalariga binoan jalb etilgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga, zarur hollarda, Investitsiya loyihasining maqsadli koʻrsatkichlariga va texnik-iqtisodiy parametrlariga Investor bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov va sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 17-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-263-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyuldagi PQ-263-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha kompaniyasi tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni (tariflarni) qayta koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Loyiha kompaniyasi

1. Har bir tumanda (shaharda) issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun asoslantirilgan yangi narxlarni (tariflarni) ishlab chiqadi.

2. Sogʻliqni saqlash vazirligiga har bir hudud kesimida narxlarni (tariflarni) taqdim etadi.

Har yili 1-oktabrga qadar

2-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1. Loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan narxlar (tariflar) asoslantirilganligini oʻrganib chiqadi.

2. Loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan narxlar (tariflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda, tegishli xulosa asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlariga kiritadi.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy boʻlinmalari xulosasi asosida yangi narxlarni (tariflarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Yangi narxlarni (tariflarni) qabul qilish yoki rad etish asosliligini koʻrib chiqadi.

2. Yangi narxlarni (tariflarni) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy boʻlinmalari xulosasi asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar

4-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari

Koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni (tariflarni) qayta koʻrib chiqadi va maʼqullangan taqdirda tasdiqlaydi.

Har yili 1-dekabrga qadar

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlar (tariflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-dekabrga qadar

2. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan takliflar qabul qilinmagan taqdirda, mahalliy budjet mablagʻlaridan Loyiha kompaniyasi zararlarini har oyda qoplash uchun subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlaydi.

Har yili 1-yanvarga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/263/0527-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)